2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish
Zamonaviy iqtisodiy dunyo - bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana Shu qoida о‘ziga xos aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham inkor etilmasligi kerak. Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning “absolYut monarxiya”si mavjud emas va Shubhasiz, hyech qachon bо‘lmaydi ham. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’yektiv bо‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi Shuningdyek, bozor institutlari “nomyenklatura”sining kengayishi, ular о‘rtasidagi aloqalarning murakkablaShuvi, yangi tizimlarning (evolYusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bо‘lmaydi. Sosial-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:
hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy ryejimni (tartibni) о‘rnatish va qо‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak);
barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) о‘zgarishlarni rag’batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valYutaning kursini qо‘llab-quvvatlashi lozim);
resurslarning sosial yо‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bо‘ladigan, Lekin u bilan xususiy syektor Shug’ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pyensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksasiya qilingan) daromadlarning indyeksasiyasini amalga oshirishi zarur).
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka – mamlakat milliy boyligining katta qismiga – ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buYumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalari, muzyeylar, qо‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va h.k.) mavjud bо‘lib, о‘zining mо‘ljallanganligiga kо‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “tо‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kyelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va aksincha, u kо‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar komplyeksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat Moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bо‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qо‘shilib kyetishi, о‘z о‘lchami bо‘yicha turlicha bо‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, ryezyerv, valYuta, sug’urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - mamlakat ichida va xorijda Shu yilning о‘zida yaratilgan qо‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha qismini о‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xо‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, sosial sohani ta’minlash, zaruriy ryezyervlarni yaratish, milliy xavsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi.
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YAIMning о‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potyensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir kо‘rsatish zamonaviy davlat Moliyasi miqdoriy xarakteristikasining о‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, Shuningdyek о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar Moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tyegishli raqamlar YAIMga nisbatan 11-17% atrofida tyebranadi va aynan Shu raqamlarning о‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralaShuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tyendyensiyalari tо‘g’risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz Yuqoriga о‘sib boruvchi tо‘g’ri chiziq sifatida qaralmaydi. CHunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib о‘tishi”ning о‘ziga xos bо‘lgan iqtisodiy chyegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tyegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yо‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yо‘naltirmoqda.
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kyelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallyel ravishda davlatning Moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tyegishli iqtisodiy “chyegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli sosial-iqtisodiy jarayonlarda Moliyaning rolini (Moliyaviy tartibga solishning rolini) tо‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat xarajatlari davlat Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq kо‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi Moliya tizimi faoliyatining natijalarini о‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida о‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yо‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat Moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir nyecha belgilar bо‘yicha klassifikasiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bо‘lsa, u holda davlat pul mablag’lari oqimlarining boshqa nye’matlarga о‘ziga xos tarzda transformasiyalaShuvi sodir bо‘ladi va Shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformasion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
davlat istye’moli (davlat syektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun tо‘lovlar, ishlab chiqarishni dotasiyalashtirish; davlat qarziga xizmat kо‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va Shu yerda kо‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
davlat investisiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining о‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralari va ryezyerlarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).
Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformasion xarajatlar nodavlat syektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita о‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning о‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pyensiyalarni (yosh bо‘yicha, nogironlik, boquvchisini yо‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yо‘qotganda, ishsizlik bо‘yicha) tо‘lashga yо‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag’larni berishning о‘ziga xos - transfyert – tarzda berilishi sodir bо‘lib, bunda mablag’lar soliq tо‘lovchilardan Shu tо‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchraShuvchan xizmatlarning taqdim etilishi, bu yerda, sodir bо‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar istye’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfyert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari о‘rtasida taqsimlanishini о‘zgartiradi (korryektirovka qiladi).
Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat istye’moli va transfyertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investisiyalari) bо‘linadiki, bunday bо‘linish takror ishlab chiqarish paramyetrlari dinamikasiga Moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdyek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investisiyalar) xizmat qilishi mezoni bо‘yicha ham klassifikasiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni istye’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan о‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (sosial, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning о‘zi tizimlashtirilgan kо‘rinishda yо‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning sosial funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikasiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pyensiya va nafaqalar olishga tyegishli sharoitlarni yaratadi. Sosial munosabatlarning barqarorligini qо‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir kо‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
sosial subsidiya oluvchilar aholining moddiy nye’matlar istye’moli qismiga nisbatan barqaror tо‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;
sosial-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda kо‘p syegmyentlarida talab va taklif о‘rtasidagi muvozanatga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi;
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sosial ta’minot ob’yektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotasiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish matyeriallariga bо‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bо‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bо‘lgan pryedmyetlar uchun talabni oshiradi.
Bundan tashqari, davlatning sosial-madaniy tadbirlar xarajatlari bu о‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investisiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qо‘llab-quvvatlashning stratyegik chorasi ekanligi ham yaqqol kо‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bо‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’Yunkturasini keskin о‘zgaradi. YUqorida sanab о‘tilgan xarajatlar hajmining о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) investisiyalarning о‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yо‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bо‘lib hisoblanishi mumkin. Tyeskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining Yuqoriligida, Shuningdyek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning о‘sishiga olib kyeladiki, ular oxir oqibatda, qutilib bо‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlar(i)ni vujudga kyeltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda kо‘p, masalan, о‘tgan asrning 70-80-yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya, 1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bо‘lgan Moliyaviy tanazzul va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag’larining sarf etilishi, Shubhasiz, davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizasiya qilinishini (tо‘planishini) taqoza etadi. Qо‘shilgan qiymatni Moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki bosqichida davlat daromadlari – YAIM va MDning bir qismini qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bо‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |