88-maqsad: Pandemiyalarga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish. Pandemiya va shu kabi ofatlar bilan bog‘liq jarayonlarning barvaqt oldini olish, vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilib, bo‘lajak xavf-xatarlarni, ular bilan bog‘liq muammolarni oldindan prognoz qilish, ularning yechimiga aniq reja va choralar bilan tayyor turish tizimini yaratish.
Kasalliklarni yengish yo‘lida barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.
Bemorlarni davolash bo‘yicha telemeditsina orqali olib borilayotgan muloqotlarni kengaytirish, xalqaro tajribalar va tavsiyalarni faol joriy etish.
Koronavirus qaytadan tarqalishining oldini olish hamda uning iqtisodiyot va insonlar hayotiga salbiy ta’sirini imkon qadar cheklash uchun aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, narx-navoning oshib ketmasligiga erishish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish.