sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;

uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydala-nilmayapti.
Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil yetadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYUS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi.

YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUS-lar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi.
XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi.