Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 350 - 
Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga Belgiya Qirolligi Tashqi 
ishlar vazirligining ikki tomonlama munosabatlar bo‗yicha Bosh direktori Geert 
Muylle boshchiligidagi delegatsiya keldi. Muzokaralar chog‗ida siyosiy, savdo-
iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama 
munosabatlarning 
muhim 
jihatlari muhokama qilindi.Ta‘kidlanganidek, turli 
darajalardagi O‗zbekiston-Belgiya muntazam muloqoti nafaqat tomonlarni 
qiziqtirgan sohalardagi aloqalar holatini aniqlash, balki xalqaro tashkilotlar 
doirasidagi va boshqa jabhalardagi hamkorlikning ustuvor yo‗nalishlarini belgilash 
va rivojlantirish imkonini yaratadi
209
.
2018-yilning 16-fevral kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri 
Abdulaziz Kamilov Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi 
Moskva shahrida) etib tayinlangan Jan-Artur Rejiboni qabul qildi. Suhbat davomida 
O‗zbekiston-Belgiya munobatlarini ikki va ko‗p tomonlama shakllarda, jumladan 
O‗zbekiston-Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida 
rivojlanishning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda davlatlararo 
aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan milliy parlamentlar va tashqi siyosat idoralari 
darajasida munosabatlarni mustahkamlash, O‗zbekiston va Belgiyaning ishbilarmon 
doiralari o‗rtasidagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni 
rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Dolzarb xalqaro muammolarni muhokama 
qilish chog‗ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan 2018-yilning 26-27-mart 
kunlari Toshkent shahrida o‗tkazish rejalashtirilayotgan Afg‗oniston bo‗yicha 
xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoniga alohida e‘tibor qaratildi
210

2018-yil 5-8 iyun kunlari Bryusselda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi 
o'rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar bo'yicha O'zbekiston 
Respublikasi Tashqi savdo vaziri boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi 
delegatsiyasi Belgiya va Gollandiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator 
uchrashuvlar o'tkazdi. Fresh Produce Centre uyushmasi Gollandiya va xorij 
mamlakatlar 
bozorlarida 
gollandiyalik 
meva 
va 
sabzavotlarni 
ishlab 
209
 https://mfa.uz/uz/press/news/2016/05/7355/ 
210
 http://www.uzembassy.k z/uz/article/belgiya-elchisi-bilan-uchrashuv 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin