XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 537 - imzolangan bitimlar ikki davlat o‘tasidagi iqtisodiy munosabatlarni yangi pog‘onaga
olib chiqdi. 1997-yil 27-mayda Toshkent shahrida O„zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Chexiya Respublikasi
Sanoat va savdo vazirligi o‘tasida Ahdlashuv memorandum imzolandi.
1999-yil 20-aprelda O„zbekistonga Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Milosh
Zeman rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif natijasida ―O‘zaro manfaatli hamkorlikni
kelgusida yanada rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya‖ va ―O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi hukumati o‘tasida avtomobil
transportida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida Bitim‖ imzolandi.
2000-yil 2-4-martda Chexiya respublikasiga O‘zbekiston respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi delegatsiyasi tashrif chog‘ida
―O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati
o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va molmulk
soliqlarini to‘lashdan bosh toritishni bartaraf etish to‘g‘risida Bitim‖ imzolandi
336
.
Chexiya Respublikasi Parlamenti Senatining Konstitutsiyaviy va huquqiy
masalalar qo‗mitasi raisi Miroslav Antl rahbarligidagi delegatsiya 2012 yil 20
sentabr kuni O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‗ldi
.
O‗zbekiston
bilan Chexiya o‗rtasidagi aloqalar siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy-gumanitar
va ilmiy-texnikaviy kabi ko‗plab sohalarda taraqqiy etmoqda. Mamlakatlarimizning
iqtisodiy
munosabatlari
savdo-iqtisodiy
va
ilmiy-texnikaviy
hamkorlik,
sarmoyalarni o‗zaro himoyalash va rag‗batlantirish, ikki tomonlama soliqdan
qochishga oid qator hujjatlarga asoslanadi. Mamlakatimizda o‗n uchta O‗zbekiston-
Chexiya qo‗shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Chexiyaning bir qator yetakchi
firma va kompaniyalari yurtimizda o‗z vakolatxonalarini ochgan. Ular oziq-ovqat
sanoati, to‗qimachilik, neft va gaz, plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarish hamda
sayyohlik sohalarida faoliyat olib borayotir
337
.
336 https://referat.uz/statya/20220-20220.html,o„zbekiston-chexiya iqtisodiy aloqalari hozirgi bosqichda, 1 -k urs magistranti: usmonova nargiza,1-2bet 337 http://uza.uz/uz/laws/o-zbekiston-respublikasining-yangi-qonunlari/chexiya-parlamenti-delegatsiyasi- ozbek istonda-20.09.2012-23803/