XVIII asr boshlarida Qo‘qоn хоnligi siyosiy taraqqiyoti
Reja:
Qoqon xonligining tashkil topishi va uning siyosiy taraqqiyoti.
Xonlikning davlat tizimi.
Xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Qoqon xonligi madaniy hayoti.
Buxoro xonligiga tobe hisoblangan Fargona vodiysida 18-asr boshlarida yangi davlatga Qoqon xonligia asos solindi. 18-asrda faqat Fargona vodiysini oz ichiga olgan bu davlat 19-asr boshlarida Toshkent voxasi, xozirgi Qirgiziston Respublikasi, Janubiy Qozogiston va Shimoliy Tojikiston hududlarini oz ichiga olgan yirik davlatga aylandi.
Ashtarxoniy Subxonqulixon vafotidan song Buxoro taxtiga otirgan Ubaydullaxon hukmdorligi (1702-1712) davrida xonlikdagi siyosiy vaziyat chigallashib markaziy hokimiyat yana zaiflashdi. Bundan foydalangan Chodak xojalari 1709 yilda Fargonada qozgolon kotarib, vodiyning bir qismini egallaydilar. Natijada mustaqil davlat tuzilganligi elon qilindi va 1710 yilda ozbeklarning ming qabilasi boshligi Shohruhbiy hokimiyat tepasiga keladi (1710-1721). Dastlab Qoqon, Namangan, Margilon, Konibodom, Isfara va ular atrofidagi qishloqlarni oz ichiga olgan bu davlat hududi Shohruhbiyning ogli va vorisi Muhammad Abduraximbiy (1721-1733) taxtga otirganidan keyin ancha kengayadi. U Andijon va Xojandda oz hukmronligini ornatib malum muddat Buxoroga tegishli Samarqand va Kattaqorgon shaharlarini egallab, Shahrisakbzga ham tahdid soladi. Abdurahimbiy Qoqon qishlogi yaqinida yangi shahar qurdira boshlaydi. U 33 yoshida kasallanib vafot etadi va taxtga ukasi Abdukarimbiy otiradi. U yangi shahar qurilishini tugallab, poytaxtni Tepaqorgondan Qoqonga kochiradi. Shu tariqa yangi shahar Qoqon shahri davlatning poytaxti bolib qoldi va keyinchalik bu davlat shahar nomi bilan Qoqon xonligi deb atala boshladi. Abdukarimbiyning hukmronligi davrida davlat ancha mustahkamlandi, hududlari kengaydi. 1745 yilda Fargona vodiysiga hujum qilgan qalmoqlar quvib chiqarilib ular bosib olgan Osh, Andijon, Margilon shaharlari qaytarib olindi.
Abdukarimbiy vafotidan keyin bir qancha vaqt davlat tepasida xonlar tez-tez almashib turdilar. Nihoyat uning nabirasi Erdonabiy ikkinchi bor hokimiyatni qolga kirtiadi. 1755-1769 yillarda taxtni boshqargan Erdonabiydan song taxtga Shohruhbiyning uchinchi ogli Shodibekning farzandi Sulaymonbek otiradi. U 6 oy hukmronlik qilganidan keyin suiqasd natijasida oldiriladi va taxtni 1770 yilda Norbotabek (1770-1801) egallaydi. U markaziy hokitmiyatni mustahkamlashda ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Chust va Namanganda kotarilgan galayonlarni bostirganidan song bu shaharlarga oziga sodiq kishilarni hokim etib tayinladi. U Xojand shahrini ham oz hokimiyati ostiga olishga erishadi. 1799 yilda Toshkent shahrini egallashga ham urinib koradi, lekin uning qoshini maglubiyatga uchradi.
Norbotabek 1801 yilda vafot etganidan song taxtga katta ogli Olimbek otiradi. Garchi u qisqa vaqt taxtga otirgan bolsada, uning davrida (1801-1810) Qoqonning siyosiy mavqei ancha oshdi. Dastlab u harbiy islohotlar otkazib, qoshinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib Angren voxasini, Chitmkent va Turkistonni oziga boysundirdi. Natijada u Rossiya imperiyasi bilan bevosita savdo-sotiq olib borish imkoniyatini qolga kiritdi. Qoqon davlati kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham ozgardi. Agar Qoqonning dastlabki hukmdorlari biy, bek unvonlari bilan davlatni boshqargan bolsalar 1805 yildan bu davlat rasman Qoqon xonligi deb elon qilindi va Olimxon xon unvoni bilan hokimiyatni boshqara boshladi.
Markaziy hokimiyatning kuchayib borishi, davlatni boshqarishda xonning cheklanmagan huquqqa egaligi Olimxonga qarshi fitnalarning yuzaga kelishiga sabab boldi. Olimxon oz hokimiyatini mustahkamlash uchun ukasi Rustambekni va bir qancha sarkardalarni, din peshvolarini oldirtirib yuborgan edi. Yuzaga kelgan fitnaga uning ukasi Umarbek boshchilik qildi. Nihoyat 1810 yilda Olimxon Qoqonga kelayotganda ogli Shohruhxon bilan birga fitnachilar tomonidan otib oldirildi va taxtni ukasi Umarxon egalladi. Uning hukmronligi davrida (1810-1822) xonlikda siyosiy vaziyat ancha murakkabligicha qoldi. Chimkent va Turkistonda galayonlar kotarildi, oratepa hokimi xonga itoat etishdan bosh tortdi. Ammo davlatni boshqarishda din peshvolari va sarkardalar bilan ittifoq bolib ish tutgan Umarxon bu galayonlarni bostirib, xonlik hududini bolinib ketishdan saqlab qoldi.
Umarxon 1818 yili Qoqon shahrida katta jome masjidi qurish haqida farmon berib, din homiysi sifatida ham oz mavqeini oshirdi. Natijada amir al-muslimin unvonini va diniy hokimiyatni ham oz qoliga olishga erishdi. Umarxon davrida Qoqonda adabiyot va sheriyat ancha yuksaldi. Xonning ozi ham yaxshi sherlar yozardi. 1822 yilda Umarxon kasallanib, vafot etadi va taxtga ogli Muhammad Alixon otiradi. Tarixda Madalixon nomi bilan qolgan bu hukmdor davrida (1822-1842) Qoqon xonligi siyosiy jihatdan ancha yuksaldi. Qorategin, Kolob, Darvoz viloyatlari va boshqa bir qancha yerlar bosib olinib, xonlik hududi ancha kekngaytirildi. 1826-1831 yillar davomida bir necha marta Qashqarga hujum qilib, xitoyliklar bilan urush olib bordi. Qashqarda olib borilgan urushlar paytida 70 ming uygur musulmonlari Andijon viloyatiga kochirib keltirildi.
Bu davrda Buxoro amirligi bilan ham chegara shaharlar uchun harbiy toqnashuvlar bolib turdi. Bu esa mehnatkash aholi turmushining qashshoqlashuviga sabab boldi. Natijada bir necha bor qozgolonlar kotarildi. Qolaversa, hukmdorligining songgi yillarida Madalixon ham aysh-ishratga berilib ketgan edi. Shu sababli ham unga qarshi fitna yuzaga keladi. Qoqonda Madalixon oz ogay onasiga uylandi va bu bilan musulmonchilikdan chiqdi, degan gaplar tarqatildi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega bolgan va xonning yaqin maslahatchisi Xaqquli mingboshi tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilgani fitnachilarga yanada qol keldi. Fitnaga bosh qoshgan Qozikalon, Isoxoja lashkarboshi, Toshkent hokimi va boshqalar Madalixonni taxtdan agdarib, Olimxonning ogli Sheralini yoki Murodbiyning ogli Xojabiyni xon qilib kotarmoqchi boladilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, madalixonni taxtdan agdarishda yordam soraydilar. Qoqon xonligini zabt etib Buxoroga qoshib olishni rejalashtirib yurgan amir Nasrullo 1842 yil aprelda katta qoshin bilan Qoqonga yurish qiladi. Uning asl maqsadini tushungan Madalixon yashinicha saroy xazinasini, oilasini olib, oziga sodiq bolgan 1000 kishi bilan Qoqondan Namangan tomonga qochadi. Jangsiz Qoqonni egallagan Nasrullo xonning xazinani olib ketganini bilgach, shaharni talash haqida buyruq beradi. Ertasi kuni esa aholidan tortib olingan narsalar majburan yana qoqonliklarga sotiladi. Faqat kumush, oltin buyuimlar olib qolinadi.
Namangan yaqinidagi bir qishloqda tunab qolgan Madalixon ertalab ozib bilan kelgan ming kishidan faqat 3 kishi qolganini korib sarosimaga tushadi va Qoqonga qaytib, amir Nasrullodan shafqat sorashga jazm etadi. U Qoqonga qaytib kelgach, xibsga olinadi. Turli joylardan uning oila azolari: onasi Nodirabegim, ukasi, ogillari va xotinlari tutib keltiriladi. Madalixon, onasi, ukasi va katta ogli qatl etiladi. Qoqonda 12 kun turgan amir Nasrullo Qoqon xonligini Buxoroga qoshib olinganligini elon qilib, Qoqonda oz noibi etib Ibroxim Dodhoh mangitni qoldiradi. Unga bir necha amaldorlar va 600 kishilik qoshin berib ozi esa sobiq xon xizmatidagi 250 ta amaldorni garov tariqasida Buxoroga olib ketadi. Lekin osonlik bilan qolga kiritilgan Qoqon xonligi yana osonlik bilan qoldan chiqariladi. Ibrohim Dodhohning qoqonliklarga qilgan jabru-zulmi tufayli 1842 yilning yozida qozgolon kotarilishiga sabab boldi. Qozgolonchilar qipchoqlar yordami bilan buxoroliklar qoshinini yengib, taxtga Sheralixonni kotaradilar. Sheralixon qipchoqlarning katta qoshini bilan Qoqonga kirib keladi. Ibrohim Dodhoh va uning ukasi Isoq mangit Buxoroga qochib qolishga ulguradi. Amir Nasrullo 1842 yil kuzida 20 ming qoshin bilan yana Qoqonga yurish qiladi. Qoshin safida garovga olingan 250 ta qoqonlik amaldorlar ham bor edi. Qoqon ahli taslim bolish haqidagi taklifni rad etadi. Shunda garovga olingan amaldorlardan biri, Madalixon davrida yuzboshi bolgan Musulmonqul qipchoq qoqonliklarni taslim bolishga kondirish uchun amirdan ruhsat olib qoqonliklar huzuriga keladi. Lekin u qoqonliklarni amir qoshinlariga taslim bolmaslikka undab, shahar mudofaasini yekuchaytiriga boshchilik qiladi. Amir Nasrullo hujumga otadi, lekin qoqonliklar kattiq qarshilik korsatadilar. Qamal chozilib ketadi va bu orada Xiva qoshinlari Buxoro chegaralariga bostirib kiradilar. Bu habarni olgan amir Nasrullo gaprovga olingan amaldorlarni ozod qilib Buxoroga qaytishga majbur boladi. Bu vaziyatda Qoqonni Buxoroga tobelikdan saqlab qolgan Musulmonqul qipchoq mingboshi lavozimini oladi. Xonlikdagi boshqa lavozimlar ham qipchoq beklariga beriladi.
1845 yilgacha Qoqon xonligida xotirjamlik hukm surdi. Asli xivalik bolgan Murodbek 1845 yilda Buxoro lashkari bilan Qoqonga kelib, Musulmonqul va uning qoshini yoqligidan foydalanib, Qoqonni osonlik bilan zabt etadi. Murodbek Sheralixonni qatl etib Qoqon taxtini egallaydi va ozini amir Nasrulloning vassali deb elon qiladi. Bundan xabar topgan Musulmonqul qipchoq qoshinlari bilan kelib qoqonliklar yordami bilan shaharni qolga kiritadi. Bor yogi 8 kun taxtda otirgan Murodbek qolga olinib qatl etiladi va taxtga Sheralixonning 13 yoshli ogli Xudoyorxon otqaziladi. Lekin amalda hokimiyat uning qaynotasi Musulmonqul mingboshi qoliga otadi. Bu holat 1850 yilning oxirigacha davom etdi. Musulmonqul amalda saroyda cheksiz hokimiyatga ega edi. Bu hol Qoqondagi boshqa amaldorlarning noroziligiga sabab boldi. Musulmonqulga qarshi qipchoqlar orasida ham kuchli dushmanlar guruhi yuzaga keladi. Bu guruhga Oratepa, Hojand hamda Margilon beklari birlashib, ularga Toshkent hokimi Nurmuhammad ham qoshildi. 1852 yilning iyun oyida Musulmonqul mingboshi 30 ming kishilik qoshin bilan Toshkentga qarshi yurish qiladi. Chirchiq daryosi boyidagi hal qiluvchi jangda Xudoyorxon oz qoshinining katta bir qismi bilan birga toshkentliklar tomoniga otib ketadi. Bu saroyda Musulmonqul qipchoqqa qarshi boshlangan kurashda hal qiluvchi burilish boldi. Musulmonqul qoshini tor-mor etilib, uning ozi yaqin kishilari bilan qochib ketishga ulguradi. Bu voqealardan song Qoqonda Musulmonqulga qarshi kurashgan guruh yetakchilari bosh lavozimlarni egallaydi. Lekin bu hol uzoqqa chozilmadi. 1852 yil kuzida xonlikda butun qipchoqlarni qirgin qilish boshlanib ketadi. Natijada 20 ming qipchoq oldiriladi. Bunga Xudoyorxonning ozi boshchilik qildi. Saroydagi amallarni egallab turgan qipchoqlar ham qatl etilib, ularning mol-mulki tortib olindi. 1853 yili qoraqirgizlar orasida yashirinib yurgan Musulmonqul qipchoq ham tutilib Qoqonga olib kelindi va Xudoyorxonnning amri bilan qatl etildi.
Bu davrda Qoqon xonligi bilan Rossiya ortpsidagi munosabatlar ancha keskinlashdi. Sirdaryoning orta va quyi oqimidagi katta yerlarni nazorat qilib turgan Qoqonliklar bilan Rossiya ortasidagi dastlabki toqnashuvlar 1850, 1851 va 1852 yillarda sodir boldi. Qoqoln xonligidagi ichki nizolardan foydalangan Perovskiy boshchiligidagi rus qoshinlari 1853 yili Oqmachit qalasini bosib oldi. Qoqonlik sarkarda Yoqubbek boshchiligidagi qoqonliklar Oqmachitni qaytarib olish uchun ikki marta harakat qilgan bolsada, bu natija bermadi. Keyinchalik Yoqubbek Sharqiy Turkistonga ketishga majbur boladi va Qashqar hokimligini qolga kiritadi.
Shu tariqa Rossiya imperiyaning Orenburg va Omsk shaharlari bilan chegaradosh bolgan Qoqon xonligi hududiga xavf sola boshladi. Lekin bu tashqi xavf ozaro ichki nizolar ichida qolgan qoqonliklar kozini ochmadi. Mamlakatda siyosiy nizolar davom etdi. Xudoyorxon 3 marta taxtdan mahrum etilib (1858, 1863, 1865) har gal Buxoro amiri tomonidan taxtga qayta otqazilganligi xonlikdagi boshqaruv tizimidagi parokandalikdan darak berar edi. 1858 yilda Xudoyorxonni Sheralixonning ikkinchi xotinidan bolgan ogli Mallaxon taxtdan agdaradi va Xudoyorxon Buxorodan panoh topadi.
1862 yilda Mallaxon oz vazirlari mulla Olimqul va Olimbek qirgizlar qolida oldirilgach, taxtga Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning ogli Shohmurod otqaziladi. Lekin qoshin boshliqlari va saroydagi kopgina amaldorlar unga qarshi fitna uyushtiradilar. Mallaxonning olimini eshitgan Xudoyorxon Buxoro qoshini bilan Qoqonga kelib 1863 yilda taxtni ikkinchi bor egallaydi. Shohmurod Margilonga qochadi. Qirgiz-qipchoq qabilalarida yashirinib yurgan mulla Olimqul Xudoyorxonga boysunmay, tez-tez galayonlar kotarib turdi. Natijada 1863 yil ortalarida Xudoyorxon yana Buxoroga qochdi. Qoqon taxtiga Sulton Murod otqazildi.
Bu ichki nizolar tashqi dushmanga qol keldi. Vaziyatdan foydalangan chor Rossiyasi qoshinlari 1864 yilda Turkiston va Chimkentni bosib oldi. 1865 yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib Niyozbek qalasini ishgol qildilar va Toshkentga hujum qildilar. Mulla Olimqul boshliq 6 ming qoqonlikning yordamga kelishi ham bosqinchilarni toxtata olmadi. Mulla Olimqul jangda yaralanib Toshkentda vafot etadi. Bir necha oylik qamal va janglardan song 1865 yil 17 iyunda Toshkent chor Rossiyasi qoliga otdi.
Qoqondagi sarosimalikdan foydalangan Xudoyorxon 1865 yil yozida amir qoshinlari yordamida songgi marta Qoqon xonligi taxtini qolga kiritadi. Qoqonda amir Muzaffar nomiga xutba oqiladi. Qirgiz-qipchoq qoshinlari komagida taxtni egallab turgan Xudoyqulibek (14 kun taxtda otirgan) esa xazinani olib Qashqarga qochib ketadi.
Qoqon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi orta asrlarda olkamizda hukm surgan musulmon davlatlaridagi tizimdan deyarli farq qilmas edi. Xususan, temur va temuriylar davrida aniq tartiblar asosida shakllangan va Shayboniylar davrida biroz isloh qilingan davlat tizimini Qoqon xonligining davlat tizimida ham koramiz. Bu yerda ham xon cheklanmagan hokimiyatga ega bolgan. Lekin qoqonning dastlabki hukmdorlari biy unvoni bilan hokimiyatni boshqargan bolib, davlat boshligi rasman xon deb Olimxon davridagina (1805 yildan boshlab) yuritila boshladi. Uning vorisi Umarxon (1810-1822) esa ozini amir al-muslimin deb elon qilgan edi. Xon cheklanmagan hokimiyatga ega bolsada, saroy amaldorlari va qoshin boshliqlarining xonga tasiri kuchli edi.
Manbalarning guvohlik berishicha, xon saroyida muhim davlat ishlarini korib chiqadigan kengash tuzilgan bolib, unga mingboshi boshchilik qilgan.Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh vazir), amiri lashkar (harbiy vazir), qushbegi xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), shigovul (vaziri ilmiya), xudoychi, tunqator, noib (sarbozlar boshligi), otaliq, dodhoh, mehtarboshi, dasturxonchi, toqsabo, devonbegi, mirzoboshi, sarkar va boshqalar muhim amallar hisoblangan. Ular oz hizmatlari evaziga yillik maosh olganlar.
Fargona vodiysi Qoqon xonligining asosiy hududi bolib, 19-asr boshlarida Toshkent viloyati, Xojand, oratepa va togliq tumanlar, Janubiy Qozogiston va xozirgi Qirgiziston hududlari ham xonlik tarkibiga kiritildi. Shu tariqa xonlik sharqda Sharqiy Turkistondan garbda Sirdaryoning quyi sohillarigacha, shimolda Turkistonning Betpakdala saxrosidan janubda Buxoroga tobe Darvoz, Qorategin, Kolob bekliklarigacha bolgan katta hududni egallab Orta Osiyodagi yirik davlatga aylandi. Xonlik mamuriy jihatdan bekliklarga bolib boshqarilgan. Qoqon davlatining asosiy bekliklari Namangan, Margilon, Andijon, Toraqorgon, Osh, Oratepa, Xojand, Toshkent, Turkiston, Chimkent bolgan.
Qoqon xonligining ijtimoiy tuzumi ham qoshni davlatlardan farq qilmagan. Yuqori tabaqa hisoblangan saroy amaldorlari va diniy peshvolar katta mol-mulk va yer-suvga ega edi. Jamiyatning eng kop sonli va eng kam huquqli tabaqasi oddiy xalq fuqaro edi. Mamlakatning barcha moddiy boyligi ular mehnati bilan yaratilardi. Xonlikdagi eng yuqori harbiy amaldor amiri lashkar bolib, kop hollarda bu lavozimga qipchoq urugidan bolgan kishilar tayinlangan. Qoshinning asosini ham qipchoqlar tashkil qilgan. Qoshin osha davr qoidalariga mos ravishda onminglik, minglik, yuzliklarga bolingan. Harbiy-mamuriy amaldorlar uchun saroy xazinasidan belgilangan tartibda yillik maosh va tanho, tarxon shaklidagi yer-mulklar berilgan.
Iqtisodda dehqonchilikning salmogi juda yuqori edi. Xonlik hududida suv manbalarining yetarli ekanligi dehqonchilikdan yuqori hosil olinishiga asos bolardi. Bu yerda donli ekinlar yetishtirish, polizchilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, sholikorlik ancha rivojlangan. 19-asrga kelib xonlikda paxta maydonlari ham kengaya boshladi. Paxtaning asosiy xaridori Rossiya edi.
Xonlikdagi asosiy yerlar davlat mulki hisoblangan. Davlatdagi eng katta mulkdor xon bolib, u katta yerlarga, yaylovlarga, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo dokonlariga egalik qilgan. Chorvachilik ham mamlakat iqtisodiy hayotida muhitm orin tutgan soha bolib, u ayniqsa kochmanchi qirgizlar yashaydigan togliq hududlarda rivojlangan. Xonlikda orta Osiyo mintaqasiga xos bolgan barcha hunarmandchilik turlari: toqimachilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqalar mavjud edi. Iqtisodning bu sohasi ayniqsa yirik shaharlar Qoqon, Toshkent, Andijon, margilon, Osh, Xojand, Turkistonda yaxshi rivojlangan. Xususan, Qoqon oz temirchilari, misgarlari, Chust doppidozlari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Shahrixon pichoqlari, Margilon ipak va shoyi matolari bilan shuhrat topgan edi.
Xonlikda murakkab siyosiy vaziyat savdo-sotiq rivojiga tosqinlik qilganiga qaramay, mamlakt iqtisodida savdo-sotiqning ahamiyati katta edi. Qoqon, Margilon, Andijon, toshkent, Chimkent, Oratepa va boshqa shaharlar yirik savdo markazlari sifatida tanilgandi. Shaharlar va qishloqlar ortasidagi iqtisodiy-savdo munosabatlari mamlakatda ichki savdo taraqqiyotini belgilovchi muhim omil edi. Ichki savdo munosabatlarida mahalliy mahsulotlar asosiy orin tutardi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlar ichida turli metallar, fabrika mahsulotlari (Rossiyadan), choy (Xitoy va Hindistondan) va qoshni davlatlardan olib kelinadigan bazi hunarmandchilik buyumlarini aytib otish mumkin. Tashqi bozorga chiqariladigan mahsulotlarning asosini qishloq xojalik mahsulotlari (paxta, jun, ip, matolar, quruq meva va boshqalar) tashkil etib, ular 19-asrdan boshlab bevosita Rossiyaga chiqarila boshladi.
Xonlikdagi mavjud soliqlar shariat qonun-qoidalari asosida belgilangan bolsada, aholidan koplab boshqa mayda soliqlar, jarimalar undirib olish keng tarqalgan edi. Asosiy soliqlar xiroj, zakot va tamga bolib, ular pul va mahsulot hisobida undirib olingan. Soliqlardan tashqari aholi koplab majburiyatlarni bajarishga safarbar qilingan.
Xonlikdagi ilm-fan taraqqiyoti oz darajasiga kora Orta Osiyodagi qoshni davlatlarga yaqin turardi. Asosiy madaniyat ochoqlari yirik shaharlarda bolib, oliy talim beruvchi madrasalar asosan shaharlarda joylashgan. Boshlangich maktablarda ham, madrasalarda ham asosiy etibor diniy talim berishga qaratilardi. Shuningdek, talim muassasalarida dunyoviy fanlardan adabiyot, tarix, nutq, mantiq, aljabr va xandasa kabi fanlar oqitilgan. Poytaxt shahar Qoqonda 19-asrda 15 ta madrasa faoliyat korsatgan bolsa, boshqa shaharlarda ham bir necha yirik madarasalar bor edi. Lekin xonlikda Buxoro madrasalarini tugatib kelgan kishilarning mavqei ancha baland hisoblanardi.
19-asr boshida Qoqon xoni Umarxonning homiyligi Qoqon adabiy muhitini shakllantirgan va rivojlantirgan qator talantli ijodkorlarni yuzaga chiqardi. Bu davrda faoliyat korsatgan shoirlar va ularning ijodi Fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan Majmuat ush-shuaro nomli tazkirada yaxshi yoritib berilgan. Unda 18-asr oxiri 19-asr boshlarida Qoqonda yashab ijod qilgan Maxmur, Gulxaniy, Fazliy, Mushrif, Goziy, Sodiq, Xijlat, Xoziq, Xotif va boshqa ijodkorlar haqida malumot berilgan. Qoqon xonligining 19-asr birinchi yarmidagi adabiy hayoti rivojida margilonlik Jahon otin Uvaysiy, Nodira begim, oratepalik Dilshod Barno, Mahzuna kabi ijodkor ayollarning alohida orni bor.
Qoqon xonligi tarixnavisligida Niyoz Muhammad Hoqandiyning Tarixi Shohruhiy, Mirzo olim Toshkandiyning Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin, Otabek Fozil zglining Mufassal tarixi Fargona asarlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xonlikda butun Orta Osiyo uchun xarakterli bolgan ananaviy memoriy uslublar bilan birga mahalliy hususiyatlar ham kozga tashlanadi. Xonlikdagi muhim memoriy inshootlar jumlasiga Umarxon tomonidan Qoqonda qurilgan jome masjidini, undan keyingi xonlar barpo etgan madrasalarni, Toshkentdagi Moyi muborak madrasasini, Tillashayx masjidini, Shayxontohur memoriy majmuasini, Namangan, Andijonda qurilgan bir nechta madrasa va jome masjidlarini aytib otish kerak. Shuningdek, savdo-sotiq bilan bogliq bolgan inshootlar, bozorlar, karvonsaroylar qurilishida ham memorchilikning rivojlangan yonalishlari kozga tashlanadi.