Международный
научный
журнал
№
7
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Февраль
, 202
3
836
XUSUSIY KAPITAL TARKIBI VA ULARNING HISOBI
Achilov Dostonbek Abdumannon o‘g‘li
Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali
Buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan xususiy
kapital tarkibi va ularning hisobi to‘g‘risida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
:
Bozor iqtisodiyoti, xususiy kapital, patent, litsenziya, turli huquqlar,
yangi g'oyalar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z oddiy
resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta'sischilari
tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi.
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma –ketlikdan
tashkil
topishi lozim:
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi
Ushbu chizmaga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo'g'inida uning
moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko'ra, korxona va tashkilotlarning barcha xususiy
kapitalini ikki guruhga, ya'ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy kapitalga ajratish
mumkin.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlar
moddiy aktivlari
hisoblanadi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha aktivlaming bir qismi
sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z
ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida
joylashadi
Xizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapital korxona
va tashkilotlarda qancha
muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan tasniflanadi. Ushbu belgi
bo'yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa
muddatli xususiy kapitalga
ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik
muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga ko'ra bir yildan ko'p
xizmat qiladigan xususiy
kapital uzoq muddatli,1 yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy
kapital hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent,
litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam bo'lmagan
muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy kapitalni adabiyotlarda (shu
jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma
aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga
ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul
mablag'lari va boshqalar kiradi.