6.2.Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda
olishning turli yo’llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval
korxonalarda asosiy daromad o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat
bo’ladigan bo’lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda investitsiya
va moliyaviy daromad olishga kengroq e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda investor
oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini shakllantirish bo’lib,
uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya qimmatliklarini, boshqacha
aytganda, investtsiya mulk ob’ektlarini qanday joylashtirishi ham muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga yo’naltiriliishi ham muhim
masalalar qatoriga kiradi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri
qo’shma korxonalar hisoblanadi. Qo’shma korxonalar tashkil etish korxona va
tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida
xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy
investitsiyalarini jalb etadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotni
barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bu qo’shma tadbirkorlikni
rivojlantirishga keng yo’l ochib berilishidir. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar
O’zbekistonni o’zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki
respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratildi. Natijada
ularda o’z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish
istagi ortib bormoqda. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning
asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom ashyo
resurslarining mavjudligi, qo’shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir.
Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga:
- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb
qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz,
xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chikaruvchi eski
texnikalardan tezrok qutilish imkonini beradi;
- yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan
ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshkaruv tajribasini joriy kilish
imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
- jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va
ularni eksport kilish evaziga mamlakatga erkin konvertatsiya qilinadigan
valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta’minlaydi.