31
faoliyatida ta’siri mexanizmi nuqtai nazaridan olib karaganda, xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalardagi beriladigan kreditlar miqdori markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasiga, markaziy bankning so’mdagi depozitlar bo’yicha majburiy
zaxira stavkasiga va kreditlarning o’rtacha foiz stavkasiga teskari mutanosibdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy bankining kredit resurslari miqdoriga esa
to’g’ri mutanosibdir. Buning sababi shundaki, Markaziy bankning majburiy zahira
stavkalari oshirilishi tijorat banklarining kreditlash salohiyatlarini to’g’ridan to’g’ri
pasaytiradi. Majburiy zaxira ajratmalari tijorat banklarining jalb qilingan resurslariga
nisbatan hisoblanadi. O’z navbatida jalb qilingan resurslarning asosiy qismi tijorat
banklarining kredit resurslari hisoblanadi.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan
kreditlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarga beriladigan kreditlar hajmi, kreditlarning o’rtacha foiz stavkasi,
Markaziy bankning so’mdagi depozitlari bo’yicha majburiy zaxira stavkasi, TIF
Milliy bankining kredit resurslari kabilarni keltirish mumkin.
8.4. Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati
O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish,
xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish, kelgusida xorijiy kapitalni
jalb qilish, yangi qo’shma korxonalar yaratish uchun qulay iqtisodiy zaminni
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar maqsadli yo’naltirilgan holda amalga
oshirilmoqda.
Korxonalarni xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlarini
kengaytirish, joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertatsiyasini
joriy qilish, ayrim iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni
qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari boshqa soliq to’lovlaridan ozod qilish,
shuningdek, bojxona tariflari yordamida tartibga solishni takomillashtirish
bo’yicha chora-tadbirlar xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy
faoliyati va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ijobiy o’zgarishlariga ta’sir
ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida ko’plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va
kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo
aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik
investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: