Xusanov kamol mutalib oʻGʻlining “Matematika o’qitish metodikasi ” fanidan


Masofa, tezlikni o’rgatish metodikasi



Yüklə 209,18 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü209,18 Kb.
#39995
1   2   3   4   5   6   7
Matematika o'qitish metodikasi 3-t

5. Masofa, tezlikni o’rgatish metodikasi.

100 ichida nomerlash o'rganilayotganda yangi chiziqli birlik - metr o'rganiladi. Bu o'lchov bilan tanishtirishning yetarlicha ma'lum bo'lgan usuli ushbudan iborat. O'qituvchi sinfga bunday savol bilan murojaat qiladi: sinf xonasining bo'yi va enini santimetr yoki detsimetr modeli bilan o'lchash qulaymi? Nega noqulay? U bunday xollarda yirikroq chiziqli birlikdan foydalaniladi, buni metr deb ataladi, deydi. O'qituvchi bir metrli yog'och chizg'ichni ko'rsatadi va bu chizg'ich metrning modeli ekanini aytadi. Metr bilan tanishtirishda bolalarga bir metrli yog'och chizg'ichni ko'rsatibgina qolmay, u bilan qanday o'lchashni ko'rsatishni, bunda bolalarning o'zlari sinfning, doskaning, eshikning va xokazolarning eni va bo'yini mustaqil topa oladigan bo'lishi muhimdir. Buning uchun ularning har birida o'zlari (mehnat darsida) yasagan bir metrli qog'oz lineyka bo'lishi kerak. Metrning modelini hosil qilish uchun o'quvchilar o'qituvchi boshchiligida uzunligi 10 dm bulgan qog'oz lenta oladilar va detsimetrlarga bo'ladilar. Detsimetrga teng bo'limlar chiziqchalar bilan belgilanadi. Bu chiziqchalar bo'yicha poloska buklanadi va «garmoshka» qilib taxlab qo'yiladi. Yig'ma qog'oz metr hosil bo'ladi. Shundan keyin o'quvchilarga ushbu ma'lumotlarni aytish foydali: Qo'llar ikki yon tomonga cho'zib turilganda bir qo'lning panjasidan boshqa qo'l tirsagigacha bo'lgan masofa bir metrga teng; poldan 8-9 yoshdagi o'quvchining ko'kragicha bo'lgan masofa bir metrga teng. Shundan keyin ish santimetr va detsimetrlar bilan tanishtirilgandagidek davom ettiriladi. Bunda ushbu ko'rinishdagi mashqlar o'rinli bo'ladi: metrning qog'oz modeli yordamida uzunligi 3 m (4 m) bo'lgan kanop (lenta va h. k.) o'lchang, sinf polining plintusiga ko'ra uning bo'yini toping, bunda har bir o'lchashdan keyin bo'r bilan belgi qo'ying.

Bu ish o'quvchilarni qiziqtirishi uchun metr bilan o'lchamlarni ko'zda chamalab o'lchashga oid mashqlar bilan qo'shib olib borish kerak. Bolalar berilgan masofani ko'zda chamalab o'lchaydilar, so'ngra haqiqatda masofa qanchaligini metrda o'lchab ko'radilar. Shu yo'l bilan bolalar masofani ko'zda chamalash malakasinigina egallab qolmay, balki metr bilan o'lchash bo'yicha ham mashq qiladilar.

II sinfda uzunlik o'lchov birliklari bilan tanishish davom ettiriladi: bolalar millimetr bilan, keyinroq esa kilometr bilan tanishadilar. O'quvchilarni millimetr bilan tanishtirish o'quvchilarni uzunlik o'lchovlari bilan, tanishtirish ishining eng qiyin qismidir. Tanishtirishni santimetrga qaraganda ancha mayda bo'lgan yangi o'lchov birligini kiritish amaliyotning talabi ekanini ko'rsatishdan boshlash kerak. Buni o'quvchilarga santimetrlarga bo'lingan qog'oz poloskalar yordamida oldindan qog'oz varaqlariga chizilgan, masalan, uzunliklari 8 sm 7 mm va 9 sm 2 mm bo'lgan kesmalarni o'lchashni taklif qilib amalga oshirish mumkin. Kesmalar tagma-tag chizilgan bo'lib, bir xil emasligi yaxshi ko'rinib turadi. Buning ustiga santimetrlarda hisoblangan uzunlik bir sonning o'zi bilan ifodalanadi, bu son taxminan 9 ga teng (bunda o'quvchilar hali millimetr bilan tanishmagan bo'lishadi). Bundan ushbu xulosa chiqariladi: aniqroq o'lchashlar uchun santimetrga qaraganda kichikroq o'lchov zarur.

Eng muhim narsa shuki, o'quvchilar sanash vaqtida ko'zni to'g'ri joylashtirish malakasini egallab olishlari kerak. Nol belgili nuqtani kesma oxiri bilan ustma-ust tushirishda va millimetrli bo'linishlarni hisobga olishda parallaks hodisasi ta'sirini yo'qotish uchun ko'z bilan shunday qarash kerakki, u holda ham, bu holda ham ko'zni o'lchanayotgan kesmaga shu kesma oxiridan o'tkazilgan perpendikulyarga tikib turish kerak. Bu ishning muhim va tushuntirish uchun qiyin bo'lgan elementidir. Buning qanchalik muhim ekanini shundan ham bilsa bo'ladiki, millimetrli chizg'ichlar bilan o'lchashda ko'zning perpendikulyardan 5 sm gina chetlashishi 0,6 mm xatoga yo'l qo'yishga sabab bo'ladi. Tushuntirish qiyinligi shundan iboratki, o'quvchilar hali perpendikulyar tushunchasi bilan tanishmagan bo'ladilar. Shu sababli o'qituvchi bir muncha «xiraroq», tarqoq ko'rsatmalar berishga to'g'ri keladi. Masalan, «kesma oxiriga qarayotgan ko'zingizni shu nuqta ustiga aniq tiking»,

Uzunlik o'lchovining yangi birligi — kilometr bilan tanishtirilayotganda uzunlik o'lchovining bu birligi haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o'tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o'quvchilar o'qituvchi boshchiligida 1 km ga (500 m ga teng) masofani o'tishlari va bu masofani qancha vaqtda o'tganliklarini aniqlashlari foydalidir. O'tilgan masofani yo qadamlar bilan (taxminan 2 qadam 1 m ga teng), yoki ruletka, yoki o'lchov lentasi bilan o'lchaydilar. Yo'l-yo'lakay o'quvchilar ba'zi masofalarni ko'zda chamalashni mashq qiladilar.

Uzunlik, hajm haqidagi tasavvurlarni shakllantirayotganda biz asosan ko’rish hissiga tayanamiz. Massa tushunchasini shakllantirishda «barik» xisga (grekcha «baros» — og’irlik) tayaniladi. Istalgan jism Yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni tarangdaydi. Kaftga, gavdaga boriladigan bunday bosim ana shu «barik» hisni beradi. Barik bosim miqdori massaga to’g’ri proportsional. Jism massasi qancha katta bo’lsa, og’irlik hissi shuncha katga bo’ladi. Og’irlik kuchining massaga proportsionalligi sababli, ko’pincha bu ikki tushuncha: massa va og’irlik chalkashtirib yuriladi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga «og’irlik» atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir.

Og’irlik — vektor miqdor. Og’irlik — bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq. Agar tayanch vertikal yo’nalishda tezlanish bilan harakatlansa, u holda jism zo’riqish yoki vaznsizlik holatida bo’lishi mumkin. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq. Og’irlik prujinali dinamometr bilan o’lchanadi. Og’irlikning o’lchov birligi — nyuton.

Massa — skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning o’zgarish o’lchovi sifatida ochib beradi. Massa richagli tarozilarda o’lchanadi. Massaning o’lchov birligi kilogrammdir.

Massani Yerga tortilish qobiliyati bo’yicha qabul qilish o’rganishga eng osondir.

Boshlang’ich maktabda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli «og’irlik», og’irligini «tortish», «og’irlik toshlari», «og’irligini tenglashtirish» so’zlarini iloji boricha ishlatmay, «massa», jismlarning massasini o’lchash», «massani o’lchash uchun asbob», «massa o’lchagich» so’zlaridan foydalanish kerak.

Narsalarni massasi bo’yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni «og’ir», «yengil» so’zlari bilan belgilash qobiliyati bolalarda amaliy turmush asosida bu vaqtga kelib paydo bo’lgan. Bundan buyon bu mavzuni o’rganishdan maqsad massa haqida aniq tasavvurni shakllantirish, bolalarni massa birliklari (kg, g, ts, t) bilan tanishtirishdan iborat.

«Kilogramm» mavzusi bo’yicha dars parchasi bilan tanishaylik.

I. Tayyorgarlik ishi. O’qituvchi stolida turli rangli va o’lchamli ikkita kub qo’yilgan. Suhbat asosida: rang, shakli, o’lchamlari tushunchalari yodga tushiriladi, jismlarning qaysi xossalarini taqqoslash mumkinligi aniqlanadi.

O’qituvchi: Bu kub. U qanday? (Qizil.) Bu kub-chi? (Sariq.) «Qizil»u «Sariq» so’zlari bilan biz qanday xossani atagan edik? (Rangni.) Bu kublar haqida yana nimani so’rash mumkin? (Qaysi biri katta, qaysinisi kichiq?) «Katta», «kichik» so’zlari bilan biz qaysi xossani so’ramoqdamiz? (Hajmni.) Kublarning rangini bunday savol qo’yib solishtirish mumkinmi: «qaysi kub qizilroq, qaysinisi sariqroq»? (Bolalar kulishadi (yo’q).)

O’qituvchi: bu kvadrat, bu esa doira. Ulaming rangi qanaqa? (Bir xil.) Ulaming shakli qanaqa? (Har xil). Narsaning shaklini taqqoslash mumkinmi? (Yo’q, biz shaklni faqat ataymiz.)

Shunday qilib, biz faqat ataydigan xossalar bor, bu shakl va rangdir. Taqqoslash mumkin bo’lgan xossalar bor, bu o’lchamlardir. Agar xossalarni taqqoslash mumkin bo’lsa, demak, ularni o’lchash mumkin, ya’ni miqdori haqida gapirish mumkin. Narsalarning o’lchamlarini o’lchaydigan qaysi miqdorlarni Siz bilasiz? (bo’yi, eni, yo’g’onligi va hokazo)

II. «Massa» so’zini kiritish. O’qituvchi. Mana bu kubchalarga qarang, ular qanaqa? (Bir xil.) Bir xil xossalarini aytib bering (ulaming shakli bir xil, o’lchamlari bir xil, ranglari bir xil). To’g’ri, qani eshitaylik-chi, mana bu kubchalarni Diloram bir xil deb aytarmikan? (O’quvchi qo’liga kubchalarni oladi va bunday deydi: ular har xil, biri ikkinchisidan og’ir».)


  1. Massa birligi quyidagi muammoli vaziyat yordamida kiritiladi. Stolda uchta narsa turibdi: 1 kg lik tosh, toshdan kam farq qiladigan qog’oz xalta (980 g) va 1010 g massali boshqa qog’oz xalta.


O’qituvchi: O’lchamasdan mana bu savollarga qanday javob berish mumkin: qaysi narsaning massasi ortiq va qaysi narsa eng og’ir?

Javob berish qiyin, bolalarning fikrlari bo’linadi. O’qituvchi javobni o’lchash yo’li bilan topishni taklif qiladi. O’lchov sifatida birinchi xaltani olamiz. Tosh birinchi xaltadan og’irroq, ikkinchi xalta ham birinchi xaltadan og’irroq. Bizning o’lchamlarimiz natijasida tosh og’irmi yoki ikkinchi xalta og’irroqmi degan savolga javob berish mumkinmi? Yo’q, chunki tosh ham, ikkinchi xalta ham birinchi xaltadan og’irroq. Demak, o’lchovimiz muvaffaqiyatsiz tanlandi.

O’lchov sifatida ikkinchi xaltani olamiz. Vaziyat o’sha birinchi vaziyatga o’xshash bo’lib chiqdi (birinchi xalta va toshning ikkalasi ham ikkinchi xaltadan yengilroq chiqdi). O’lchov sifatida toshni olamiz. Birinchi xalta toshdan yengil, ikkinchi xalta toshdan og’ir. Endi biz qo’yilgan savollarga javob bera olamiz: birinchi xaltaning massasi eng kichik, ikkinchi xaltaning massasi eng og’ir. Siz bilan biz massaning o’lchov birligi sifatida qabul qilgan toshning massasi 1 kilogramm (1 kg) deb ataladi. Bolalarda 1 kg ni his qilishni shakllantirish kerak.

O’qituvchi 3 ta maktab darsligining og’irligi 1 kg ekanligini o’lchash bilan ko’rsatadi. So’ngra o’quvchilar o’ng qo’llariga, darsliklarini qo’yib, buni his qilishni eslab qoladilar. O’qituvchi do’kondan ko’p narsalarni 1 kg dan qilib joylashlarini aytib beradi (shakar, konfetlar va hokazo).

(VI. Amaliy ish. Narsalarning massalarini 1 kg, 2 kg, 5 kg lik toshlar bilan o’lchash (toshlarni va o’lchov asbobini o’qituvchi maktab fizika kabinetidan

oladi). Asbobning bir pallasiga 1 kg massali tosh (massasi aytiladi) va ikkinchi pallasiga massasi 2 kg bo’lgan taxtacha qo’yiladi (massasi aytilmaydi).

O’qituvchi: «taxtachaning massasi haqida nima deyish mumkin ( u 1 kg lik dan og’ir). Toshli pallaga yana 1 kg lik tosh qo’yamiz. «O’rdakchalar bir xil satxda joylashishdi, Endi taxtakachning massasi haqida nima deyish mumkin? (Uning massasi 2 kg.)

O’qituvchi 2 kg massali yangi toshni ko’rsatadi. Taxtachaning massasini yangi tosh bilan o’lchaydi. Keyin o’quvchilar 5 kg lik yangi toshlar bilan tanishtiriladi, turli toshlar yordamida turli narsalarning massalari o’lchanadi (narsalar oldindan tayyorlab qo’yilgan).

Xulosa: massa kilogrammlar bilan o’lchanadi. 1 kg bu massaning o’lchov birligi.

Amaliy ishlarni keyingi darslarda, massa o’lchagichning sxematik tasviri va 1 kg, 2 kg, 5 kg kartochkalardan foydalanib davom ettirish mumkin bo’lgan topshiriqlar rasmlar yordamida beriladi.

Unli xaltaning massasini toping. Portfelning massasini toping. Tarvuzning massasini toping. Qovunning massasini toping. Qaysi toshni qo’yish kerak? O’rdakning massasi qancha?

Bunga o’xshash topshiriqlarni va darslikda berilgan sodda masalalarni yechib, bunday xulosaga kelamiz: massa birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirishni sonlami qo’shish va ayirish kabi bajaramiz, biroq natijada yana shu miqdorni hosil qilamiz.

  1. gramm, 1 tonna va 1 sentner massa birliklari mos ravishda III va IV sinflarda kiritiladi. Bu vaqtga kelib, bolalar massani kilogrammlarda o’lchash jarayonini yaxshi o’zlashtirib olganlar. Yangi o’lchov birligini kiritish zarurligini asoslash kerak.


Buni «Gramm» mavzusi bo’yicha darsda mana bunday amalga oshirish mumkin. Jismlarning massa — og’ir, yengil so’zlari bilan tavsiflanadigan xossalarini takrorlash va massa o’lchagich yordamida bir necha jismlarning massalari o’lchangandan so’ng, o’qituvchi 1 kg dan ortiq lekin 2 kg dan kam jismning massasini o’lchaydi. Chapdagi pallaga narsa qo’yiladi, o’ngdagi pallaga esa 1 kg lik tosh qo’yiladi. Narsaning massasi ortiqmi yoki toshning massasi ortiqmi? Nega? (Narsaning massasi, u toshni «bosib ketdi».) 1 kg lik toshga yana 1 kg lik tosh qo’shiladi. Endi narsaning massasi haqida nima deyish mumkin? (Narsaning massasi 1 kg dan og’ir, lekin 2 kg dan yengil.) Bu bilan narsaning massasi aniq o’lchandimi? (Yo’q, taxminan.) Narsaning massasini aniq o’lchash uchun yana nima zarur? (Yanada kichikroq massa o’lchoviga ega bo’lish zarur.) O’qituvchi toshlar to’plamidan pintset bilan 1 grammlik toshchani oladi. Bolalar uni zavq bilan tomosha qiladilar.

O’qituvchi: Bu gramm. Juda mayda narsa 1 gramm massaga ega. Biz kichik narsalarning massasini mana bu asbob bilan o’lchaymiz. (Fizika laboratoriyasidan richagli tarozni yoki dorixona tarozisini ko’rsatadi.) Unda ham bizga tanish bo’lgan massa o’lchagichdagi kabi taxtachasi bor va u shayin deb ataladi, yangi strelkasi ham bor. Strelka tik yuqoriga joylashganida chap palladagi narsaning massasi o’ng palladagi toshlar massasiga teng. Chap pallaga 1 tiyinlik tanga, o’ng pallaga 1 g lik tosh qo’yamiz. Xulosa chiqaring. (Strelka tik yuqoriga qarab turibdi, 1 tiyinlik tanganing massasi 1 g ga teng.) Endi chap pallaga 2 tiyinlik tangani, o’ng pallaga esa 1 g lik toshni va 1 tiyinlik tangani qo’yamiz. Xulosa chiqaring (2 tiyinlik tanganing massasi 2 grammga teng). 3 tiyinlik, 5 tiyinlik tangalarning massasi ham shunga o’xshash tekshiriladi. Bolalar darsga tangalar olib kelishgan. O’lardan 7 g, 8 g, 4 g lik to’plamlar tuzish bo’yicha amaliy ish o’tkaziladi.

Bolalar o’xshashlik bo’yicha o’ylashni davom ettirib, 10 tiyinlik tanga 10 g massaga ega, 20 tiyinlik tanga 20 g massaga ega deb gapiradilar. Bu xulosani shu tangalarning massalarini o’lchash bilan rad etish kerak.

Navbatdagi darsda bolalar siferblatli tarozi bilan tanishadilar, shkalasini ko’rib chiqadilar. Shkaladagi bo’linmalarni sanashni va uning ko’rsatishlarini o’qishni o’rganadilar, ularda massalarni o’lchashni o’zlashtiradilar.

Yaqindagi oziq-ovqat magaziniga tashrif buyurish va massalarni o’lchash jarayonini kuzatish, asbob qanday sozlanishini ko’rish, 1 kg dan ortiq yuklarni qanday o’lchashlarini, toshlarni qanday qo’yilishlarini (katta tosh, keyin kichik tosh) ko’rish foydalidir. Shkalaning ko’rsatishlarini o’qiyotganda unga yon tomondan emas, balki to’g’risidan qarash qanchalik muhimligiga bolalarning e’tiborlarini qaratish lozim. O’qituvchi bolalarning e’tiborini hozirgi zamon elektron asbobiga ham qaratadi, u massani va tovarning bahosini bir vaqtda ko’rsatadi. Sochiluvchan jismlar va suyuqliklarning o’lchanishiga bolalarniig diqqatini qaratish qiziqarlidir. Sochiluvchan va suyuqlik jismlar idishda saqlanadi. Ularning massasini o’lchashda bunday qilinadi:



  1. ikkinchi pallaga xuddi shunday bo’sh idish qo’yiladi;


  2. mahsulotni solishdan oldin idish ikkinchi pallaga solinadigan toshlar bilan muvozanatlanadi;


v) idishning massasi aniqlanadi, keyin esa jami massadan idishning massasi chiqarib tashlanadi.

Navbatdagi darsda do’konda ko’rilgan taassurotlar haqida suhbat o’tkaziladi,

IV sinfda sentner va tonna bilai tanishish bolalaming massaning o’lchov birliklari haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Bu o’lchov birliklari haqida bolalarda aniq tasavvurlar hosil qilish unun aniq misollar keltirish lozim: 2 qop kartoshkaning massasi 1 sentnerga teng, sinfdagi barcha bolalarning o’qituvchi bilan birgalikdagi massasi 1 tonnaga teng.

Pirovardida massa birliklari orasidagi munosabatni ko’rsatadigan massa o’lchov birliklari jadvali tuziladi.

Yaqindagi savdo omboriga borilsa, bolalar katta massalarni o’nlik va yuzli tarozilarda o’lchash bilan tanishadilar.

Sodda va murakkab masalalarni yechish bolalarni massaning xossalari bilan tanishtiradi:

  1. agar jism bir necha jismlaridan iborat bulsa, u holda uning jami massasi bu massalarning yig’indisiga teng;


  2. asbobda o’lchashda bir-birini muvozanatlaydigan jismlarning massalari


teng.


Massa birliklari o’nlik sanoq sistemasining xona birliklari bilan mos qo’yiladi. 1 kg birlar bilan, 1 tonna minglar sinfi bilan mos qo’yiladi. Katta o’lchovlarni kichik o’lchovlarga va kichik o’lchovlarni katta o’lchovlarga aylantirish katta xona birliklarini kichik xona birliklari bilan va kichik xona birliklarini katta xona birliklari bilan ifodalashga mos qo’yiladi.

Massa birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirish o’nlik sanoq sistemasida natural sonlar ustida tegishli amallar bilan mos qo’yilad

6.Kichik guruhlarda ishlash.

 Kichik guruhlarda ishlash o’quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri  uchun  munozarada  qatnashish  huquqini  beradi,  bir-biridan  auditoriyada o’rganishga imkoni tug’ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi. 

 Qo’llanish usuli.  

1.  Faoliyatni  tanlash.  Mavzuga  oid  muammo  shunday  tanlanadiki,  natijada 

talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy  faoliyat  ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi. 

2. Zaruriy asos  yaratish. Talabalar  kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan  faoliyat  bo’yicha  ba’zi  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  oldin  -dan egallagan bo’lishlari kerak. 

3.  Guruhni  shakllantirish. Odatda  xar  bir  guruhda  3-  o’quvchi  bo’ladi (ehtimol, kam yoki  ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma  xujjat  tayyorlashni  talab  etsa,  yaxshisi  2-3  kishili  guruh tuzilgani  ma’qul.  Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, o’quvchilarning bir-biri  bilan  konstruktiv  holatda  o’zaro  harakatiga  bog’liq  holda  o’zgaradi.  Eng yaxshisi, “getrogen”  guruh tashkil etishidir (jinsi, o’zlashtirish darajasi  va  boshqa belgilar  asosida).  Guruhda  ishlash  o’quvchilar  o’rtasida  vazifalarni  aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir talaba munozarani   boshqaradi, ikkinchisi yozib  boradi,  uchinchisi  spiker  (sardor)  rolini  o’taydi  va  hokazo).  Auditoriyani guruhlarga ajratish, hoxish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.      

4. Aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish. o’quvchilarga  faoliyatni bajarish bo’yicha aniq  va  xajm  jixatdan  ko’p  bo’lmagan  tushuntirish  beriladi.  o’qituvchi guruhlarining  ishlash  tezligi  turlicha  bo’lishini  inobatga  olgan  holda  vaqt chegarasini  aytadi.  Guruhlar  kerakli  materiallar  va  axborotlar  bilan  ta’minlanadi. Talabalar  guruhda  ishni  boshlashlari  uchun  vazifalarini  aniq  tushunib  etganligi tekshirib ko’riladi. 

5.  Qo’llab  quvvatlash  va  yo’naltirish.  o’qituvchi  zarurat  tug’ilsa  guruhlar yoniga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi. 

6.  Muhokama  qilish  va  baholash.  Guruhlarda  ish  yakunlangach,  ular natijalari  bo’yicha  axborot  beradilar.  Buning  uchun  xar  bir  guruh  o’z  sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan  yozilib  boriladi.  Muhimi,  guruhning  echimining  asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt etarlicha bo’lsa, u yoki bu    fikrni argumentlashda guruhlar  birbiriga  savol  ham  berishlari  mumkin.  Kichik  guruhlarda  ishlash natijalari  o’qituvchi  tomonidan  baholanadi.  Bunda  faoliyatni  to’g’ri  va  aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu  metod  qo’llanilganda  talaba  kichik  guruhlarda  ishlab,  darsda  faol ishtirok  etish  huquqiga,  boshlovchi  rolida  bo’lishga,  birbiridan  o’rganishga  va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi. Kichik  guruhlarda  ishlash  metodi  qo’llanilganda  o’qituvchi  boshqa noan’anaviy  metodlarga  qaraganda  vaqtni  tejash  imkoniyatiga  ega  bo’ladi. 

  Chunki  o’qituvchi  bir  vaqtning  o’zida  barcha  talabalarni  mavzuga  jalb  eta  oladi 

va baholay oladi.    

Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi: 

-  o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi; 

-  muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi; 

-  vaqtni tejash imkoniyati mavjud; 

- barcha talabalar jalb etiladi; 

- o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi. 

 «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: 

-  kuchsiz  talabalar  bo’lganligi  sababli  kuchli  talabalarning  ham  past  baho 

olish ehtimoli bor; 

-  barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;  



-  guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin
Yüklə 209,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin