XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 933 -
Klipperton oroli (Frantsiya); Xuan Fernandez orollari (Chili); Kempbell orollari
(
Yangi Zellandiyaga
)
; Kokos orollari (Avstraliya).
Shuningdek, ushbu hudud
Ryukyu, Kuril, Aleut orollari va Yaponiya arxipelagani o'z ichiga olmaydi.
Okeaniya iqtisodiyoti 14 dan ortiq alohida mamlakat va ular bilan bog'liq bo'lgan
iqtisodiyotni o'z ichiga oladi. Bular Yangi Zelandiya, Niue, Palau, Papua-Yangi
Gvineya, Samoa, Sulaymon orollari, Tonga, Tokelau, Tuvalu, Vanuatu, Vallis va
Futuna
Federativ Shtatlari, Kuk orollari, Frantsiya Polineziyasi, Kiribati, Marshall
orollaridir.
Ushbu hudud aholisi hozirgi kunda 6,2 millionga yaqin bo‘lib,
bular Janubiy
Tinch okeanida, Osiyo va Amerika o'rtasida chegaralangan 30 ming orollarda
yashaydi. Aholining yillik o'sishi 2,2 foizni tashkil etadi. Bu esa dunyoda eng yuqori
ko'rsatkichlardan biri bo'lib, yuqori tug'ilish stavkalari va o'lim darajasining o'ta
pastligi bilan ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Papua-Yangi Gvineya, Sulaymon
orollari va Vanuatu kabi bir qancha yirik davlatlar aholisi tezkor o'sishini
boshdan
kechirmoqda. Biroq, ayrim kichik mamlakatlar uchun doimiy immigratsiya aholi
sonining yuqori o'sish sur'atlariga ega bo'lishida muhim omil bo'lmoqda. Aholi
zichligi esa juda katta farq qilib, juda kichik orol davlatlari uchun ushbu ko‘rsatkich
yanada yuqori darajada.
Bu hudud Avstraliyaning rivojlangan va global raqobatbardosh moliya
bozoridan ajralib turadigan qo'shni mamlakatlarning ko'pchiligiga
qaraganda
pastroq rivojlangan turli xil milliy iqtisodlarga ega. Garchi, Avstraliya iqtisodiyoti
mintaqadagi eng katta va taraqqiy etgan iqtisodiyot hisoblansada, Yangi Zelandiya
mintaqadagi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘ygan
yagona davlat hisoblanadi. Hududda Kiribati va Tuvalu kabi davlatlar, shu
jumladan, Palau, Fiji va Tonga kabi o'rta darajadagi orollar iqtisodiyotini ham o'z
ichiga oladi.
Okeaniya dastlab XVI asrdan boshlab yevropaliklar tomonidan o'rganilgan.
Portugaliyalik sayyohlar 1512 va 1526 yillar oralig'ida
Tanimbar orollari, Karolin
orollari va Papua-Yangi Gvineyaning ayrim qismlariga yetib kelishgan. XVIII asrda
birinchi sayohati bilan Gavayi orollariga asos solgan Jeyms Kuk Taitiga yo'l oladi