XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 945 - Avstraliyaning Yangi Zelandiya bozorlarida mahsulotlarga nisbatan o'zaro imtiyozli
kirishni ta'minlashga qaratilgan. Tinch okeani orollari mamlakatlari o'rtasida maxsus
savdo tuzilmalari misollari kam va asosan Fiji, bir qator qo'shnilar bilan shakar
savdosini muvofiqlashtirish va Tuvalu mamlakatlardan hunarmandchilik uchun
imtiyozlarni joriy qilish hisobiga milliy bozorlarga kirish kutilmoqda.
6.3.10. Iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari Okeaniya mintaqasi mamlakatlari milliy rivojlanish dasturlariga murojaat
qiladigan bo‘lsak, bu katta va kichik ko'rsatkich bo‘lmish iqtisodiy o'sish hamda
rivojlanish maqsadlariga erishish uchun mavjud bo'lgan islohotlarni amalga oshirish
orqali tashqi savdo hajmini kengaytirishga qaratilgan. Ishlab chiqarishning
eksportga yo'naltirilganligi savdo taraqqiyoti deb atalmish vosita sifatida rol o'ynash
uchun muhim rivojlanish strategiyasi qabul qilingan. Ushbu dasturning ijrosi
sifatida tashqi bozorlarga kirishdan olinadigan foyda asosida amalga oshiriladi;
savdo-iqtisodiy aloqalarning turli xil tashqi ta'sirlaridan, shu jumladan, ta'lim va
tarmoqlararo aloqalar ta'sirini kamaytirish orqali mahsulotning ixtisoslashuvi hamda
undan kam bo'lgan xarajatlarga erishish imkoniyatini berishini ta‘minlashga
qaratilgan. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish zaruriyati,
masalan, mehnat bozoridagi tartibga solish va davlat sektorini isloh qilish yo'li bilan
yanada ochiq hamda samarali iqtisodiy tuzilmalarga erishishga qaratilgan sa'y-
harakatlarda muhim omil hisoblanmoqda.
Ushbu mamlakatlarning aksariyati eksport mahsulotlarini rag'batlantirish
vositasi sifatida eksportga yo'naltirilgan korxonalar uchun maxsus investitsiyalarni
jalb qilish uchun o'z rivojlanish dasturlari yo'llaridan ketishmoqdi. Ular qatoriga
soliq imtiyozlari, daromad solig'i, xom-ashyo va uskunalar bo'yicha import bojlarini
to'lashdan ozod qilish, tezkor amortizatsiya to'lovlari kiradi. Ular odatda
imtiyozlarning boshqa to'g'ridan-to'g'ri shakllariga, masalan, ijaraga beriladigan
rentabellikdagi yer va zavod maydoniga, subsidiyalangan kreditlar, maxsus ta'lim
sxemalariga kirish hamda reklama marketing tomonlarida moliyaviy ko'mak orqali
taqdim etiladi.