Xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar
O‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganligining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi va mavjudlari xalqaro standartlarlargamoslashtirilishi,vatanimizningjahoniqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o‘z faoliyatini to‘xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat – o‘zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o‘rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab – bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim. Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash,