XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 688 - Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo'yicha kelishuv
imzolagan. Shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar
vakolatxonalarini ta`sis etish, sog'liqni saqlash, tibbiy ta`lim va fan sohasida, turizm
sohasida o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishuvlar imzolangan
.
439
2017 yil 1 dekabr kuni poytaxtimizdagi ―O`zekspomarkaz‖ majmuida
―O`zbekiston va Rossiya: strategik sheriklikning 25 yili‖ mavzuida tarixiy-hujjatli
ko`rgazma ochildi.
Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Raisining birinchi o`rinbosari S. Safoev, Rossiya Federasiyasi Federal
Yig`ilishi Federasiya Kengashi Raisining o`rinbosari I. Umaxanov, Rossiya
Federasiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V. Tyurdenev,
O`zbekiston Respublikasi xalq artisti G. Melnikova hamda boshqalar O`zbekiston-
Rossiya munosabatlari strategik sheriklik tamoyillari asosida izchil rivojlanib
borayotganini ta`kidladi. Keng qamrovli siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy
hamkorlik
munosabatlari
kengayayapti,
ilmiy-texnikaviy,
madaniy-gumanitar
aloqalar tobora chuqurlashmoqda. Mamlakatlarimiz mintaqaviy va xalqaro
ahamiyatga ega dolzarb -masalalar yuzasidan faol hamkorlik qilib kelmoqda.
O`zbekiston - Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy aloqalar asosiy o`rin tutadi.
2013 - 2017 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015 - 2019 yillarda
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlariga
oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar jadal taraqqiy etayapti.
Ko`rgazmada namoyish qilinayotgan ettita mavzudagi 300 ga yaqin tarixiy
hujjatlarda ana shu natijalar o`z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, ushbu tashrif
O`zbekiston — Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda
muhim o`ringa ega bo`ldi. Chunonchi, tashrif asnosida erishilgan kelishuvlar,
imzolangan 16 milliard AQSh dollarilik 50 dan ortiq hujjatlar O`zbekiston hamda
Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlari farovonligini yanada yuksaltirishga
xizmat qilayapti. 2017 yil 29 mart kuni O‗zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov
seshanba kuni Moskvada Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedov bilan
uchrashdi. Abdulla Aripovga O‗zbekistonning qator vazirlik va mahkamalari
439 https://k un.uz/uz/news/2017/04/06/uzbekiston-va-rossia-urtasida-imzolangan-uzzatlar-rujhati