Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokoloni Abu Abdulloh (Abu Ja’far) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Majusiy al-Qatrabbuliy Xorazmning madaniy markazlaridan biri bo’lmish Xiva shahrida 783 yilda otashparast mug’lar oilasida dunyoga



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#44129
  1   2   3   4
Muhammad Ibn Muso al


\ Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy

Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokoloni Abu Abdulloh (Abu Ja’far) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Majusiy al-Qatrabbuliy Xorazmning madaniy markazlaridan biri bo’lmish Xiva shahrida 783 yilda otashparast mug’lar oilasida dunyoga keldi.

Xorazm fan olamiga ko’pgina mutafakkirlarni etkazib bera olgan diyor bo’lib, bu haqida xorazmshunos olim S.P.Tolstov shunday deydi: “Qadimiy Xorazm fanining Sharq fani tarixidagi o’rni juda muhim. Xorazmning islomgacha bo’lgan antik va afrig’iy davrini ozgina bilamiz. Ammo madaniy va moddiy yodgorliklarni astoydir tahlil qilib ayta olamizki, Xorazmda aniq fanlar – geometriya, tirigonometriya, astronomiya, topografiya, ximiya, minerologiya va tabiy fanlar o’sha davrdayoq yuksak darajada taraqqiy etgan... Xorazm keyinchalik arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, xorazmlik olimlar tez orada shuhrat qozonganlar va “arab fani” deb atalgan fanning yaratuvchilari orasida eng ilg’or o’rinni egallaganlar”.

Bo’lg’usi olim bolalik va o’smirlik yillarida boshlang’ich ta’limni vatanida olib, arab, fors, hind va yunon tillarini qunt bilan o’rgandi, bu tillardagi kitoblarni mutolaa qildi va el nazariga tushib olim bo’lib etishdi.

Bag’dod xalifasi Horun ar-Rashid o’g’li al-Ma’munni 808 yilda xalifalikning sharqdagi noibi qilib tayinlaydi, shahzoda al-Ma’mun noiblikni poytaxti Marv (hozirgi Mari)ga kelib tezlikda unga bo’ysunuvchi o’lkalar (Xuroson va Movarounnahr)da yashovchi olimlar va shoirlarni o’z saroyida to’plab “Mari olimlari yig’ini”ni tashkil qiladi. Ko’pgina olimlar qatori al-Xorazmiy ham Marvga keladi va o’zining samarali ijodiga aynan shu erda tamal toshini qo’yadi. Olim bu maskanda zamonasining ko’pgina olimu fuzolalari bilan tanishadi.

Al-Ma’mun otasi o’limidan keyin 813 yilda o’zini xalifa deb e’lon qildi, Bag’dodga qo’shin yuborib o’z akasi xalifa al-Aminni taxtdan tushirdi. 819 yilda bir guruh saroy ahli va Marvda to’plangan olimlar bilan Bag’dodga xalifalikni markaziga kelib o’z davlatini mustahkamlab, boshlagan xayrli ishlaridan biri “Donishmandlik uyi” (“Bayt ul-hikma”)ni qayta tashkil qilish va kengaytirishga katta e’tibor berdi. Bu ilmiy markaz qoshida ulkan kutubxona mavjud bo’lib, unga xalifalikning hamma joyidan faqat arab tilidagi qo’lyozmalar emas, balki yunon, fors, hind, suryoniy va boshqa tillarda yozilgan qo’lyozmalar ham keltirilar edi. Xalifa al-Ma’munning tirishqoqligi va olimlarning say’i-harakatlari bilan ularni asosiy qismi arab tiliga tarjima qilindi va yirik rasadxona qurilishi boshlab yuborildi. Dunyoning turli burchaklariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilindi, al-Ma’mun bu ilmiy markazda va xalifalikdagi barcha fanlar rahbari qilib vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni tayinladi.

VIII-IX asrlarda arab xalifaligining poytaxti Bag’dod –tarixiy Madinat as-Salom obodonlashgan, yuksalgan va savdo-sotiq rivojlangan shahar hisoblangan. Al-Xorazmiyning ilmiy faoliyati ana shu Bag’dod shahrida va Bag’dod xalifalari –al- Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) hamda al-Vosiq (842-847) davrlariga to’g’ri keladi. “Bayt al-hikma”da al-Xorazmiy bilan birga Markaziy osiyolik mashhur olimlar al-Farg’oniy, Habash al-Hasib, Xolid ibn Abdumalik al- Marvarrudiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Abbos ibn Sayid Javhariy, Ahmad ibn Abdullo Marvaziy, Muhammad ibn Muso ibn Shokir va boshqalar hamda xalifalikning barcha viloyatlaridan chaqirilgan eng yaxshi olim va tarjimonlar ham ishlaganlar.

Al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarga doir ko’plab risolalar yozgan.bizgacha allomaning 20-ga yaqin asari etib kelgan. Ularni quyida sanab o’tamiz:

– “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val-muqobala” (“Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) al-Xorazmiyning bu asari nomidan “algebra” atamasi paydo bo’lgan. Risola XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, “Algorithmi” risolasi nomi bilan butun Evropaga tarqalgan.

– “Kitob fi hisob al-hind” (“Hind hisobi haqida kitob”) Xorazmiyning arifmetikaga oid ushbu risolasini faqat birgina nusxasi lotin cha tarjimasi saqlangan. Ushbu risolada hozir biz ishlatadigan birdan to’qqizgacha bo’lgan raqamlar va nol’ yordamida istalgan sonni yozish, ular bilan arifmetik to’rt amalni bajarish, o’sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildiz chiqarish qoidalarini izohlab berilgan.

– “Kitob al-jam’ va-t-tafriq” (“Qo’shish va ayirish haqida kitob”) al-Xorazmiyning ikkinchi arifmetik risolasi misrlik matematik Abu Komil (850-930) qo’lida saqlangan va o’zining algebraik risolasida bir parchasini to’laligicha keltirgan.

– “Zij al- Xorazmiy” yoki “Kichik Sindhind” Xorazmiyning astronomik asari. Evropa mamlakatlarida “Astronomik jadvallar” nomi bilan mashhurdir. Asarni lotin tiliga 1126 yilda Adelard Bat tarjima qilgan.

“Kitab surat al-arz” “Erning surati” yoki “Geografiya”) Xorazmiyning geografik asari, yaratilishiga shu davrda Bog’dod xalifaligida o’tkazilgan bir qator geografik ishlar, jumladan, Xorazmiy boshliq 70 nafar olim 840 yilda yaratgan “Ma’mun dunyo xaritasi” nomli atlasning tuzilishi hamda ko’pgina yunon olimlarining shu mavzuga oid asarlarining tarjima qilinishi kabi omillar sabab bo’lgan.

– “Kitob al-amal al-asturlab” (“ Asturlob yasash haqida kitob”).

– “Zara if min amal Muhammad ibn Musa al Xuarizmi ma rifa as-samt bi-l-asturlab” (“Muhammad ibn Muso al Xorazmiyning asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida ajoyib ishlari”.

– “Amal assa at fi basit-ar-ruxama” (“Marmar taxta yuzasida soatlarni yasash haqida risola”).

– “Ma rifa taqvim samt al-qibla ayyi baladin shita” (“Xohlagan shahar qiblasi azimutning yo’nalishini aniqlash haqida”).

– “Tulu’ azimutini aniqlash va soat kvadranti haqida risola”).

– “Risala fi ma rifa avqat as-salat” (“Namoz vaqtlarini aniqlash haqida risola”).

– “Mukhula, tug’ir, binkam va dulab deb ataluvchi soat asboblari haqida risola”.

– “Risala fi mar i hilal” (“ Hilol ko’rinishi haqida risola”).

– “Maqala fi-istixraj ta rix al-yahud va a yadihim” (“Yahudiylar kalendari va bayramlarini aniqlash haqida risola”.

– “Kitab at-ta rix” (“Tarix kitobi”) o’z davridan oldingi vaqtlarda bitilgan tarix kitoblarining yig’indisi va o’z davri tarixi bilan mujassamlashtirilgan risola.

Buyuk matematik vatandoshimiz al-Xorazmiy 850 yilda o’z ijod maskani bo’lmish Bag’dod shahrida olamdan o’tgan. Uning ilmiy asarlari yunon, lotin, nemis, ingliz, golland, rus tillariga qayta -qayta tarjima qilingan, al-Xorazmiyning ilmiy faoliyatiga buyuk olim Abu Rayhon Beruniy, shoir va matematik Umar Xayyom yuksak baho berganlar. Olimning ilmiy merosi hamon o’z qimmatini saqlab, avlodlar olqishiga sazovor bo’lib kelmoqda. Olimning 1200 yillik to’yi jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Xiva shahrida 1983 yilda nishonlandi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi bir talay ilmiy o’quv dargohlari, ko’chalar olimning nomi bilan ataladi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin