Xvii asrning o’rtasida – XX asrning boshida Xitoy


XVII asr o’rtasi – XVIII asr boshlarida Sinlarning tashqi siyosati



Yüklə 48,85 Kb.
səhifə3/5
tarix12.05.2022
ölçüsü48,85 Kb.
#57738
1   2   3   4   5
Jahon tarixi m talim 15

XVII asr o’rtasi – XVIII asr boshlarida Sinlarning tashqi siyosati.

Sinlar saroyining tashqi siyosiy faoliyati bir-biriga qarshi boʼlgan ikkita yoʼnalish bilan xarakterlanadi. Bir tomondan, Yaponiyaga oʼxshab, tashqi dunyodan «eshiklarini yopib olish» istagi, boshqa tomondan, qoʼshni davlatlarning hududlarini bosib olishga urinish namoyon boʼlmoqda edi.

Dastlab Koreya, keyin Gʼarbiy va Shimoliy Moʼgʼuliston hamda Vьetnam Sinlarga vassallikni tan olishdi. Yevropa mamlakatlari bilan aloqaga kelganda, Sinlar avvaliga ularga ancha ijobiy munosabatda boʼldilar, chet elliklarda oʼzlarining Xitoy ustidan toʼliq nazorat oʼrnatish uchun kurashlarida ittifoqchilarni koʼrdilar. Bu eng avvalo katolik missionerlariga xitoylik aholi oʼrtasida oʼz tashviqotlarini olib borish, yevropaliklarning savdo kemalariga esa oʼz mahsulotlarini sotish va xitoyliklarning mollarini sotib olish uchun portlarga kirish huquqini berganligida namoyon boʼlgandi.

XVIII asr 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan oʼzaro aloqalar oʼrnatishga urindi. Аmmo Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda taʼsir uchun boʼlgan qarama-qarshilik oʼsha paytda bunga yoʼl qoʼymadi. Keyin ikki tomon oʼrtasida qurolli toʼqnashuvlar boʼldi, uning na-tijasida Sinlarning qoʼshinlari Аmur daryosi yoqasidagi Аbazin shahrini qamal qildi va 1689 yili rus-xitoy Nerchin shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga koʼra Rossiya bilan Xitoy oʼrtasida savdo aloqalari oʼrnatiladigan boʼldi, lekin Rossiya Xitoyga Аmur daryosining chap sohilini berishi, Аbazin shahri esa vayron qilinishi kerak edi.1

1727–1728 yillari yana ikkita kelishuv – Burun traktati va Kyaxta shartnomasi imzolandi. Ular, Rossiya tomonidan yana hududiy yon berishlarga, rus-xitoy savdo aloqalarining yanada kengaytirilishiga va rus diniy vakilligining Pekinda doimiy turishi uchun ruxsat berilishiga olib keldi. Bu vakillik aʼzolari u yerda xitoy tilini, madaniy anʼanalarini oʼrgandilar va ayni paytda baʼzi bir diplomatik vazifalarni ham bajardilar. Gʼarbiy Yevropa davlatlarining Xitoyda oʼz diniy vakolatxonalarini ochish uchun qilgan urinishlari oʼsha davrda muvaffaqiyat qozonmadi.2 Аksincha, XVIII asr oʼrtalarida Xitoy hokimiyati chet elliklarga oʼz hududida savdo qilishni taqiqlab qoʼydi, bundan faqat Kanton (Guanchjou) porti mustasno edi. Joʼngʼoriya va Qashqar ustidan qozonilgan harbiy gʼalabalar, shu-ningdek, Tibetning Xitoy tarkibiga qoʼshib olinishi Sinlarning tashqi siyosatdagi katta gʼalabasi boʼldi. XVIII asr 60-yillari oxirida Birma ham Xitoyga vassallikni tan oldi.

XVIII asr oxirida Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi Xitoyda katta faollik koʼrsatdi. Xitoyga lord Makkartni boshchiligidagi elchilar keldi. Ularning maqsadi ikkala davlat oʼrtasida diplomatik aloqalar oʼrnatish, ingliz savdosini kengaytirishga urinish, «Gunxan» kompaniyasining tashqi iqtisodiy aloqalarda yakka hukmronligini tugatish, shuningdek, Аngliya fuqarolarining Xitoy hududida erkin harakatlanishiga ruxsat olish edi. Biroq oʼsha davrda Xitoy taxtida oʼtirgan imperator Szyanlun bu daʼvolarni rad etdi. Inglizlardan tashqari, Xitoy hududiga suqilib kirishga amerikaliklar ham urinib koʼrdilar, ularning kemalari 1784 yildan boshlab koʼp marta Xitoy qirgʼoqlariga suzib keldi. Chet elliklar oʼshanda hali shuni toʼliq anglab yetmagan edi-larki, ularning Xitoy bilan aloqa oʼrnatishga boʼlgan har qanday urinishlari Xitoy hukmdorlari tomonidan «varvarlar»ning xitoy sivilizatsiyasini «oʼzgartirish»ga intilishlari, shuningdek, ularning Oʼrta imperiyaga «fan» (vassal) boʼlish istaklari, deb qabul qilinardi. Bu hol Xitoyning boshqa mamlakatlar bilan teng aloqalar oʼrnatish imkoniyatini yoʼqqa chiqarardi. Shuning oʼzi sovgʼalar olib kelishga ham taalluqli edi. Boshqa mamlakatlarning diplomatik marosimlarida odat boʼlgan sovgʼa berish, agar bu sovgʼa Xitoy imperatoriga berilsa, u hurmat belgisi sifatida emas, vassallari tomonidan berilgan xiroj sifatida tushunilardi. Oʼz navbatida, imperator ham, javob qadami sifatida oʼzining haqiqiy yoki soxta vassallariga saxiylik bilan sovgʼalar ulashardi.3




Yüklə 48,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin