Xix asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida samarqand viloyati maorifi holati va muammolari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə17/27
tarix10.05.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56991
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Arxiv hujjatlariga ko‘ra viloyat bo‘yicha sanoqli madrasalarning binolarigina qoniqarli bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligida vaqf daromadi bo‘lsada bu ta'mir ishlariga yetmagan.

Madrasalarda islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan birga dunyoviy fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilgan. Dastlab o‘qitish jarayoni “imlo” usulida olib borilgan bo‘lsa, X asrdan boshlab madrasalarda “tadris” (sharh, izoh, tafsir) usulidan foydalanilgan.

Amirlik davrida olimlar yasavuli o‘quv mavsumi boshlanish vaqti kelganda hukmdorlarga arznoma yozgan va o‘qishning boshlanishiga ruxsat so‘ragan.

Ta'lim muddati 22-24 sentyabrdan boshlanib, oktyabr, noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart, aprel' va may oylarida – 7-8 oy davom etgan. Ba'zi hollarda oktyabrda ham o‘qish boshlangan.

Bahor boshlanishi bilan rasmiy o‘qishlar to‘xtatilib, kech kuzgacha mudarrislar va talabalar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdogarlik bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

Ta'lim olish bilan asosan qish faslida, “bo‘sh vaqtlarda” shug‘ullanishgan. Madrasa mudarrislari ham talabalar ham asosan o‘qishdan tashqari kun-kechirish uchun kasb-kor bilan shug‘ullanishgan

Samarqand viloyatida ham butun o‘lka madrasalari singari haftaning

to‘rt kunida shanba, yakshanba, dushanba va seshanba kunlari dars mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin