Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar Investitsion siyosat birinchi navbatda investitsion muhitning sub’ektiv tashkil etuvchilariga ta’sir etadi. Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan investitsion siyosat yo‘nalishlari ichida quyidagilarni alohida ko‘rsatish lozim:
- mamlakat va chet el investorlari uchun qulay mexanizm yaratish;
- kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish;
- investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishdagi risk darajasini minimallashtirish.
Investitsion siyosat oxir-oqibatda mamalakatni barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi turmush darjasini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, xorijiy investorning keyingi qiziqishlari qo‘yilgan kapitalning qoplanish muddati, investitsiyalarning kapitallashuv jarayonlari, tomonlar ulushlari va foydaning bo‘linishi, shuningdek, mamlakatdagi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining kechishi va bunga xalqaro tashkilotlarning munosabatlari masalalariga e’tibor qaratiladi.
Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmlari uyidagilarni o‘zida aks ettiradi:
1. Muayyan maqsadga erishishga qaratilgan yo’l xaritasi (investitsiya faoliyatida yechimini kutayotgan boshqaruv vazifalari). Investitsiya siyosatini amalga oshirish muddatlarini, mas’ullarini, moliyalashtirish manbalari va usullarini o‘zida aks ettiruvchi konsepsiyalar ishlab chiqish.
2. Investitsiya siyosatini amalga oshiruvchi muayyan hokimiyat organlarini belgilab olish. Shuningdek, investitsiya siyosatini amalga oshiruvchi mas’ul organlarning o‘zaro munosabat tartiblari va vakolatlarini belgilash.
3. Investitsiya siyosati vazifalarini amalga oshirish uchun muljallangan davlat resurslari hajmini belgilash. Investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘lay investitsion mo‘hitni shakllantirish(investitsion bozorni ta’minlash uchun infrastrukturani yaratish).
4. Investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan nazoratlar o‘tkazish.
5. Davlat va mahalliy byudjetdan foydalanish qoidalarini o‘zida aks ettiruvchi zarur bo‘lgan normativ-huquqiy bazani yaratish
O‘zbekistonning investitsion siyosati quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak:
- respublika qonunchiligi kamchiliklarini bartaraf etishga;
- davlatning investitsion siyosati noizchilligini tekislashga;
- ortiqcha ishchi kuchiga ega bo‘lgan hududlarga investitsiyalarning ko‘plab to‘planishiga qulay shart-sharoit yaratadigan investitsion muhitni shakllantirishga;
- ijtimoiy masalalarni hal etishga;
- hududlardagi infratuzilmani rivojlantirishga.