Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə732/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   728   729   730   731   732   733   734   735   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 818 - 
mingdan ortiq ozarbayjonlik istiqomat qiladi va qator ozariy madaniyat markazlari 
faoliyat olib bormoqda.
531
.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev 1997 yilning 18-19 
iyunida Toshkentda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida Ozarbayjon 
Prezidenti, o‘zaro munosabatlar, barcha sohalardagi mustahkam hamkorlik 
O‘zbekiston uchun ham, Ozarbayjon uchun ham zarur ekanini qayd qildi.Tashrif 
doirasida, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida davlatlararo va hukumatlararo 
hujjatlar imzolandi. Ushbu hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi va 
Ozarbayjon Respublikasi orasida har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, 
sherikchilik 
munosabatlarini 
mustahkamlash to‘g‘risidagi Deklaratsya katta 
ahamiyatga ega.
Bu hujjatlar har ikki mamlakatlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish uchun mustahkam, fundamental huquqiy-shartnomaviy asos yaratadilar. 
Ozarbayjon va O‘zbekiston orasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash 
komissiya tuzish to‘g‘risida kelishib olindi. Hujjatlarni imzolash marosimidagi 
chiqishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti quyidagilarni qayd qildi: ―Bizlar 
Ozarbayjonda O‘zbekiston bilan mustahkam sherikchilik aloqalarini o‘rnatishni 
istaymiz va, ushbu aloqalar yo‘lga qo‘yilishi, rivojlanishlari va mustahkam 
bo‘lishlari uchun, barcha tadbirlarni amalga oshiramiz‖. O‘sha kunning o‘zida, 
Ozarbayjon davlatining Markaziy Osiyodagi birinchi elchixonasining – Ozarbayjon 
Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi binosining ochilishi marosimi bo‘lib 
o‘tdi
532
.
2018 yil 20 fevral kuni O‗zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ozarbayjon va 
mahalliy 
tadbirkorlar 
ishtirokida 
biznes-forum 
bo‗lib 
o‗tdi.
Tadbirda 20 dan ortiq ozarbayjonlik yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi. 
O‗zbekistonda Ozarbayjon Respublikasi sarmoyasi ishtirokida 84 korxona faoliyat 
yuritmoqda. Ozarbayjonda esa O‗zbekistonning 2 korxonasi tashkil etilgan. Bular 
"O‗zbekiston havo yo‗llari" MAK va "O‗zavtosanoat" dilerlik markazidir. 
531
 https://www.bbc.com/uzbek /lg/uzbekistan/2010/09/100927_uzbek_azeri_visit_new.shtml  
532
 http://lib.aliyevheritage.org/uz/38205122.html



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   728   729   730   731   732   733   734   735   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin