Xorazm viloyati Yangibozor tumani 13-umumiy o ‘rta ta’lim maktabi



Yüklə 16,39 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü16,39 Kb.
#184685
Bayonnoma 2


Xorazm viloyati Yangibozor tumani 13-umumiy o ‘rta ta’lim maktabi
boshlangʻich ta’lim metodbirlashmasining yig‘ilish
BAYONNOMASI № 2
2023-yil 4-noyabr Choʻbolonchi mahallasi
Yig‘ilish raisi: M.Madaminova
Yig‘ilish kotibi: N.Bekmonova
Qatnashdilar: metod birlashma a’zolari, maktab direktori X.Saparboyev, OʻTIBDOʻ G.Qurboniyozova

KUN TARTIBI:


1. Metodbirlashma a’zolarini VMning 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori ijrosini ta’minlash toʻgʻrisida
Ma’ruzachi: M.Madaminova - metodbirlashma rahbari.
2.Umumta’lim fanlari boʻyicha fan olimpiadasining maktab bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida.
Ma’ruzachi: S.Tilavboyeva – metodbirlashma a’zosi
3. Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanib o‘quvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish
Ma’ruzachi: M.Madaminova - metodbirlashma rahbari
4. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligining maktab bosqichini oʻtkazish.
Ma’ruzachi: M.Madaminova - metodbirlashma rahbari
5. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida” Umid nihollari ” sport musobaqalarining maktab birinchiligini oʻtkazish.
Ma’ruzachi: M.Madaminova - metodbirlashma rahbari
E SH I T I L D I
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Madaminova soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida metodbirlashma a’zolarini VMning 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar bilan tanishtirdi
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi S.Tilovboyeva soʻzga chiqib umumta’lim fanlari boʻyicha fan olimpiadasining maktab bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.Olimpiada maktab va oʻquvchi reytinggini belgilovchi omillardan biri ekan, boshlangʻich sinfladanoq unga zamin hozirlash lozimligini uqtirdi.Shu maqsadda 2-4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika va ona tili fanlaridan kichik olimpiada oʻtkazish , matematikadan yozma ish va ona tili fani boʻyicha diktant olinishini taklif qildi.
Metodbirlashma rahbari M.Madaminova hakamlar hay’ati a’zolarini belgiladi. Ona tili fani boʻyicha M.Jumatova va S.Tilovboyeva , matematika fani boʻyicha S.Tilavboyeva va N.Bekmanovalar hakamlik qilishini aytib oʻtdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Madaminova soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanib o‘quvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Fanlarning STEAM texnologiyasi asosida integratsiyalashgan holda olib borishning afzalliklarini mavzuga oid slaydlar asosida tushuntirish berdi. Ushbu masala yuzasidan M.Xodjibayeva muzokara uchun soʻzga chiqdi va ushbu texnologiyaning afzalliklarinidarslikdan misollar keltirib tasdiqladi.

Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Madaminova soʻzga chiqib, umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligining maktab bosqichini oʻtkazish lozimligi va uni oʻtkazish haqidagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi J.Yusupovning tavsiyalari bilan tanishtirdi. Tavsiyaga koʻra boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan shaxmat musobaqasini 1-2-sinf oʻquvchilari oʻrtasida alohida, 3-4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida alohida oʻtkazish rejalashtirildi.


Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Madaminova soʻzga chiqdi . Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida” Umid nihollari ” sport musobaqalarining maktab birinchiligini oʻtkazish rejalari bilan tanishtirdi. Bu sport musobaqasini ham xuddi shaxmat musobaqasi kabi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bilan birgalikda1-2-sinf oʻquvchilari oʻrtasida alohida, 3-4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida alohida oʻtkazishga kelishib olindi.
YIGʻILISH QAROR QILADI:
1.Yigʻilish masalalari yuzasidan M.madaminova,s/Tilavboyeva va M.Xodjiboyevalarning ma’ruzalari axborot uchun qabul qilinsin.
2. VMning 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar ijrosini ta’minlashga barcha boshlangʻich sinf oʻqituvcilari mas’ul deb topilsin.
3. Umumta’lim fanlari boʻyicha fan olimpiadasining maktab bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil qilish barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
4. Darslarda o‘quvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda STEAM texnologiyasidan foydalanish barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga tavsiya qilinsin
5. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari oʻrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligining maktab bosqichini oʻtkazishni tashkil qilish barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
6. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida” Umid nihollari ” sport musobaqalarining maktab birinchiligini oʻtkazish ishlariga yordamlashish barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zimmasiga yuklatilsin
7.Ushbu masalalar yuzasidan umumiy nazoratni oʻz zimmamda qoldiraman


Yüklə 16,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin