Xorijiy tillar fakulteti


Chet tilini o’qitishdagi yondashuvlar



Yüklə 85,66 Kb.
səhifə5/6
tarix14.01.2022
ölçüsü85,66 Kb.
#51259
1   2   3   4   5   6
KURS ISHI,1

Chet tilini o’qitishdagi yondashuvlar o‘rta maktabda birinchi yili chet til o‘qitishda yozuv o‘qishdan oldin, keyinchalik o‘qish yozuvdan oldin va yuqori sinflarda o'qish barcha nutq faoliyati turlaridan oldin o‘rgatiladi. To‘g‘ri metodlaming reproduktiv (H. Palmer) va retseptiv tarzda (M. Uest) chet til o‘rgatish metodlari ham metodika tarixida sezilarli iz qoldirgan. Ular ljaqida VII bobda maxsus ma’lumot beriladi. Aralash metod Ushbu metod ikki katta metodik yo‘nalishlarning ilmiy-amaliy tomonlarini o‘ziga singdirib olganligi ko‘rinib turibdi. Aralash metodlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida tarjima va to ‘g‘ri metodlar qorishmasi sifatida vujudga keldi. Aralash metod haqida uning namoyandalari daniyalik ruhshunos K. Flagstad, nemis tilshunosi E. Otto, nemis metodisti F. Aronshteyn, nemis tilshunosi G. Paul kabilaming ilmiy ishlaridan ma’lumotlar oUsh mumkin (VII bobni o‘qing). Aralash metodning yana bir boshqacha ko‘rinishi to‘g‘ri metod va qiyosiy metod prinsiplarining qorishmasi sifatida vujudga keldi. Ushbu zamonaviy aralash metodning namoyandalari metodistlar amerikalik P. Hegboldt, belgiyalik F. Klosse, germaniyalik A. Bolen va rus chet til o ‘qitish ruhshunosi В. V. Belyayev tadqiqotlaridan ma’lum va mashhurdir. Aralash metodning har ikkala yo‘nalishi ham o‘zining maxsus prinsiplariga ega emas, muayyan metodga ko‘proq yon bosishi, shu bilan birga ikki metod qonun-qoidalarini omuxta tarzda qo'llanilishi ularga xos xususiyatlardandir (aralash metod ijodkorlari haqida VII bobda ma’lumot berilgan). nivndv Uning 1о‘И(1 nomi „ongh-qiyosiy metod“ deyiy ' ladi. Bu m etodning asoschisi akad. L. V. Shcherba bo‘lib, metodni hozirgi davr chet til o‘qitish jarayoniga moslashtirgan, metod asoschisi ishini samarali davom ettirgan Pedagogika fanlari akademiyasi muxbir a’zosi prof. I. V. Raxmanov bo‘lgan. Ongli-qiyosiy metod bo‘yicha chet til o‘rgatilganda didaktik onglilik prinsipi asosida ish ko‘ra boshlashgan. Ushbu metodning qiyoslash, ona tiliga suyanib ish ko‘rish, nutq faoliyati 78 turlarini bir yo‘la o‘rgatish singari xususiy prinsiplari o‘tgan asming qirqinchi va elliginchi yillarida shakllanadi va keng ko‘lamda amaliy qo‘llanadi. Chet til o‘qitishning amaliy, ta’- limiy va tarbiyaviy maqsadlari ilmiy asoslab berilgan. Bu esa metodning birinchi ko‘rinishi edi. 0‘tgan asming oltmishinchi yillaridan hozirgacha bo‘lgan vaqt ichida ongli-qiyosiy metod zamonaviylashtirildi, uning prinsiplari yangi talablarga muvofiq tadqiq qilindi. Jumladan, qiyoslash o‘quvchilarning dars paytidagi yumush tarzida emas, balki mashqlar sistemasini tuzishda metodist va muallim vakolatiga kiradigan ishdir. Ongli-qiyosiy metodning birinchi ko‘rinishida qoida asosida mashq bajarilar edi, zamonaviy ko‘rinishida mashq jarayonida amaliy ruhdagi qoida umumlashtiriladi. 0‘quvchi qiyoslash, qoidani yodlash va aytib berish, nazariy bilimlar yig‘ish bilan maxsus shug‘ullanmaydi. Ushbu metod prinsiplari tafsilotlari bilan 2-§ da tanishasiz. Chet til o‘qitish jarayonida metodlar. ,,Metod“ terminini ifodalaydigan birinchi tushuncha — chet til o‘qitish metodikasidagi tarixiy yo'nalish (taijima, to‘g‘ri, aralash, qiyosiy metodlar)ning muxtasar bayoni yuqorida keltirildi. Ikkinchi ma’nodagi (o‘qitish sistemasi — Palmer, Uest, Guen metodlari) tushuncha chet til 0‘qitish metodikasi tarixida (VII bobda) yoritiladi. Muallim/o‘quvchi faoliyati usuli ma’nosidagi ,,metod“ terminining uchinchi jihati quyida muhokama qilinadi. Chet til o‘qitish jarayonida amaliy foydalaniladigan metodlar uchta: tanishish, mashq qilish va qo‘llash. Ushbu uch termin metodik tadqiqotlarda turli nomlar bilan yuritib kelindi. Ko‘pchilik tan olgan va o'qitishda bevosita mushohada qilish mumkin bo‘lgan mazkur metodlar o‘quvchi nuqtayi nazaridan nomlangan. 0‘quvchining chet til o‘rganishdagi vazifasi o‘quv materiali (ya’ni til materiali) bilan tanishish, ko‘nikma va malaka hosil qilish maqsadida mashq qilish hamda o‘z fikrini bayon etish chog‘ida, ya’ni nutqiy muloqotda tildan foydalanishdan iborat. Chet til o‘qitish sistema, deb qaralganda, unda ikki tomon — o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi ishtirok etadi. Muallim zimmasiga o‘quvchining o‘rganish faoliyatini tashkil etish — tashkiliy vazifa yuklariadi. 0‘quvchi bajaradigan uchala ishni — tanishish, mashq qilish, qo'llashni muallim tashkil qiladi. Darsdan tashqari mustaqil bajariladigan ishlarga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilish ham muallimning tashkiliy vazifasiga kiradi. 79 Muallimning navbatdagi \'.i/ifasi ta ’lim-tarbiya berishdu. Ta’limiy vazifa deganda tushuntirib yoki ko‘rsatib berish, bayon etish, izohlash, to‘g‘rilash orqali o'quvchiga til materialini o'rgatish anglanadi. Chet til materialini muallim o‘rgatadi yoki darslik/magnitofon yozuvidan o‘rganish yo‘lini ko‘rsatadi, o‘quvchida qiyinchilik sezilsa, murakkab til hodisasini lo‘nda qilib sharhlab beradi. Nazorat qilish muallim vazifalaridan uchinchisidir. 0 ‘quvchilar yangi material bilan tanishayotgan paytlarda ularning tushunganlik darajasini aniqlaydi. To‘g‘ri-noto‘g‘ri mashq bajarayotganini kuzatadi. Til materialini qo‘llash chog‘ida nutq faoliyatining bajarilishini nazorat qiladi. Mas. ovoz chiqarmay o‘qilgan matnning mazmunini tushunish uchun o‘quvchilar undagi leksik birliklarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Agar o‘quvchi materialni esdan chiqargan bo‘lsa, muallim o‘sha leksik materialni takrorlashni tashkil qiladi. 0‘quvchilar vazifalarni tanishish, mashq qilish va qo‘llash metodlari orqali amalga oshirish mumkinligi yuqorida qayd etildi. Har bir metodning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Tanishish o‘quv materialini o‘rganishdagi birinchi qadamdir. Til birligini o‘rganishga kirishar ekan, o‘quvchi uning shakli (tovush tomonini og‘zaki nutqda aniq-ravshan eshitish yoki grafik timsolini yozma matndan ко‘rib o‘qiy olish), ma’nosi (predmet, hodisa, harakat bilan fikran bog‘lash) va qo‘llanilishi (boshqa birliklar bilan qo‘shilishi, qanday holatda ishlatilishi) bilan tanishadi. Shakl, ma’no va qo‘lIanish har bir leksik yoki grammatik birlikda o‘rganiladigan uch tomondir. Ular bilan tanishish o‘quv birligini o‘zlashtirishning boshlanishi demakdir. Ushbu birlik xotirada saqlanishining asosiy shartlaridan biri uni eshitish va ko‘rish sezgilari yordamida idrok qilishdir. Shu paytda til birligi mashq qilish bosqichidan o‘tadi. Mashq qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan til hodisalari mustahkamlanadi, ularga oid dinamik stereotip shakllanadi. Ushbu dinamik stereotip nutq jarayonida operatsiya maqomida ishga tushadi. Amaliy muloqot maqsadida til materialini qo‘llash uchinchi bosqich hisoblanadi. Q o‘llash davrida axborot almashish (ya’ni malaka hosil qilish) mashqlari bajariladi. 0‘quvchilarning tanishish, mashq qilish va

qo‘llash vazifalari metodika tilida o‘qitish metodlari, deb yuritiladi. Ular ,,o‘qitish jarayonida qo‘llanadigan metodlar“ nomi bilan ham ataladi. Bu metodlar ta’lim maqsadlarini ro‘yobga chiqarish 80 vositalari bo‘lishi bilan birga, ularga o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqiclilari tarzida ham qarash mumkin. ,,Tanishish“ metodidan foydalanish mobaynida so‘z, so‘z birikmasi, grammatik hodisa, matn kabilar o‘iganiladi. Ulami o‘quvchi eshitishi, ko‘rishi, birvarakay eshitib ko‘rishi mumkin. Idrok etganda ulami sezgilar orqali payqash va mazmunini o‘qib olishdek bir yo‘la ikki tomonlama ish bajariladi. Muallim esa narsa/hodisani ko‘rsatib, chet tilda, mas. inglizcha aytadi. Ayrim sodda tushuntirish — izoh berish ham muallim vazifasiga kiradi. Predmet yoki hodisani ko‘rsatishda rasmlar, flanelegraf, magnit taxtasi kabilar keng qo'llanadi. Texnika vositalarining ovozli, namoyish etadigan, ko‘rsatib ovoz eshittiradigan turlaridan samarali foydalanish mumkin. 0‘quv materiali bilan tanishish davrida mashq qilish bosqichiga tayyorgarlik ko‘riladi. Mashq qilishda mashqlar miqdori va sifatiga, ya’ni nechta va qanday mashq bajarish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Mashq qilish chog‘ida o‘quvchi o‘zlashtirayotgan ko‘nikma muallim nazorati ostida bo‘iadi. Nazorat qilishning eng tejamli usuli test o‘tkazishdir. 0‘quvchining o‘zini o‘zi nazorat qilish va xatolarini mustaqil bartaraf etishga o‘rgatish katta ahamiyatga molik. Malakalar hosil qilishning hal qiluvchi bosqichi o‘quv materialini qo‘llash hisoblanadi. 0‘quvchilaming og‘zaki va yozma fikr almashishlari jarayonida qo‘llash metodi qo‘l keladi. Oldin o‘rgani!gan material endi axborot yetkazish/olish maqsadiga bo‘ysundiriladi. Metodlar faoliyat ko‘rsatkichi, o‘z navbatida, metodik harakatlar (usullar) orqali amaliyotda ishlatiladi. Mas. leksikaning ma’nosini taijimasiz ochish usuli (harakati), matndan axborot olish usuli, grammatik birlikni leksik o‘rgatish usuli (qoida bermasdan yaxlit hodisa tarzida), talaffuzni taqlid yo‘li bilan o‘rgatish va h.k. Aniq usullar majmuasi jarayon metodini tashkil etadi. Metodik usul o‘quv materialini o‘rgatish/ o‘rganishda yaqqol ko‘rinib turadigan amallami bildiradi.



Chet tillarni o‘rgatish tarixiga oid ma’lumotlar ko‘hna zamonlarga borib taqaladi. Turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlari o‘matilishi bilan bir paytda bir-birining tilini, u orqali urf-odatini, hayot tarzini o‘rgana boshlashgan. Savdo va madaniy aloqalar jonlanishi tufayli chet tillami amaliy va ta’limiy maqsadlarda o‘rganish yo‘lga qo‘yila borgan. Qadimiy Suriya va Misr, Yunoniston va Rumoda madaniyat taraqqiyoti davrlarida o‘zga xalqlar tillarini o‘rganish odatga aylangan. 0 ‘rta asrlar adabiy yodgorliklari va Yevropa tillariga kirib kelgan xorijiy so‘zlar shundan dalolat beradiki, xalqlar o‘zgalar tilini o‘rganish borasida ajoyib tajribalar orttirgan. Ma’lumki, sharq musulmon mamlakatlarida arab, fors, tur1 E. Ergashev. Chet til o ‘qitish jarayonida texnika vositalaridan foydalanish. — Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1984. 108 kiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar ushbu tillarning ikkitasi yoki uchalasidan ham xabardor boMishga intilishgan. To‘g‘ri, birdan ortiq til bilish yoppasiga an’ana tusini olgan emas. Ko‘p tillilik (poliglossiya) hodisasi ziyolilar orasida tarqalgan. Jahon tarixida barchaga ayonki, bobokalonlarimiz Abu Nasr Forobiy (bir necha o‘nlab tillarni bilgan), Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (,,algoritm“ ilmiy termini uning nomidan olingan), Abu Rayhon Beruniy (qadimiy hind tili — sanskritdan arabchaga ilmiy kitoblami erkin taijima qilgan), hazrat Alisher Navoiy (zullisonayn shoir), ulardan keyin yashab, ijod qilgan ko‘plab buyuk yurtdoshlarimiz chet tillarni bilish xosiyatini targ‘ib va tashviq qilishgan. Osiyo va Yevropa qit’alarida xorijiy tillarni o‘rganish masalalari metodika tarixida ко‘rib chiqilgan. Keyingi ikki asr davomida g‘arbiy Yevropa tillarini o‘rganish metodikasi ilmiy manbalarda atroflicha tadqiq qilingan. Afsuski, sharq tillarini o‘rganish tarixiga oid nufuzli ilmiymetodik tadqiqot yaratilgan emas. Mashriqdan mag‘ribgacha, Yevropadan Amerikagacha bo‘lgan hududlarda yashovchi xalqlaming chet til o'rganish tarixi bir necha jildlik metodik asarlar uchun yetgulik va arzigulik ilmiy ummondir. Tadqiqotchilar qalamiga mansub turli tillarda mavjud risola va maqolalardan foydalanib, ushbu bobda chet til o‘qitishning muxtasar tarixi yoritiladi. Yuqorida (V bobda) ta’kidlanganidek, chet til o‘qitish metodikasida talqini berilgan ,,metod“ terminining ikkinchi ma’nosi ,,o‘qitish sistemasi“ ushbu bobning mazmunini tashkil etadi. (Birinchi ma’nosi ,,yo‘nalish“ — taijima, to‘g‘ri, qiyosiy va aralash metodlar va uchinchi ma’nosi — ,,o‘quvchi/ muallim faoliyati usuli“ V bobda ko‘rib chiqildi.) Metodika tarixida, shuningdek, sobiq Ittifoq va respublikada chet til o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. l-§ . Chet til o‘qitish metodlari tarixi Chet til o‘qitish tarixida metodlar (V bob, l-§ ga qaralsin) to‘rt nom bilan ma’lum va mashhur: taijima, to‘g‘ri, aralash va qiyosiy. Ushbu metodlar muayyan metodistlar ilmiy asarlari va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ta’rif-tavsifmi topgan, ya’ni o‘sha davr chet til o‘qitish tajribasi ma’lum darslik asosida ro‘yobga chiqarilgan va yetuk metodist-olim yoki muallim ilmiy qarashlarida nazariy asoslangan. Ushbu paragrafda to‘rtala metod bilan til o‘rgatilganda 109 ko‘zlangan o'qitish maqsadlari, mazmuni va prinsiplari sanab o‘tiladi va har bir metodning ulkan namoyandalari ijodiga qisqacha ta’rif beriladi. Tarjima metodi. Asosan ular ikki ko‘rinishda bo‘lib, grammatika-tarjima va matn-taijima metodlari nomi bilan yuritiladi. G ram m atika-tarjim a m etodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o'rganilgan. Grammatik mashqlar til o‘rganuvchining mantiqiy tafakkurini o‘stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlami bayon etish avjiga chiqqan. Ushbu metod bo‘yicha chet til o‘qitish mazmunida sistemali grammatik

nazariya asosiy 'o‘rinni egallagan. qiladigan matnlar grammatikani o‘rganishga mo‘ljallangan. Metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 1. Til o‘rgatish yozma nutqqa asoslangan.

2. o‘rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‘lgan.

3. Awalan, grammatik qoida yod olingan, soniyan, qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan.

4. Grammatik shakl va so‘zlaming ma’nosi so‘zma-so‘z taijima vositasida ochib berilgan.

5. So‘zma-so‘z taijima va quruq yodlash yo‘li bilan til materiali o‘zlashtirilgan.

6. So‘zlami kontekstdan tashqarida, yakka-yakka yodlash bilan chegaralangan. Ko‘rinib turibdiki, mazmun e’tibordan chetda qolgan, til formal jihatdangina o‘rganilgan. Shuning uchun bu metod sintetik metod deb ham yuritilgan. Grammatika-taijima metodi tarafdorlari (mas. angliyalik G. Ollendorf) yaratgan o‘quv qo‘llanmalarida tuzilishi tilga mos, mazmunan esa bir-biriga: qovushmaydigan gaplarga, ya’ni ,,sun’iy“ tilga duch kelinadi. M atn-tarjim a metodining maqsadi ham umumiy ta’lim berishga qaratilgan, lekin e’tibor grammatika-taijima metodidagidek m antiqiy tafakkurni o‘stirish emas, balki til o‘rganuvchining umuman aqliy rivojiga qaratilgan. 0 ‘qitish mazmunida ham tafovut mavjud, chunonchi, bog‘lanma matnlami o‘qish tavsiya etilgan. Matn-taijima metodining prinsiplari quyidagilar:

1. Yozma nutq asosida chet til o‘qitilgan.

2. Bog‘lanma va ko‘pincha asl nusxadagi matn olingan.

3. Matnni o‘rganishda analiz qilishga ko‘p kuch va vaqt sarflangan.



4. So‘z va grammatik shakl ma’nosini ochish usuli — taijima.

5. Til materiali taijima va yod olish orqali o‘rganilgan. Bu metod ayrim adabiyotlarda leksika-taijima metodi termini bilan ham yuritilgan. Ushbu taijima metodining tarafdorlari (mas. fransiyalik Jan Jozef Jakoto (Jacotot, 1770—1840) matnni tarjimasi bilan yodlashni tavsiya qilishgan. Grammatika-taijima metodidagi sxolastik (quruq safsata) tomonlarga nisbatan matn (leksika) taijima metodi birmuncha ilg‘or metodik sistema hisoblanadi. Chunki grammatikani quruq yodlashdan tilni aks ettiradigan matnlami o‘rganishdek hayotiy zaruriyatga keskin burilish yasaldi. Taijima metodlarining ba’zi usullaridan hozirgi chet til: o‘qitish amaliyotida ham foydalaniladi, mas. til hodisalarining ma’nosini ochishda taijimadan va kontekstdan foydalanishga alohida e’tibor berish lozim. Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko‘rinishlari tarixdan ma’lum. Ulami ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va to‘g‘ri metodlar. Tabiiy metodning sobitqadam muxlislari fikricha, chet tilni o‘rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo‘lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilda gapirishni o‘rgatish. Kundalik hayotiy mavzularda gapirishni o‘rganish orqali o‘qish va yozishni o‘rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‘oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi — til muhitini yaratishdir. 01g‘a suiilgan metodik prinsiplami amaida qo‘llash bobida turli yondashuvlar paydo bo‘lgan. Metod namoyandalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. M. Berlis metodi (M. Delphinus Berlitz). M. Berlis — Amerika Qo'shma Shtatlarida 1878- yilda chet til o‘qitish kurslari tashkil etgan va darsliklar tuzgan chet til o‘qitish metodikasi tarixida atoqli metodist olim. M. Berlis Yevropa tillari va ayrim sharq tillari darsliklarini yaratgan, ammo vatani Germaniyada uning ishi yurishmagach, AQShga ко‘chib boradi va o‘zining birinchi maktablarini ochadi. Tilni amaliy maqsadda 0‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi. M. Berlis sistemasining asosiy metodik mulohazalarini uning darsliklari muqaddimasidan o‘qib olish mumkin: 111 1. Til materialini idrok etish immanent tarzda, taijimasiz bo‘lishi kerak. So‘z bilan narsa (hodisa, harakat) fikran bevosita boglanishi, ona tili so‘zlari bilan aloqa o‘rnatilmasligi hamda grammatik tushunchalarni kontekstda, ong ishtirokisiz (induktiv holda) ona tili bilan qiyoslamasdan idrok etish. 2. Muallimga taqlid qilish orqali til materialini mustahkamlash. 3. Chet til o‘rganishda ona tili ishtirok etmasligi. 4. Til hodisalari (leksik va grammatik birliklar)ning ko‘rgazmalilik (narsa, tasvir, xatti-harakat, sharhlash) yordamida ma’nosini ochish. v 5. Yangi materialni awalo og‘zaki taqdim etish. 6. 0 ‘quvchilarni nutq faoliyatiga undovchi muallim va o‘quvchi juftnutqi (suhbati) boshqalaridan maqbul ish uslubi ekanligi. Qayd etilgan ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni M. Berlis o‘quv vositalarida nazariy asoslashga uringan. M. Berlisning quyidagi o‘quv qo‘llanmalari mashhur bo‘lgan: Erstes Buch fur den Unterricht. Riga, 1926; Deutsches Buch fiir den Erwachsene. Zweiter Teil, 13, Aufl., Berlin, 1929; Illustrated Book for Children. English. Riga, 1924. F. Guen metodi (Francois Gouin, 1831—1898). Tabiiy metod vakillaridan fransuz metodisti F. Guen chet tilni ona tili o‘rganishga o‘xshab, amaliyotda egallash tarafdori bo‘lgan. U metodikada birinchi bo‘lib leksikaning mavzular (uydagi hayot, maktab, jamiyat, tabiat) bo‘yicha tasnifmi kashf etgan. Chet til o‘rgatishda quyidagi metodik qonun-qoidalarni taklif qilgan: 1. Odam o‘z ehtiyojidan kelib chiqib til o‘rganadi. 2. 0 ‘rgatish birligi qilib so‘z emas, gap tanlanadi. 3. Til o‘rganishda og‘zaki nutq birlamchi hisoblanadi. F. Guen, xuddi M. Berlisga o‘xshab, ko‘rgazmalilik, ona tiliga tayanmaslik, grammatikaning leksikaga tobeligi kabi shartlami quwatlaydi. F. Guen o‘z sistemasida chet til lug‘at boyligini uchta katta toifaga ajratadi: obyektiv, subyektiv va ifodali tushunchalarni bildiruvchi so‘zlar. Birinchi guruhga obyektiv dunyoga oid tushunchalar, mas. hayot, jamiyat, tabiatga tegishli; ikkinchisida inson ruhiga taalluqli tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar: tushunmoq, xohlamoq; uchinchi toifada birinchi va ikkinchilami birlashtiruvchi tushunchalar: chiroy, d o ‘stlik va h.k. Uchalasiga 112 qo‘shimcha kundailk turmushga oid material — salomlashish, ob-havo haqida suhbat singari tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar. Ushbu so‘zlar seriyalarda (hozirgi metodik tushuncha „nutq vaziyati“ga taxminan to‘g‘ri keladi) o‘rgatiladi. Leksikani seriyalarda o‘rgatish F. Guenning yana bir metodik kashfiyotidir. F. Guenning ilmiy asari (L’art d’enseigner et d’etudier les languag Paris, 1880) va o‘quv qo‘llanmasi (Erstes Ubungsbuch fiir das Deutsche) metodika tarixida o'rganilgan. M. Valter metodi (Max Walter). Tabiiy metodlar doirasida chet til o‘rgatish bilan shug‘ullangan nemis metodisti M. Valter metodik sistemasi yuqorida bayon etilganlami o‘z ichiga oladi va leksik materialni o‘rgatish usullari bilan ulardan ajralib turadi. Darslami M. Valter shu darajada tomoshaga, o‘yinga aylantirib o‘tadiki, keyinchalik nemis metodistlaridan F. Aronshteyn askiyanoma qilib, u haqda „М. Valter o‘quvchilariga Myunxen pivosidan ichkizmaydimikan“, degan ekan. 0 ‘zining metodik tadqiqotida leksikaning m a’nosini ochishga qaratilgan quyidagi usullami sanab o‘tadi: 1) narsa yoki uning tasviri (rasm)ni namoyish etish, xatti-harakatni ko‘rsatish; 2) sinonim, antonim va chet tilda ta’riflash; 3) notanish so‘zni so‘zlar yoki jumla (kontekst)da taqdim etish (bu F. Guen seriyalariga yaqin). M. Valter so‘z boyligini mustahkamlashga oid ko‘pdanko‘p mashqlar tavsiya etib, e’tibomi mashqlardagi so‘zlarni guruhlashtirishga tortadi: mas. antonim va sinonim so‘zlami topish, bir o‘zakli so‘zlami tanlash va mavzuga doir so‘zlar to‘plash kabilar. Chet til o‘qitish metodikasiga oid quyidagi asarlar M. Valter ijodiga mansub: Zur Methodik des neusprachlichen Unterrichts. 2. Aufl., Marburg, 1912; Die Reform des neusprachlichen Unterrichts auf Schule und Universitat, Aufl., Marburg i/H.N.Y., Elwert’sche Verlagsbuchhandlung, 1912; Anneignung und Verarbeitung des Wortschaltzes im neuspachlichen Unterricht. 2. Aufl., Marburg, Verl. N. Y., Erwert, 1914. Tabiiy metodning aksariyat prinsiplari to‘g‘ri metodikadan jiddiy tafovut qilmasligi sababidan ularning batafsil tahlili quyida keltiriladi. T o ‘g‘ri m etod tabiiy metod zaminida vujudga kelgan. On a tili ishtirokisiz chet tildagi so‘z va grammatik shakl to‘g‘- 8 — Jamol Jalolov 113 ridan-to‘g‘ri ma’nosi bilan fikran bog‘lanishi ,,to‘g‘ri“ so‘zining metodik terminga aylanishiga olib kelgan. Metodning tadqiq qilinishida ruhshunoslar, tilshunoslar va chet til muallimlari va metodistlari ishtirok etishgan. To‘g‘ri metod bilan chet til o‘qitishdan, tabiiy metodda bo‘lganidek, amaliy maqsad ko‘zlanadi. Dastawal amaliy yo‘- nalish og‘zaki nutq bilan bog‘langan tushuncha edi, keyinchalik o‘qish ham ushbu tushuncha doirasiga kiritila boshlandi. 0 ‘tgan asming ikkinchi yarmida mamlakatlar o‘rtasida tijorat, mustamlakachilik, texnikaning rivoji davlatlar orasida siyosatning o‘zgarishiga sabab ^bo‘ldi. Chet tillarni o‘iganishga bu, albatta, ta’sir qilmay qolniadi. Tilni amaliy egallashga ehtiyoj ortdi. Oldin chet til zodagonlar uchun ermak mashg‘ulot bo‘lsa, endi aholi orasida o‘rta hoi kishilar ham chet tildan bahramand bo‘la boshlashdi. XIX asming 80-yillarida chet tillar o'qitish islohoti boshlandi. Taijima metodi o‘miga to‘g‘ri metod ishga tushdi. H. Suit (Henry Sweet). XIX asr oxirida va XX asr boshlanishida ko‘zga ko‘ringan ingliz tilshunosi H. Suit bir qator asarlarini chet tillar o‘qitish masalalariga bag‘ishladi. Jumladan, 1899- yilda u „Tillarni amaliy o‘rganish“ nomli kitobini (ingliz tilida) chop ettirdi. Bir nechta darsliklar ham yaratgan H. Suit amaliy va nazariy maqsadda chet til o‘rganish tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. Birinchisi og'zaki nutqni tushunish, o‘qish, gapirish va yozuv, ya’ni amaliyot deb qaraladi, ikkinchi maqsad til tarixi va etimologiyani o‘rganishni taqozo etadi. 0 ‘z metodik mulohazalarini H. Suit quyidagi tarzda umumlashtirgan: I. Chet til fonetikaga asoslangan holda o‘qitiladi. 2. Jonli adabiy til asos qilib olinadi. 3. So‘z emas, gap til birligi hisoblanadi. 4. Matn va gap, gap va so‘z munosabatlari kontekst bilan bog‘liq. Gapni matndan tashqarida, so‘zni gapdan ajratib o£rgatmaslik lozimligi uqtiriladi. 5. Bog‘lanma matn asosida til o‘qitish va grammatik tahlil o‘tkazish tavsiya qilinadi. 6. Matnga bog*lab grammatik qoidalar beriladi. 7. Til o‘rganishda mhshunoslikdagi assotsiatsiya (fikran bog‘lanish) qonuniga rioya qilinadi. (Mas. awalo, tilda ko‘p qo‘llanadigan hodisalar o‘rgatiladi.) 114 Islohot davri vakillaridan H. Suitning jiddiy farqi shunda bo‘ldiki, u matnni o‘rgatishga ahamiyat berdi. Yangilangan to ‘gri m etod tushunchasi paydo bo‘ldi. To‘g‘ri metod o‘zgarib, rivojlanib, yangilanib bordi. XX asrning birinchi yarmida to‘g‘ri metod ikki yo'nalishda takomillashdi: reproduktiv metodika (H. Palmer, L. Blumfild) va retseptiv metodika (M. Uest) ishlab chiqildi. An’anaviy grammatika asosida til o‘rgatish o‘miga uni nutq namunalarida o‘rgatishni Ch. Friz, R. Lado tajribaga olib kirishdi. Yangilangan to‘g£ri metod ta’lim jarayonida texnika vositalaridan foydalanishni taqozo etdi. Zamonaviy tilshunoslik va ruhshunoslik ma’lumotlari to‘g‘ri metodga yangicha tatbiq qilina boshlandi. H. Palmer metodi (Harold Palmer, 1877—1949). Ulkan ingliz metodisti H. Palmer ingliz tilini chet til sifatida o‘rgatish bilan uzoq muddat faol shug‘ullangan. Bu olim yuksak ilmiy mahorat bilan yozgan nazariy asarlari, darslik va qo‘llanmalari tufayli jahon chet til o‘qitish metodikasida o'chmas iz qoldirgan. (Uning siyosiy qarashlariga emas, faqat metodik merosiga baho beriladi.) H. Palmer ingliz tilini (chet til maqomida) erkin egallashni maqsad qilib qo‘ygan: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalarini egallashni nazarda tutgan. Og'zaki metod termini H. Palmer nomi bilan bog‘liq. Og‘zaki nutqni egallash uchun H. Palmer quyidagilami tavsiya etgan: I. Til qiyinchiliklarini tasnif etish (talafluz, imloviy, etimologik, semantik, sintaktik qiyinchiliklar). 2. Og‘zaki nutqni ikki yo'nalishda o'rgatish: tinglab tushunish va gapirish. 3. Passiv til boyligini shakllantirish, so‘ngra uni reproduktiv nutqda faol qo‘llash. 4. So‘zlaming ma’nosini ochishda ko‘rgazmalilik, taijima, chet tilda izohlash, matn mazmuni (kontekst)dan foydalanish. 5. Nutqiy parchalami yodlab o'zlashtirish. 6. So‘zlami muayyan mezonlarga binoan tanlash. 7. Mavzularga oid matnlami tanlash, lug‘at-minimum tuzish va o‘qish turlarini aniqlash. H. Palmer metodiga ko‘ra chet til o‘qitish mazmunini belgilashga maxsus ilmiy yondashish kerak. Til o'rgatish uchun oddiy adabiy nasr va so‘zlashuv nutqini tavsiya qiladi. Jonli so‘zlashuv nutqidan boshlab, keyin o‘qishga o‘tiladi. Matnlarga qo‘yiladigan metodik talablarni ishlab chiqqan. 115 Metodikada birinchi marta leksik birlik (lexicological unit) tushunchasini kashf etdi va uning shakli, ma’nosi va qo‘llanishi haqida fikr yuritib, ergon (V. Gumboldtdan o'zlashtirgan) tushunchasini metodik izohladi. (Ergon deganda H. Palmer xohlagan leksik birlik bilan ifodalanadigan tushunchani nazarda tutadi. Ma’lumki, leksik birlik to‘rt tushunchani, ya’ni so‘z, so‘zlar guruhi, affiks va turg‘un birikmani o‘z ichiga oladi.) Ergon masalasi H. Palmer kashf qilgan ichki almashtiriluvchi jadvallardan foydalanishda muhimligini ta’kidlaydi. (H. Palmer jadvallari hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.) Jadvaldagi har qaysi gapda turli ustunda #o‘rttadan ergon berilgan:1 He sees a(n) letter. She takes the card. Who reads this name. My friend writes that address. Agar bir ergon almashsa, yangi gap tuzilaveradi: He sees a letter. He takes a letter. He reads a letter... H. Palmer leksik birliklarni tanlash prinsiplarini tadqiq etgan va amalda sinab ko‘rgan. U chet tilni retseptiv va reproduktiv egallashni maslahat beradi. 0 ‘qish og‘zaki nutq o‘rganishga tobe qilib qo‘yiladi. H. Palmer metodik prinsiplarining ayrimlari mana bunday nomlangan: 1. Tilni aktiv va passiv o'rganish. 2. Tilni ongli va ong ishtirokisiz o‘rganish. 3. Qiyinchiliklami chegaralash

XULOSA


Til o‘rganish kishilik jamiyatida bag‘oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillami bilish, ayniqsa, ko‘p tillilik (poliglossiya) ulkan ahamiyat kasb etmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasida tahsil oladigan o‘quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. „Idrokli yoshlarimizning ko‘pchiligi uch til egasidir“ 1. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o ‘taydigan birinchi tildir. Ruhshunoslar e’tirofiga binoan „tafakkur — verbal“, ya’ni fikrlash so‘z bilan chambarchas bog‘liq, so‘z — tushuncha ifodalovchisi. Ona tili so‘zlari zaminida o‘zlashtirilgan tushunchalar ikkinchi yoki chet til o‘rganish chog£ida o‘zga til so‘zlarining tovush va yozuvdagi timsolida gavdalanadi. Ona tili, ikkinchi til va chet tilda o‘rganiladigan so‘z (mas. non — хлеб — bread) miqdoran uchta, biroq ular ifodasida shakllanuvchi tushuncha esa yagona: ,,un mahsulotlaridan xamir qorib, tandir, o ‘choq yoki gazda pishiriladigan, yopiladigan yegulik, tirikchilik uchun zarur narsa“. Xullas, tushuncha, tilshunoslar ta ’biri bilan aytganda, umuminsoniy, baynalm ilal hodisadir, so‘zning fonetik va grafik timsoli esa milliydir. 0 ‘z tilida shakllangan tushunchalami o‘quvchi/talaba endi ocrganilayotgan o‘zga til so‘zlari bi1 G ‘afur G'ulom. Ko‘p tilni bilishning xosiyati / / 0 ‘qituvchilar gazetasi, 1965-yil 16-sentabr („Toshkent oqshomi“ gazetasining 1989- yil 6-aprel sonida ,,Ko‘p tilni bilish xosiyati“ nomi bilan qayta bosilgan). 3 Ian fikran bog‘laydi. Binobarin, til o‘rgatish ruhshunosligining yirik mutaxassisi, professor Boris Vasilyevich Belyayevning „chet tilda tafakkumi shakllantirish“ga doir ilmiy mulohazasi1 nomaqbuldir, zero, turli tilda ifodalangan fikr uyg‘unligi kuzatiladi. Ikkinchi til haqida so‘z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‘shnilar tili sifatida qaraladi. M a’lumki, til kishilarning bir-birlarini yaqindan bilishlari, hurm at-e’zozlashlari, do‘stlashishlarida tengi yo‘q omil, bebaho vositadir. 0 ‘rta va oliy o‘quv yurtlarida boshqa tillarda ta’lim oluvchilar uchun ikkinchi til tushunchasi o‘zbek tili demakdir. Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G ‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan. Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlami his etish bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o ‘rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Qayd etilgan m uhokam adan ay on boMadiki, uchala til orasida chet tilni o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan keskin farqlanadi. Bu esa, o ‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qoMlaslini taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Til tajribasi termini Yevropa tillarida chop etilgan metodik adabiyotlarda deyarli uchramaydi, chunki rus (Rossiya Federatsiyasi nazarda tutiladi), ingliz, nemis, fransuz maktablarida yagona ona tili chet til o‘rganishda hisobga olinadi. 0 ‘zbekiston maktablarida esa ona tili va ikkinchi tildan hamda o‘iganilayotgan chet tilning o‘zidan to‘plangan yaxlit til tajribasi xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quvchilarning til tajribasi uch tildan yig‘ilgani bilim, ko‘nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo‘lib, uning hajmi, qo‘llanish ko‘lami, o ‘zaro bog‘liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga kirad

Yüklə 85,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin