24
6.3.To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish
Xorijiy investitsiyalar O’zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotida tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko’lamini
kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo’lish
mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi kengayib va ortib borayotganligi
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining to’g’riligi hamda
samaradorligidan dalolatdir.
Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy
iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu
bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa,
ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat
iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining
nisbiy samaradorlik qonuniga mos
keluvchi yechim hisoblanadi, ya’ni qaerda
samara
(foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar o’sha yerdagi bozorga
ko’proq intiladi. SHuningdek, bugun O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan
davlatlar ichida eng yuqori investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan
biriga
aylandi. Bu, shubhasiz, iqtisodiyotimizga to’g’ridan-to’g’ri
jalb etilayotgan xorijiy
investitsiyalar oqimini yanada kuchaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-
to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon
mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash
va rekonstruktsiya
qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan
mintaqalarida yangi ish
joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni keng
jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli
huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: