Xotiraning tashkil etilishi va turlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/4
tarix13.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#112971
1   2   3   4
7-maruza boyicha materiallar

Statik va dinamik xotira

Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha xillari bitta umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish ikoniyatlarini mavjud. Bunday xotira tezkor xotira qurilmasi (TXQ) deb ataladi (Random Access Memory – RAM). Tezkor xotira qurilmasining ikki xili mavjud:



  • Statik TXQ (Static RAM - SRAM).

  • Dinamik TXQ

1. Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida quriladi. Statik TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu vaqtning davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng bo‘lishi mumkin. Statik TXQ juda tez ishlaydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha nanosekundlarga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi sath kesh- xotirasi sifatida ishlatilmoqda.
2. Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kondensatorlar zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mumkin, bu hol 1 va 0 ni saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-vaqti bilan qayta zaryadlanib turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni saqlash uchun 1-ta tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi.
Statik TXQda esa bir bit axborotni saqlash uchun kamida 6-ta tranzistor kerak bo‘ladi. Shuning uchun asosiy xotira deyarli har doim dinamik TXQ asosida quriladi. Dinamik TXQ, statik TXQga nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:

  • FPM (Fast Page Mode) – tezkor sahifalar rejimiga ega dinamik xotira;

  • EDO (Extended Data Output) – ulanish nuqtalarining imkoniyatlari kengaytirilgan dinamik xotira;

  • DRAM, SDRAM (Synchronous RAM) – sinxron dinamik TXQlari;

  • DDR (Double Data Rate) – ma’lumotlarni ikki karra tez uzata oluvchi.

Elektr manbai uzilganda ham ma’lumotlarni saqlay oladigan xotira – doimiy xotira qurilmasi (DXQ) deb ataladi (ROM - Read-Only Memory). Odatda doimiy xotira qurilmalaridagi axborotni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash mumkin emas. Ammo hozirda DXQni ishlab chiqarish paytidagina emas, balki uni qo‘llashdan avval, ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va axborotni o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham ishlab chiqilgan. Ular quyidagicha nomlanadilar:

  • PROM (Programmable ROM) – programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi.

  • EPROM (Erasable PROM) – axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi;

  • EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi;

  • flesh-xotira.





  1. Yüklə 0,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin