Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishning zamonaviy shakl va usullari. Reja


Qo‘shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish



Yüklə 69,54 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü69,54 Kb.
#185237
1   2   3
7-ma’ruza. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantir

2.Qo‘shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda olishning turli yo‘llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval korxonalarda asosiy daromad o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat bo‘ladigan bo‘lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda investitsiya va moliyaviy daromad olishga kengroq e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda investor oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini shakllantirish bo‘lib, uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya qimmatliklarini, boshqacha aytganda, investsiya mulk ob’ektlarini qanday joylashtirishi ham muhim hisoblanadi. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan bugungi kunda investorning o‘z mulkini faqat korxonaning muomalaviy faoliyatiga emas, shuningdek investitsiya faoliyatiga ham yo‘naltirilganligi, oxir-oqibatda, investor olayotgan daromadning oshishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga biriktirishi ham muhim masalalar qatoriga kiradi. Jumladan, investor mulki tarkibida bo‘lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mulklari investitsiya jarayonlariga ko‘proq jalb qilinsa, uning oladigan daromadi yanada oshishi mumkin. Investitsiya faoliyatining vositasi hisoblangan mulk barcha ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishlarda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etib, ularning xususiyatlarini belgilab beradi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishda mulkchilik turli xil ijtimoiy munosabatlarda rivojlangan bo‘lib, mulkchilikni tavsiflanganda uning iqtisodiy mazmunini hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo‘shma korxonalar hisoblanadi. Qo‘shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investitsiyalarini jalb etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bu qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berilishidir. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratildi. Natijada ularda o‘z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib bormoqda. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom-ashyo resurslarining mavjudligi, qo‘shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir.
Qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi.Qo‘shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir. Chet el investitsiyalarini respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etish to‘g‘risidagi qonun-hujjatlariga binoan, korxonaning nizom fondiga ta’sischilarning o‘z ulushi bo‘yicha ishtirok etishi, korxonalarning mulki, aksiyasi va boshqa turdagi qog‘ozlarni sotib olishi, mahalliy fuqarolar bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda erlarni sotib olish ko‘rinishlarida ko‘proq jalb etilmoqda.

  • yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb kilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan maxsulotlar ishlab chikaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi;

  • yangi ish joylari tashkil kilish va axolining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg‘or boshkaruv tajribasini joriy kilish imkonini beradi va shu orkali mexnat unumdorligi oshiriladi;

  • jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli maxsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport kilish evaziga mamlakatga erkin konvertatsiya qiladigan valyutalarning ko‘proq kirib kelishini ta’minlaydi.

YUqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi jihatlarga bog‘liq:

  • xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o‘rtasida koo­peratsiya aloqalarining shakllanishiga ko‘maklashish;

  • yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi maxsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;

  • eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko‘rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo‘jaligi aylanmasiga ki­rib borishini tezlashtirish;

  • ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo‘nalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish;

  • innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va ti­jorat usulida qo‘llab-quvvatlashning eng maqbul uyg‘unlashuvi asosiy yo‘llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish;

  • o‘zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bi­lan xamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • yuqori darajali marketing tadqiqotlari o‘tkazish, tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sig‘imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlar qidirish yuzasidan taxliliy ma’lumotlarni o‘rganish.




Yüklə 69,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin