I. Aylantirish (lot.–obversio) Shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan Yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; ‑mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo’lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo’lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:
Aylantirish usuli bilan hulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’shinkori uning tasdig’i bilan tengdir ” degan qoida amal qiladi.
Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega.
Ye. Hech bir ilmiy qonun sub’ektiv xarakterga ega emas.
II. Almashtirish (lot.–conversio) Shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatning o’rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.
Sillogizmning umumiy qoidalari Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; Shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosa Yangi bilim bermaydi.
II.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
Masalan:
Tushunchalar hajmiga ko’ra umumiy yoki yakka, yoki bo’sh hajmli bo’ladi.
Har bir umumiy tushuncha yo ayiruvchi, yoki to’plovchi bo’ladi. Demak, tushunchalar hajmiga ko’ra yo ayiruvchi, yoki to’plovchi, yoki yakka, yoki bo’sh hajmli bo’ladi.
Sof ayiruvchi sillogizmning formulasi quyidagicha:S-aVbVc
a-dVf S-dVfVbVc
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT