O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
IQTISODIYOT YUNALISHI
3-БОСҚИЧ 8-IQ-S-20 GURUH TALABASI
XURRAMOV SHAXZODBEKNING
MOLIYA VA SOLIQLAR FANIDAN
MAVZU: MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
MUSTAQIL ISH
QABUL QILDI: _____________________
DENOV 2023
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
Reja:
Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
Sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash
Har qanday sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri Rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, Rejalashtirish istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tuShunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham Rejalashtirish amaliyotda Rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga Moliyaviy Rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bо‘lgan Moliyaviy resurslar va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida (qо‘lida) qolgan daromadlar о‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xо‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bо‘yicha daromadlarning soliq tо‘languncha va soliq tо‘langandan kyeyingi о‘lchamlari (miqdorlari) о‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana Shu nisbatni kо‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qо‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy kо‘rinishda, Moliyaviy Rejalashtirish deyilganda Moliyaviy Rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy Rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi Moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va о‘zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tyez-tyez foydalaniladigan Rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modyelini ishlab chiqish va Shu asosda Moliyaviy kо‘rsatkichlarning Rejali tizimini aniqlashni, Moliyaviy Rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat kо‘rsatishi Moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy Rejalashtirish” tuShunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
taraqqiyotning asosiy tyendyensiyalarini aniqlash va Moliyaviy tahlil qilish;
jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bо‘sh turgan mablag’larni joylashtirish myenyejmyenti;
firma ichidagi Moliyaviy natijalar va pullarni Rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
investision myenyejmyent;
kapitallar myenyejmyenti;
faoliyatning boshqa kо‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish, investision va Moliyaviy faoliyatlarni kerakli bо‘lgan Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
pul mablag’laridan iqtisod qilib, tyejab-tyergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bо‘yicha ichki ryezyervlarni qidirib topish;
kapitalni samarali joylashtirish yо‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
kontragentlar bilan optimal Moliyaviy munosabatlarni о‘rnatish;
korxonaning Moliyaviy ahvoli, tо‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat о‘rnatish.
Bozor munosabatlariga о‘tilganiga qadar Moliyaviy Rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof opyerativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bо‘lgan korxonalarning byesh yillik Moliyaviy Rejalaridagi kо‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mо‘ljallangan Rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik Moliyaviy Rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona Moliyaviy xizmatlarining obrо‘yiga obrо‘ qо‘shmas, chunki ularga hyech narsa bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida Moliyaviy xizmatlarning roli tubdan о‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning о‘zida, Shu rivojlanishning yо‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi Moliyaviy Rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan kо‘zda tutishgina (kо‘ra bilishgina) emas. Bu tyegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida Yuzaga chiqishi mumkin bо‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni kо‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt о‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana Shu risklarni samarali oldindan kо‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy Rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy myetodlardan foydalanish mumkin:
iqtisodiy tahlil myetodi;
normativ myetod;
balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari myetodi;
kо‘p variantlilik myetodi;
iqtisodiy-matyematik modyellashtirish myetodi;
va boshqa myetodlar.
Moliyaviy Rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish mumkin:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatining Moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
opyerativ Rejalarning о‘zgarishi asosida Moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
о‘z Reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy resurslarga bо‘lgan konkryet ehtiyojlarini aniqlash;
Moliyalashtirish manbalari (Shu jumladan, о‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qо‘llab-quvvatlash);
shakllantirilgan Rejalarni opyerativ о‘zgartirish tartibini (prosyedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy Rejalashtirishning ikki turi bо‘lishi mumkin:
stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish;
joriy Moliyaviy Rejalashtirish.
Stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish о‘z ifodasini stratyegik Moliyaviy Rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan xо‘jalik Yuritish sub’yekti Moliyaviy taraqqiyotining kо‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Stratyegik Moliyaviy Reja, hyech bо‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning о‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
о‘z kuchiga ishongan holda xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yо‘q bо‘lsa, Moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt pul mablag’lari tuShumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investisiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
О‘z navbatida, joriy Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish, investision, markyeting, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizasiya qilish tannarxini Rejalashtirish;
pul oqimlarini Rejalashtirish;
butun xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt doirasida foydani Rejalashtirish (bashoratlash);
investisiyalarning daromadliligini Rejalashtirish.
Moliyaviy Rejalashtirish mamlakat milliy xо‘jaligini Rejalashtirishning tarkibiy qismi bо‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish Rejasining kо‘rsatkichlariga tayanadi, Moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yо‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bug’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni о‘zida aks ettiruvchi Moliyaviy Rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va myetodlarining о‘ziga xosligi;
Moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bо‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy Rejalashtirishning bosh ob’yekti Rejada о‘zining miqdoriy ifodasini oladigan Moliyaning bug’inlari (Moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkryet pul fondlari mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tyegishli Moliyaviy Rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy Rejalar tizimining markazini byudjet Rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va myetodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi о‘zining miqdoriy ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pyensiya fondi, Sotsial sug’urta fondi, Majburiy tibbiyot sug’urtasi fondi, Yо‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning Moliyaviy Rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida о‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida Yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug’urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda о‘rnatiladi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yо‘qotmalarni tiklash uchun kerak bо‘ladi. Barcha hо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham Rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi Moliyaviy Rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yо‘nalishidagi) mablag’larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan kо‘rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta tо‘lanmalari summasini tо‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning Rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy Rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar, Moliyaviy balanslar va Shuningdyek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |