Xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
57 Boboyeva Feruza Nosirjonovna 399-409

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
408 
rivojlanish darajasiga mansub bo‘lgan bolalar esa nisbatan kam (40%). Unchalik 
katta bo‘lmagan bolalar soni va nisbati (10%) ni iroda kuchining “past” rivojlanish 
darajasiga mansub bo‘lganlar tashkil etdi. 
Guruhlardagi o‘g‘il va qiz bolalar natijalarini alohida o‘rganish ko‘rsatishicha, 
iroda kuchining o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega o‘quvchilar qiz hamda o‘g‘il 
bolalarda ko‘pchilikni tashkil etdi. Biroq, qizlarda irodaning yuqori rivojlanish 
darajasiga ega bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etdi, o‘g‘il bolalarda esa bu parametr 
bo‘yicha natijalar nisbatan ancha past namoyon bo‘ldi. 
Metodikaning iroda kuchi parametri bo‘yicha natijalarni sifat jihatdan tahlil 
etish natijasida qiz va o‘g‘il bolalardagi bir-biridan muhim farqlarni aniqlashga 
erishdik. Jumladan, tashkillashtirilganlik, tartib-intizom, mas’uliyat hissi kabi iroda 
sifatlari bo‘yicha farqlar ancha katta ekanligi va bunda qizlar o‘g‘il bolalardan ustun 
ekanligi aniqlandi. Jasurlik, mardlik kabi iroda sifatlari bo‘yicha esa o‘g‘il bolalar 
ustun ekanligini kuzatdik.
1-diagramma. O’smirlarda o‘zining iroda kuchiga baho berish dinamikasi.


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
409 
XULOSA 
O‘smirlarda iroda sifatlarini tarbiyalash zamonaviy pedagogik psixologiyaning 
muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, o‘smirlik davri bu - o‘tish davri 
bo‘lib, yosh inqirozini boshdan kechirish, o‘zini ma’lum darajada kattalardek his 
etish, shu sharoitda kattalar tomonidan uning yetarli darajada tan olinmasligi holatlari 
o‘smirlarda turli psixologik muammolarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Bular esa 
aynan iroda sifatlarini yangicha tafakkur sharoitida ilmiy-psixologik nuqtai nazardan 
tadqiq etish, o‘rganishni taqozo qiladi.
Shu munosabat bilan amalga oshirilgan mazkur bitiruv malakaviy ishida o‘smir 
shaxsi, ushbu yoshda namoyon bo‘ladigan va uni tarbiyalash zarur bo‘lgan irodaviy 
sifatlar, xossalar hamda xususiyatlarning psixologik tabiati, unga ta’sir etish yo‘l va 
usullari, korreksiyasi bilan bog‘liq turli psixologik usullarni ishlab chiqish borasida 
tadqiqot ishi olib borildi va quyidagi xulosalarga kelindi.
1.
Irodani inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish 
tuzilmasi sifatida baholash mumkin, zero, iroda maqsadga yo‘naltirilgan hatti-harakat 
va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tishga 
imkon yaratadi. 
2.
Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati sifatida o‘z 
ifodasini topadi, o‘quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari 
faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida 
yuzaga keladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin