XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 359 - 3.5.5. Sanoat Mamlakat sanoat ishlab chiqarish sektori eksportga yo'naltirilgan bo'lib,
Shvetsiya asosiy daromadlarining bir qismini tashkil qiladi. Mashinasozlik,
telekommunikatsiya,
farmatsevtika,
sanoat
mashinalari,
elektronika,
kimyo
mahsulotlari, uy-ro'zg'or buyumlari va maishiy texnika, o'rmonchilik, temir va
po'latsozlik mamlakt iqtisodiyotidagi asosiy tarmiqlar hisoblanadi.Shunga qaramay,
xususiy sektorda ishlaydigan ishchilar soni davlat xodimlari sonidan kamchilkni
tashkil qiladi.
Shvetsiya yog‘ochsozlik mahsulotlarini jahonga eksport qiluvchi yirik
mamlakatidir. Yog'och yo'l transporti va temir yo'l tarmog'i orqali tashiladi. Asosiy
xom ashyo sifatidagi resurslar sanoatda qog'oz ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi.
Shvetsiya sanoati ishlab chiqaruvchilari qog'oz, taxta va prefabrik uylar va mebellar
kabi turli xil yog'och mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchidir. Pulpa va
qog'oz sanoati dastlab Vinniya ko'rfazida va Vankner ko'lida, daryolar sohillarida
rivojlangan. Yaqinda bir qancha tejamkor zavodlar janubiy Shvetsiyaning
qirg'oqlarida joylashtirildi. Mamlakatdagi qog‘oz mahsulotlari dunyo bo‘yicha eng
sifatli Sigma tamg‘asiga ega.
Shvetsiya metallurgiya sanoati hali gidroenergetika tizimi rivojlanmasdan
oldin ham ko'mir yoqilg'isi asosida temirni qayta ishlash tizimida namunadir.
Shunday qilib, temir va po'lat sanoati asosan, Bergslagen hududida joylashgan. 20-
asrda Oxelösund va Luleå shaharlarida qurilgan temir va po'lat eritish korxonalari
qirg'oq bo'ylab joylashgan edi.
Hozirgi vaqtda xususiy ishlab chiqarish korxonalari sanoat mahsulotining
aksariyat qismini ishlab chiqaradi. Avtomobilsozlik sanoati, shu jumladan
muhandislik, eng katta ishlab chiqarish sanoati bo'lib, tayyor mahsulotlar
qo'shimcha qiymatining yarimini tashkil etadi. Mashinasizlik va aviasozlik sanoati
Janubiy-Shvetsiyaning asosiy zavodlarida takomillashgan.Shvetsiyadagi avtomobil
ishlab chiqaruvchilari Volvo va Saab 21-asrning boshlarida kuchli xalqaro nufuzga
ega bo'lgdi. 2011 yilda Saab bankrot deb topilib, uning aksariyat qismi boshlang'ich