Xursandova Anora Boshlang’ich sinf o’quvchilarida grammatik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish r е j а


Fe’l so’z turkumini o’rganishda morfologik tahlil



Yüklə 110,34 Kb.
səhifə17/20
tarix03.05.2023
ölçüsü110,34 Kb.
#106711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
41604012e50a3e71092c04e432819799 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida grammatik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish

2.4. Fe’l so’z turkumini o’rganishda morfologik tahlil
Morfologik materiallar boshlang`ich sinflarda ancha keng o`rganiladi. To`rt yil o`qish davomida o`quvchilar so`z va uning ma`nolari, so`z shakli, so`zning morfologik tarkibi yuzasidan bir muncha bilimga ega bo`ladi.So`z turkumlari, uning asosiy, qo`shimcha va o`ziga xos belgisi ustida nazariy hamda ko`proq amaliy bilimlar oladi.
Boshlang`ich sinf ona tili o`quv dasturlari o`quvchilarning xususiyatlarini ularning yilma-yil aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan o`sib borishini hisobga olgan holda bosqichli ketma-ketlik tamoyili asosida tuzilgan. Shunga asosan har bir mavzuning o`quvchilar tomonidan oson o`zlashtirib olinadigan qismi quyi sinflarda murakkabroq qismi keyingi sinflarda o`rganiladi. Ba`zi so`z turkumlari boshlang`ich ta`limning hamma sinflarida o`rganiladi. Dastlab uning asosiy belgisi- narsa-buyum nomini, belgisini, sanog`ini va harakatini bildirishi o`rganiladi, o`quvchining shu olgan bilimlari asosida qanday so`roqqa javob bo`lishi singari qo`shimcha belgisi ham o`zlashtirilib olinadi.O`quvchilar sinfdan-sinfga o`tib ulg`ayib borishi bilan so`z turkumlarining o`ziga xos belgisi ham o`rganilib boriladi.O`quv materialining bunday o`rganilishi bir sinfda egallangan bilimlarning keyingi sinflarda yana takrorlanishini taqozo etadi.
O`quvchiga beriladigan bilim bolalarning ilgarigi sinflarda olgan bilimlari asosiga quriladi. Bu o`quvchining ilgari olgan bilimiga tayanib xilma-xil grammatik o`yinlarni uyushtirish imkonini beradi.Chunki mavzu yuzasidan ma`lum darajada bilim va ko`nikmalar bo`lgandagina uyushtiriladigan grammatik o`yinda o`quvchining faol qatnashishiga imkon yaratiladi. Yana bir tomoni o`quvchi o`zida bor bilimlar asosida mashg`ulotga ijodiy yondashadi, faoliyat ko`rsatadi4.
Morfologiyada o`quvchilar har bir grammatik xodisaning o`xshash va farqli tomonlarini o`rganishadi. Ularni taqqoslash orqali turli grammatik o`yinlar uyushtirish mumkin. Bunday mashg`ulotni morfologiyani o`rganishga bag`ishlangan har bir darsda ham qo`llash mumkin. Masalan atoqli otlarni o`tganda uni turdosh ot bilan, kelishik qo`shimchalarni o`tganda ularni o`zaro taqqoslash mumkin bo`lsa, ot yasovchi qo`shimchalarni o`rganganda bir-biriga yaqin bo`lgan ikki so`z yasovchi qo`shimcha yordamida grammatik o`yin uyushtirish mumkin.
Boshlang`ich sinflarda morfologiya o`rnida so`z atamasi ishlatiladi.O`quvchilar leksikologiya va so`z yasashga oid bilimlarni ham so`z bo`limida o`rganishadi, shu tufayli biz ham tilshunoslikning yuqoridagi bo`limlariga oid o`yinlarni morfologik o`yinlar majmuasida berishni lozim deb bildik.

Begona so`zni top” o`yini


Ushbu o`yin so`zning lug`aviy ma`nosiga e`tibor berishga undaydi. O`quvchining xotirasini mustahkamlaydi. Tez o`ylab, tez javob berishga odatlantiradi.Uni har xil mavzularda o`tkazish mumkin.Bunday o`yinni o`tkazganda bir xil umumiylikka ega bo`lgan so`zlar tanlanadi.
1. Toshkent, Andijon, Qarshi, Termiz, Boku. (Begona so`z Boku. Hamma shaharlar O`zbekistonda, Boku esa mamlakatimizdan tashqarida joylashgan).
2. Oybek, Hamid Olimjon, Bobur, Gafur G`ulom, Komil Yashin. (Begona so`z-Bobur. Hammalari XX asrda yashab ijod etgan, Bobur esa mumtoz adabiyot vakili).
4. Sh.Yoqubov., D.Yoqubova.Grammatik o`yinlar.Termiz 2009 yil.
3. Avtobus, mashina, traktor, samolyot, mototsikl (Samolyot-begona so`z. Boshqalari yerda yuradi. Samolyot esa ko`kka parvoz qiladi).
4. Ot, sifat, son, olmosh, kesim, fe`l. (kesim so`zi begona. Hamma so`zlar so`z turkumlarini bildiradi. Kesim so`zi gap bo`lagidir).

So`zning o`rnini top” o`yini


Atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi haqidagi o`rganilgan qoidalarni mustahkamlash maqsadida ushbu o`yin o`tkaziladi. O`yin orqali kishilarning ismi va familiyasi, o`rin-joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi mustahkamlanadi. O`yinni o`tkazish oldidan o`quvchilarga kartochkalar beriladi.
Kartochkalarda she`riy parcha yoki gap yozilishi mumkin.Maskur matndagi bosh harflar bilan yoziladigan so`zlar tushirib qoldiriladi.
O`quvchiga yana ikkinchi kartochka beriladi. Unda tushurib qoldirilgan so`zlar yozilgan. O`quvchi tushurib qoldirilgan so`zlarni gapning mazmuniga qarab nuqtalar o`rniga qo`yishi va o`qishi kerak.Tushirib qoldirilgan so`zni tog`ri qo`yib o`qigan bola o`yin g`olibi hisoblanadi.



Yüklə 110,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin