XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 180 - to'rtinchi choragida bu miqdor 3,074 mlrd. GBPni tashkil etgan bo‘lib, 1996 yilning
ikkinchi choragida esa past rekord darajadagi 2,214 mlrd. GBPni tashkil etagn
84
.
2.5.4. Tabiiy resurslar va Energetika Birlashgan Qirollik iqtisodiy jihatdan foydali mineral-xom ashyo resurslari
deyarli cheklangan. Bir paytlar mamlakatda temir rudalar qazib olish og‘ir
sanoatning yetakchi manbasi edi. Hozirda qazib olinadigan boshqa muhim
metallarning tarkibiga qalay va rux kiradi. Qum va shag'al, ohaktosh, gips, dolomit,
bo'r, gil va gil slanetsi, kaolin (chinakol), jelestin kabi foydali qazilmalar yetarli
darajada. Qum, shag'al, ohaktosh, gips va boshqa eziladigan minerallar qurilishda
ishlatiladi.
Aksincha, Buyuk Britaniyaning boshqa YeI a'zolaridan ko'ra neft, tabiiy gaz
va ko'mir kabi katta energiya manbalariga ega. Ko'mir Britaniya iqtisodiyoti uchun
muhim bo'lgan yoqilg'i sanaladi. Bir milliondan ziyod ishchi 300 million tonnadan
ortiq ko‘mir qazib olgan. 1913 yilda sanoat eng yuqori cho'qqiga erishdi. Joriy
ishlab chiqarish beshdan to'rt qismga kamayib, ishsizlik yanada o‘sdi. Elektr
stantsiyalari ko'mir uchun asosiy mijozlardir ammo, boshqa yoqilg'idan
foydalanishning o'sishi va ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlarning tobora
ortib borishi bilan energetika tizimi sezilarli darajada bosim ostida qoldi.
Shimoliy dengizdagi neft qazib olish va uning sanoatga yetkazib berish
yoqolg‘ini yanada ekspluatatsiya qilishning jadal rivojlanishiga olib keldi. 1975
yilda qazib olish boshlanganidan beri, juda katta miqdorda neft xom ashyosi
mamlakat energetika tizimini ta‘minlab berdi. Bu ko‘rsatkich har yili o'sib
bormoqda va Birlashgan Qirollik neft mahsulotlariga deyarli o'zini o'zi taiminlaydi.
XXI asrning boshlarida kuniga qariyb uch million barrellik o'rtacha neft xom
ashyosi bilan mamlakat dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi.
To'lov balansi neft daromadlaridan sezilarli darajada foydalandi va kelajakda neft
kamayishi bois chet elda katta miqdorda investitsiya qilindi. 1990 yillar oxirida
tasdiqlangan zaxiralar taxminan 700 million tonnagacha baholandi.
84 https://tradingeconomics.com/united-k ingdom/gdp-from-agriculture