Xotira nega pasayadi?



Yüklə 143 Kb.
səhifə4/5
tarix12.06.2022
ölçüsü143 Kb.
#61302
1   2   3   4   5
14-16 asrlarda ta\'lim

Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiya masalalariga ham katta e’tibor bergan. U 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Adabiyot va badiiy ijodga muhabbat unda bolaligida uyg’ongan. Alisher she’r tinglashni va aytishni juda sevgan. Alisher Hirotda va Mashhadda o’qigan, arab va fors tillarini o’rgangan. U 15 yoshidayoq iste’dodli shoir sifatida xalq ommasiga tanilgan. O’zbek Turkiy tilidagi she’rlariga «Navoiy», fors-tojik tilidagi she’rlariga «Foniy» taxalluslarini qo’ygan.


Alisher Navoiyning «Hamsa», «Mahbub ul-qulub», «Arba’yn», «Nazm ul-Javohir», «Munojot», «Vaqfiya» kabi asarlarida tarbiyaga katta o’rin berilgan.
Navoiyning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari markaziy o’rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.
Navoiy inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab, foydali kishi qilib yetishtirishdan ko’ra hayrli va lazzatli narsa yo’qdir, deydi. Shuningdek, har bir kishi o’z farzandining yaxshi tarbiya ko’rishi va kamol topishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi, bolaga kelajakdagi hayotiga monand go’zal va mazmundor nomlar qo’yishi lozim, deydi.
Navoiy hayotda o’z ilmiga amal qilishi, o’rganganlarini hayotga tadbiq etishi masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u «Mahbub ul-qulub» asarida ilm o’qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug’ sochib hosilidan baxra olmaganga o’xshaydi, deydi.
Ilm o’qub qilmag’on amal maqbul,
Dona sochib ko’tarmadi maqsul.
Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Masalan: Navoiy o’zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib, o’z vaqfidan mablag’ ajratgan, madrasada ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda qattiq intizomga rioya qilish talab etilgan. Shuningdek, u ilm-fanni mustaqil holda o’rganish, yetuk ilm sohiblaridan dars olishga ham undaydi.
Alisher Navoiy ilm olish yo’llari haqida ham muhim fikrlar bayon etadi. U bilimlarni tinmay uzluksiz o’rganish zarur deydi. Bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o’tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan o’rganishni ta’kidlaydi. Alisher Navoiy ta’lim tizimini o’z davrida maktab, mardrasalarda o’qish, olim, hunuarmand, san’atkorlarga shogird tushi byoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.
Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi.
Qattiqqo’l, johil va tamagir o’qituvchilarni tanqid qilib ular rahmsiz, miyasi po’lat va ko’ngli toshdir, deydi. Ularni qoralash bilan birga o’qituvchi mehnatining og’irligi murabbiylik haqqini xolisona baholaydi.
Alisher Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash uslub va usullari, vositalari ham o’z ifodasini topgan. Navoiy asarlarida bola tarbiyasi bilan oilada va maktabda shug’ullanib, namuna uslubidan foydalanish tavsiya etilgan. Tarbiya va ta’lim ota-ona hamda o’qituvchi tomonidan olib borilishi lozim topiladi. Alisher Navoiy bolalarga jismoniy jazo berish emas, balki xushmuomalalik bilan muomalada bo’lishini, lekin bunda ham me’yoridan oshmaslik lozimligini uqtiradi. Tarbiya haqida gapirar ekan «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyatingni nobud qilma», deydi.
Alisher Navoiy tarbiyada insonning o’z-o’zini tarbiyalashiga xato va kamchiliklarni anglab tuzatishiga e’tibor beradi. Yanglish va xato kishilikning shartidir. Kimki, e’tirof tomon qaytar ekan, xatosi yo’qoladi. Kimki, dalil keltirib aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Ya’ni kishi xato qilganda yanglishganini bo’yniga olsa – bu yaxshi. Agar o’z xatosiga dalil ko’rsata bersa, uning xatosi Yana ikki barobar ortadi, deydi alloma.
U bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani uyning «chirog’i», bola oilaga baxt va saodat keltiruvchidir, deb xarakterlaydi.
Alisher Navoiy bolalarga yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko’rsatib, o’qil-qizlarni 6 yoshdan tarbiyasiga – muallimga berish lozimligini aytadi.
Shu bilan birga ilk yoshdayoq fanlar va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslangan, tarxiylik kabi talablarni asos qilib oladi. U o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham o’quvchiga ham talabchan bo’lishini uqtiradi.
Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Alisher Navoiy o’zi yashagan anna shu muhitning madaniy kamolotiga insoniyat tarixida abadiy boqiy qoluvchi hissa qo’shdi. Shuningdek, Navoiyning hayoti, faoliyati, merosi o’zidan keyingi avlodlarning siyosiy ongini o’sishida, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg’ularining shakllanishida katta manba bo’lib xizmat qiladi.
XV asrda faqat Eronda emas, balki Huroson va Movarounnahrda ham ijtimoiy falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlaridan biri
Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin