Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar va internetresurlari


O‘quvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda matnli masalalardan foydalanish usullari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#129786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar va internetresurlari

1.3 O‘quvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda matnli masalalardan foydalanish usullari


Matnli masalalar echish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish ularning programmada belgilab berilgan nazariy bilimlarini o`zlashtirish bilan birga o`qo`uvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Agar biz o`quvchilarda qo`shish haqida to`g’ri tushuncha shakillantirishni istasak, buning uchun bolalar yig’indisini topishga doir etarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to`plamlarni birlashtirish amalini bajarib echishlari zarur. Masalan: quyidagi masala berilgan.
Ahmadda 6 ta rangli va uchta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bo`lib nechta qalam bor?
Buni echish uchun oldin 6 ta cho`p oladilar va buning yoniga yana 3 ta cho`pni so`rib qo`yadilar, va hammasi bo`lib nechta cho`p bo`lganini sanaydilar. So`ngra masalani echish uchun 6 ga 3 ni qo`shish kerkligi va hosil bo`lgan 9 son bu ikki sonning yig’indini bo`lishni tushuntiradi. SHunga o`xshash masalalarni ko`plab echib bolalar qo`shish amali haqidagi tushunchalarni asta sekin egallab boradilar va uni umumlashtrish asosida qo`shish uchun ularni birga sanash kerakligini tushunalilar. Masalan: amalning noma‘lum kamponentini topishga doir masalani echayotib o`quvchilar arifmetik amallarning kamponentlari va natijalar orasidagi bog’lanishni ajratish va uni masalalar echishga qo`llashga harakat qiladilar.
Masalalarda aniq material bo`lib ular yordamida o`quvchilarda yangi bilimlar vujudga keladi hamda uni echish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga o`rganadilar. Bunga 1-sinf matematika kursidagi sodda masalalardan keltiramiz
1.Bir likopchada 8 ta, ikkinchi likopchada birinchidagidan 2 ta ortiq anor bor. Ikkinchi likopchada nechta anor bor?
1- likopchada 8 ta anor, 2-chisida 2 ta ortiq.
Echish: 8+2=10 ta.
Javob: Ikkinchi likopchada 10 ta anor bor.
2.Bir bidonda 10 l, ikkinchisida 3 l kam paxta yog’i bor. Ikkinchi bidonda necha litr paxta yog’i bor?
1-bidonda — 10 l
2-bidonda - ? -3 l kam.
Echish: 10-3=7l
Javob; Ikkinchi bidonda 7 litr paxta yog’i bor.
3.Maktab hovlisida 10 ta o`quvchi bo`lib, ulardan 4 nafari qiz bola.
Ularning nechtasi o`g’il bola.
O`g’il bola-? Jami- 10 ta.Qizlar-4 nafar Echish: 10-4=6 ta.
Javob: olti nafari o`g’il bola.
Mavjud bilimlar va finrlash qobiliyatlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlanib boradi. Masalalarni shakllantirishda aniq material bo`lgan holda nazariyani amaliyot bilan o`qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. O`quvchi masalalarni echayotganda ko`p matematik tushunchalar aniq hayotda odamlarning tajribasida o`z ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Masalalar echish orqali bilim va tajriba sohasida muhim bo`lgan ma‘lumotlar bilan tanishadilar. Masalan boshlang’ich sinflarda echiladigan ko`p masalalarning mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo`jaligi, texnika sport va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi. Masalalar echish jarayonining o`zi ma‘lum metodikada o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko`rsatadi, chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Masalan:o`quvchi istagan masalani echishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Echish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi, biror bir turdagi masalalarni ko`p marta echish natijasida o`quvchi bu turdagi masalalarda berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin