Elektromanfiylik(X=I+E). L. Poling taklifiga ko‘ra atomning o‘ziga elektron tortish xususiyatiga elektromanfiylik deyiladi. Bosh guruhchalarda elementlarning elektromanfiyligi yuqoridan pastga qarab, davrlarda esa o‘ngdan chapga qarab elektromanfiylik kamayib boradi. Elektromanfiylik kimyoviy bog‘lanishni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bu qiymatlar asosida elementlarning oksidlanish darajasi aniqlanadi.
Litiyning nisbiy elektromanfiyligi bir deb qabul qilingan. Ftorning nisbiy elektromanfiyligi 4,1 ga teng. Qolgan elementlarning elektromanfiyliklari shu qiymatlar orasida joylashgan.