«Xulq-atvori og‘ishgan bolalar» ota-onalar uchun anketa



Yüklə 40 Kb.
tarix19.10.2022
ölçüsü40 Kb.
#65491
«Xulq-atvori og‘ishgan bolalar» ota-onalar uchun anketa (2)


«Xulq-atvori og‘ishgan bolalar» ota-onalar uchun anketa

Hurmatli ota-onalar!


Sizlardan quyida keltiriladigan ushbu anketa savollariga javob berishingizni so‘raymiz. Bolalarning xulqidagi o‘zgarishlar tez yuz beradi, ular hayotning har xil salbiy ta’sirlarini tez o‘zlashtirishlarini yaxshi bilasiz. Vaqt o‘tgan sari bunday xatti-harakatlarni oldini olish qiyinlashadi. Farzandlarimizning bunday baxtsiz holatlarga tushib qolishini oldini olish yaxshidir.
Sizlarni javoblaringiz bolalar va o‘smirlar xulqidagi og‘ishlarni sabablarini aniqlash, ularni oldini olish chora-tadbirlarini belgilashga yordam beradi. Bu esa farzandlaringizni baxtsizlikdan xalos etishga qo‘ygan qadamingiz bo‘ladi.
Marhamat qilib, savollarni o‘qib, ularga javob bering. Savollardan Sizga mos keladiganlarini aylana ichiga oling.
Sizga oldindan tashakkur bildiramiz.
1.Qaysi xulq-atvor shakllarini me’yordan chetga chiqish deb hisoblaysiz?
1. O‘quv muassasidagi xulq-atvor qoidalarini buzish (darslarni qoldirish, darslardan qochish, topshiriqlarni bajarishdan bo‘yin tovlash)
1) uydan qochib ketish
2) qo‘pollik
3) alkogol ichimlik iste’mol qilish
4) chekish
5) jinsiy hayotga erta qadam qo‘yish
7) bezorilik
8) boshqalarni jabrlash
9) o‘g‘irlik
10) bo‘ysunmaslik, kattalarni masxaralash
11) “jalb etuvchi” keyimlar kiyish, soch turmaklash,
12) taqinchoqlar taqish
13) tanni jarohatlovchi janjal qilish
14) narkotik iste’mol qilish
15) yana nima________________________________



  1. Ulardan qaysi birlari sizning bolalaringiz tengdoshlari orasida yoki sizni farzandingizda keng tarqalgan deb hisoblaysiz (birinchi savoldagi mos keluvchi raqamlarni sanab o‘ting)________________________________

  2. Siz farzandingiz uchun kuniga qancha vaqt sarflaysiz?




  1. bir soatdan ortiq emas

  2. 2-3 soat

  3. 4-5 soat

  4. 6-8 soat

  5. 8 soatdan ortiqroq

  6. javob berishga qiynalaman.

  1. Sizning farzandingiz o‘qishdan bo‘sh vaqtida nima bilan mashg‘ul?___________________________________



5.Siz, xulq-atvorda og‘ishning asosiy sababi nima deb o‘ylaysiz?
1) kuchli taassurot qoldirishga intilish
2) bolaning kasallanishi
3) bolada qo‘zg‘alishning ortib ketishi, o‘zini nazorat qila olmaslik
4) oiladagi noqulay vaziyatlar
5) mustaqillik va erkinlikka intilish
6) murakkab pedagogik vaziyatlarni hal etishda ota-onalarning bilimini yetishmasligi
7) o‘qishdan orqada qolish
8) tengdoshlari tomonidan ehtiyotsizlik
9) kattalarni bolalardagi qiyinchiliklarini tushunmaslik
10) bolaning o‘ziga ishonchning yetishmasligi
11) bolalar qobiliyatini kattalar tomonidan salbiy baholanishi
12) hayotda har xil stressli holatlarni kechirish
13) bolaning hayotida ijtimoiy-iqtisodiy zo‘riqishlarning uchraganligi
14) zo‘rlash, qattiqqo‘llik, jazolamaslik
15) ota-onalarning hatdan ortiq bandligi
16) ota-onalar bilan nizoga borganlik
17) ota-onalar tomonidan (pedagoglar) cheklashlarning ko‘pligi
18) oiladagi janjallar
19) yana nima__________
6.Farzandingiz xulq-atvorida o‘zgarish bo‘lgan hollarda qaysi mutaxassislarga murojaat qilgansiz?

  1. sinf rahbari

  2. maktab psixologi

  3. ijtimoiy pedagog

  4. psixoterapevt

  5. voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi inspektor

  6. shifokor

  7. mustaqil tuzatganman

  8. yana kimga______________________

  9. javob berishga qiynalaman

7. Sizni farzandingiz tarbiyasi qiyin bolalar davrasiga tushib qolishidan xavfsiraysizmi?

  1. ha

  2. yo‘q

  3. javob berishga qiynalaman

O‘zingiz to‘g‘ringizda bir nechta ma’lumot bersangiz:
Yoshingiz_______________________
Ma’lumotingiz________________
Kasbingiz yoki mashg‘ulotingiz_______________________
Yashash manzilingiz______________________________
Oilangizda nechta farzand bor_______________________
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin