Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda eski qit’a va Amerika hududlarida olib borilgan arxeologik kashfiyotlar sivilizatsiyaning boshlanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi va ilk dehqonchilik madaniyatidan boshlanishini ko‘rsatdi. Iqtisodning dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq vujudga kelishi, iste’mol oziqalarini ishlab chiqarishga o‘tilishi insoniyat tarixining eng muhim burilish sharti bo‘lib xizmat qildi. Ibtidoiy davrning bu boshlanish chegarasini yovvoyilik va varvarlik deb atagan edi. Arxeoogik manbalarning guvohlik berishicha, bu burilish neolit davrida sodir bo‘ldi. O‘tgan asrning 30-yillarida ingliz olimi arxeolog Gordon Chayld odamzodning dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiga o‘tishini muhim tarixiy burilish deb, neolit revolyutsiyasi deb atadi. Shu bilan birga u uni XVIII-XIX asrda sodir bo‘lgan iqtisodiy sifat o‘zgarishi, sanoat revolyutsiyasi bilan tenglashtiradi. Dehqonchilikda yuqori hosilli donli o‘simliklarni, jumladan, bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, sholi kabilarni xo‘jalikka kiritib, iste’mol mollarini ishlab chiqishga o‘tilishi, odamzod sonining ham ko‘payishiga, o‘sishiga olib keldi. Bu degani, nafaqat shaxs, balki jamoani ham yuqori sifatli oziqa bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, xo‘jalikning ixtisoslashgan sohasi vujudga kelib, bu hodisa aholining turmushini yaxshilashga olib keldi. Chayla va yarim yerto‘la yashash kulbalar esa loy guvalalaridan qurilgan uylar tartibiga o‘tadi. Qadimgi dafn qabrlarda endilikda qimmatbaho yasan-tusan buyumlar uchray boshlaydi. Obsidiana toshidan yasalgan dastlabki oynalar (ko‘zgular) paydo bo‘ladi. Kulollar o‘z idishlarini turli naqshlarga bezay boshlaydilar. Odamzod bu vaqtga kelib, katta intellektual doirada yutuqlarga erishdi. Avvalgi tavakkalchilik selektsiya endilikda o‘simlik va hayvonot dunyosi navlariga qarab urchitilinadigan bo‘ldi. Bu zamondu vujudga kelgan agrar turmush koinot, ya’ni astonomik harakat sirlari bilan bog‘liq ekanligiga anglab borildi. Xullas, asta-sekin empirik tajribalar torta bordi. Amaliy san’at vujudga keladi, kulolchilik buyumlarini har xil naqshlar bilan bezash odat tusiga aylanadi. Ko‘pgina buyumlarda diniy, dunyoviy, afsonaviy rasmlar solinishi odat tusiga aylanadi. Shunday qilib, dehqonchilikning rivoji tufayli odamzodning dunyoqarash tasavvuri va ma’nviy tushunchalar kengaya boradi. Bu kabi yutuq va o‘zgarishlarning asosini rivoj topib kelayotgan texnologik progress tashkil qilardi. endilikda ishlab chiqarilgan mehnat qurollari unumdorligi, samara beruvchiligi bilan avvalgi davrlardan keskin farq qilardi. Toshdan ishlab chiqariladigan qurollar o‘tkirlashadi, universalligi bilan ajralib turadi. Mezolit va neolit davrlarida turli qurollar bilan bir vaqtda qistirma o‘roqlar, arralar, pichoq kabi asboblar, silliqlash yo‘li bilan ishlangan bolta-teshalar paydo bo‘ladi, mehnat qurollarining funktsiyalari doim oshib boradi. Bu kabi taraqqiyot yo‘li, ayniqsa, Yaqin Sharqda ilg‘orlashib ketib, dehqonchilik bilan bog‘liq donli o‘simliklarni o‘ruvchi va qirquvchi o‘roqlar hamda qaama tosh xanjarlari paydo bo‘ladi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish aholining turmush tarzini mustahkamladi, aholi soni osha bordi. Shuni aytib o‘tish lozimki, inson hayotining tobora rivojlanishida tabiat va uning resurslari katta ahamiyat kasb etgan. Binobarin, yuqori hosildor dehqonchilik va chorvachilik uchun muayan tabiiy va ekologik sharoit zarur bo‘lgan. SHunday qilib, dehqonchilik va chorvachilikning tobora rivoj topishi yuqori samara beruvchi xo‘jalikka aylanishi, oqiatda iste’moldan ham ziyot mahsulot ishlab chiqarishga zamin yaratdi. Bu hodisa moddiy va ma’naviy boylikning asosini tashkil qilardi. Shunday qilib, dehqonchilik madaniyatining kashf qilinishi va kasbga aylanishi dastlabki tsivilatsiya poydevoriga asos bo‘lib xizmat qildi. Arxeologik va paleobotanika fanlarining bergan natijalariga ko‘ra dastlabki dehqonchilikning vatani Yaqin Sharq bo‘lgan. Xususan, Iordan-Falastin fohalari ovchilar va termachilik, baliq tutish bilan shug‘ullangan qabilalarning o‘tkinchi mintaqalari bo‘lib, mil. avv. X-IX ming yilliklarda bu muzofotda dastlabki o‘troq dehqonchilik vujudga keladi. Tarixda natufiylar madaniyati nomi bilan ma’lum jamoalar tog‘ etaklarida yashab, g‘orlarda makonlar qurib, dengiz qirg‘oqlarida yashagan aholi baliqchilik bilan tirikchilik o‘tkazib, bu jamoalar o‘zlarining o‘simliklarni o‘ruvchi – o‘roq qurollariga ega bo‘lganlar. Bu voqea ularning dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lganligidan guvohlik beradi. Keyinchalik bu xo‘jalik yuritish yangiligi keng ko‘lamga tarqala boshlaydi. Masalan, Siriyada Aleppa shahridan 80 km janubroqda Muraybit qishlog‘i qazib o‘rganilganda, bu erda devorlari toshdan qalanib, loysuvoq qilingan uylar topiladi. Bu qishloq jamoasi mil. avv. IX-VIII ming yilliklarda yovvoyi bug‘doy, arpa kabi donli o‘simliklarni bilishgan. Bunday don qoldiqlari qazishmalar vaqtida topilgan. Sharqiy O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida yashagan jamoalar ancha ilgarilab ketib, donli o‘simliklarni sun’iy ravishda o‘stirishni kashf qiladilar. Bu esa turmush tarzi va madaniyatning keskin o‘zgarishiga olib keldi. Kulolchilikning paydo bo‘lishiga qadar tashkil topgan bu dehqonchilik madaniyati izlari, ya’ni natufiya madaniyatiga taalluqli topilmalar O‘lik dengiz qirg‘oqlarida joylashgan va Iordan daryosi havzasidagi Pells – es-Sulton tepaliklari bilan bog‘liq qazishma ishlarida ham kuzatilindi. Bu yodgorliklarning pastki qatlamlari mil. avv. VIIIVII ming yilliklarga taalluqli bo‘qlib, sopol buyumlarsiz, ya’ni kulolchiliksiz neolit davri ekanligini ko‘rsatdi. Bu erdagi topilmalar natufiylar madaniyatining izlaridan guvohlik berardi. Masalan, mil. avv. VIII ming yillikka doir sopolsiz qatlamdan maydoni 4 ga dan iborat toshdan aylantirib olingan qishloq qoldig‘i ochiib o‘rganildi. Tosh devorlar ostida loy-g‘ishtdan qurilgan binolar topilgan. Aslida Pells-EsSulton mil. avv. II ming yillikka doir qal’a qo‘rg‘on bo‘li, mudofaa devor va minoralar bilan jihozlangan edi. Uning mil. avv. VIII-VII minginchi yillarga oid qatlamlari kulolchilikkacha bo‘lgan neolit davri qishlog‘i bo‘lgan. Bu shahar Bibliya kitobida Iorxan shahri ham deb atalgan. Demak, Ierixonning VIII ming yillikka doir qatlami dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan jamoalar (natufiylar) madaniyatiga tegishli edi. Shunday qilib, Ierixon o‘troqlashgan ilk dehqonlar qishlog‘i edi. Ierixonning mil. avv. VII ming yillik qatlamlarida madaniyatning yanada rivoji kuzatilinadi va endilikda xom g‘ishtdan to‘g‘ri burchakli yirik va keng xonalar qurilinadi. Ularning ayrimlarining maydoni 40 kv metrdan iborat edi. Xona poli ohak aralash suvoq bilan suvalgan. Uning ayrim qismlari qizil yoki qora-qizil rang bilan bo‘yalgan. Xona devorlari ham qizg‘ish rangda bo‘yalgan. Xonaning 1 metrgacha poldan balandiga bo‘yalgan, ya’ni qizil panel hosil qilingan. Paneldan yuqorisi esa qoraqizil rangga bo‘yalgan. Bu kabi bezashlar endilikda aholining turmush darajasini tobora rivojlanib borishidan guvohlik beradi. Loydan odam va hayvonlar suratini yasash tusga kiradi. Bu erda odamning loydan yasalgan yirik haykalchasi ham topilgan. Bu haykalchaning hajmi yirik odamnikidek yirik edi. Ular qizil buyoqlar bilan bezalgan. Odamzodning ovqatlanish hayotida ham yangi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ikki qtor donli bug‘doy keng tarqaladi. Ovchilik ancha rivoj topadi. Bu yerdan topilgan kiyik, qo‘y, echki, to‘ng‘iz, eshak kabilarning suyak qoldiqlari bundan guvohlik beradi. Bu vaqtga kelib, echki xonakilashtirilgan edi. It natufiylarning uy hayvonlaridan bo‘lib, mushuk ham uy hayvoni qatorida boqilardi. Bu jonivor g‘amlangan g‘allani kemiruvchi jonivorlardan saqlashda foydali edi. Qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri sifatida Qadimgi Sharqda Kichik Osiyoni kursatish mumkin. Bu mintaqa neolit madaniyatida ham ierixon madaniyatining ayrim xususiyatlari namoyon bo‘lmoqda. Kichik Osiyoning janubiy g‘arbida joylashgan Xodjilar qishlog‘i qatlamlarida bu madaniyat izlarini ko‘rish mumkin. Bu yodgorlikning pastki qatlami mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oiddir. Bu erda ham xom g‘ishtdan qurilgan xonalar topilib, ularning poli va devorlari nihoyatda silliq qilib andovalangan. Kichik Osiyoda qadimgi dehqonchilik va chorvachilikka doir yodgorliklardan yana biri mil. avv. 7250-6750 yillarga doir CheyunyuTepesi hisoblanadi. Bu yodgorlikda ham sopol idishlar yo‘q, biroq xonalar poli ohak aralash qotishma bilan suvalgan, uy devorlari va pollari zangori sariq rang bilan bo‘yalgan. Janubiy Turkiyaga taalluqli bu yodgorlikda iqtisod va madaniyat, xo‘jalikning yanada sifat o‘zgarishlarini kuzatish mumkin. Bu yerda ham birdan bir uy hayvoni it bo‘lgan. Ovchilarning asosiy ov obyektlari zubr va bo‘g‘u hisoblangan. Chayunyu-Tepaning so‘nggi rivojlanish davriga kelib iqtisodda muayan o‘zgarishlar yuz beradi. Qo‘y, echkilar xonakilashtiriladi. Biroq bu holat ovchilik hayotni susaytirgan emas. Qadimgi dehqonchilik madaniyatining galdagi rivojlanish davomini Chatal-Xyuyuk qishlog‘i xarobalari qatlamlarida kuzatish mumkin. Bu yodgorlik hosildor voha Koni tekisligida joylashgan bo‘lib, Churmia shahridan 11 km shimolroqda va yodgorlik mil. avv. VII ming yillikning birinchi yarmi va VI minginchi yillar bilan sanalangan. Bu vohada Koni tekisligida 20 tadan oshiq ishloqlar bo‘lib, Chatal-Xyuyuk markaziy qishloq sanalib, uning maydoni 13 ga dan iborat bo‘lgan. Bu shaharga aylanish arafasida turgan Chatal-Xyuyuk koni tekisligidagi bir guruh ilk dehqonchilik qishloqlarining umumiy poytaxti rolini o‘ynagan. Bu yerda yashagan aholining asosiy xo‘jaligi chorvachilik va dehqonchilikdan iborat bo‘lib, ular 14 xil o‘simliklarni madaniylashtirgan. Shulardan arpa va nuxot alohida o‘rin tutgan. Danak qoldiqlariga qaraganda, ular o‘simliklar donidan yog‘ olishni ham bilganlar. Ayrim o‘simlik donlaridan vino-sharob olishni bilishgan. Bu hodisa keyinchalik butun Kichik Osiyoga tarqalgan. Uy hayvonlaridan yirik shoxli va tuyoqli jonivorlar ko‘paytirilgan, Chatal-Xyuyuk binolarining devorlarida bo‘g‘u, buqa kabilarga ov manzaralari tasvirlangan bo‘lib, bu esa ibtidoiy san’atning rivojlanishidan guvohlik beradi. Chatal-Xyuyukda ko‘p xonali to‘g‘ri burchakli uylar loy g‘ishtdan qurilgan. G‘ishtdan o‘tirg‘ichlar yasagan, xona devor oralig‘ida sig‘inish burchaklari bo‘lgan. Dafn marosimlari nargi dunyo va tiriklik dunyosi mavjudligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lib, o‘lganlarni xonalar devori yoki poli ostilariga avval suyakdan etini tozalab dafn qilishganlar. Dafn qilinadigan odam avval matoga yoki bo‘yraga o‘rab ko‘milgan. Qabrlarda dafinalar bilan birga yasan-tusan taqinchoqlar (ayollar), tosh mehnat qurollari (erlar) lahad qilinib dafn qilingan. Topilmalarning boylik hajmiga qarab, ayrim oila yoki qishloqlarning jamoada tutgan mavqeini aniqlash mumkin. Ayollar qabriga marjonlar, har xil bilaguzuklar, tosh omoch, suyakdan yasalgan silliqlovchi yoki tikuvchi asbob, qoshiq kabilar, yerlar qabriga tosh bolta to‘qmog‘i, xanjarlar qo‘yilgan bo‘lib, ular yirik obsidon tosh bo‘laklaridan yasalgan. So‘ngra nayza tig‘i, keskir paraxalar, yoy o‘qlari, suyakdan yasalgan belbog‘ qistirg‘ichlari qo‘yilgan. Chatal-Xyuyuklarning asosiy qurollari absidian toshidan ishlangan. Bu qishloq aholisi metallning bolg‘alab foydalanishni bilganlar. Mis va qo‘rg‘oshin qoldiqlari bundan dalolat beradi. Suyakdan yasalgan qurollar ham uchraydi. Metalldan munchoqlar yasashgan. Lekin hali bu holat keng tarqalmagan edi. endigina paydo bo‘lgan sopol idishlar hali naqshsiz edi. Sopol idishlar asosan yodgorlikning yuqori qatlamiga taalluqli bo‘lib, uy-ro‘zg‘or idishlari ko‘pincha yog‘ochdan edi. Chatal-Xyuyukda kosmetika predmetlari, bo‘yoqdonlar, obsidiana toshidan yasalgan oynalar topilgan. Turmushda bo‘yanish uchun oxradan keng foydalanilgan. Bunday kosmetik bo‘yoqlar O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida uchraydigan chig‘onoqlardan bo‘yoqdon sifatida foydalanilgan. Chatal-Xyuyukning sig‘inish o‘choqlari, altarlari bo‘lgan. Bu yodgorlik devorlaridan relefli chizmalar topilgan. Altarlar yaxshilab bezatilgan. Bu yodgorlik suratlarida ovchilikka bag‘ishlangan chizmalar bisyor uchraydi. Bu erda biz hosildorlik xudosi tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Marmardan qilingan tabarruk erkak haykali topilgan. Tosh xanjar ham topilgan bo‘lib, uni olimlar sig‘inish kulti bilan bog‘lashadilar. Chatal-Xyuyuk neolit davrida shu voha qishloqlari aholisi mafkuraviy markazi rolini o‘ynagan. Bunday yirik markaz qishloqlar ilk shaharlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan. Yana bir muhim uchinchi qadimgi dehqonchilik madaniyati markazlaridan Old Osiyoning Shimoliy Mesapotomiyasi hisoblanadi. Bu hududda G‘arbiy Eron tog‘oldi massivlari ham kiradi. Bu yerda mil. avv. VII-VI minginchi yillarda Jarmo tipidagi madaniyat rivoj topadi. Shu tipdagi yodgorliklar qatoriga Jarmo qishlog‘ining o‘zi ham kiradi va u 1950 yilda kashf qilingan. Bu yodgorlikning kashf qilinishi bilan ilk dehqonchilik davrining yangi bosqichi boshlanadi. Shunday yodgorliklardan yana biri Iroq tog‘ massivi Zagros yon bag‘rida joylashgan Tell-Shamshir hisoblanadi. Shu yodgorliklar qatorida TepaSorob va Eron hududida joylashgan Tepa-Guran yodgorliklari mavjud va o‘rganilgan. Bu yodgorliklar ilk dehqonlar qishloqlaridan iborat bo‘lib, uy binolari poydevorlari toshdan qalangan va devorlari loy g‘ishtdan qurilgan. Bu yodgorliklarda kulolchilik biroz keyinroq namoyon bo‘ladi. Bu sopol idishlar oddiygina naqshlangan. Biroq toshdan yasalgan ro‘zg‘or idishlarining soni juda ko‘p. Kulolchilik payda bo‘lgandan keyin ham tosh idishlar davom etgan. Bu jamoalar loydan turli haykalchalar, o‘yinchoqlar yasashni bilishgan. Ayniqsa, ayol haykalchalar serob uchraydi. Tog‘li Jarmo qishloqlarida dehonchilik va chorvachilik iqtisodi ancha rivoj topgan. Ular bug‘doy va arpa navlarini madaniylashtirgan. eng muhimi, bu jamoalar muqim yashashga o‘tganlar. Shu boisdan, Jarmo qishlog‘ida 7 metrdan iborat qalinlikdagi madaniy qatlam tashkil topgan. Tog‘ massivlaridan tashqari odamzod jamoalari dehqonchilik va chorvachilik uchun keng tekis maydonlarni ham o‘zlashtiradilar. Shunday yodgorliklardan biri Shimoliy Iroqda joylashgan TellMagzaniya qishlog‘i bo‘lib, uning madaniy qatlami 8 metr. Bu yodgorlik sovet arxeologlari tomonidan o‘rganilgan. Loy paxsadan qurilgan uylarning poydevorlari tosh qatlamlari bilan mustahkamlangan. Keng va tekislik maydonlarda qurilgan qishloqlar mudofaa devorlari bilan mustahkamlanishni taqozo qilardi. Tel-Magazamiya shunday mudofaa devori bilan o‘rab olingan, minoralari va darvozasi bo‘lgan. Shunday qilib, dehqonchilikning rivojlanishi bilan qurilish fortifikatsiyasiga ega qishloqlar paydo bo‘ladi. Shuning bilan bir vaqtda Sanjar tekisligidagi yodgorliklar madaniy hayotida Sharq va G‘arb an’analari qo‘shilgan holda namoyon bo‘ladi. Madaniyat an’analarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu umummiqyosda rivoj topgan tarixiy jarayon edi. Bu vohalarda asta-sekin sug‘orma dehqonchilikka o‘tish hamda tosh tishli omochlar paydo bo‘ladi va dehqonchilik natijalari osha boradi. Yevropaning ilk dehqonchilik madaniyati ham Yaqin Sharq dehqonchilik madaniyati kabi qadimiydir. To‘g‘ri, bu mintaqalarda Sharqiy O‘rta Er qirg‘oqlaridagidek dehqonchilik va chorvachilik darhol tashkil topmagan. Arxeolog olimlarning tahliliga qaraganda, mayda shoxli hayvonlar va bug‘doyning ayrim navlari Bolqon yarim orlga Kichik Osiyodan kirib kelgan. Har qalay, Bolqonda mil. avv. VI ming yillikda qadimgi dehqonlar va chorvadorlar madaniyatida loydan qurilgan uylar, alohida qurilgan jamoat binolari paydo bo‘ladi. Masalan, Makedoniya va Janubiy Bolgariyada Koronova singari dehon va chorvdor qishloqlari paydo bo‘ladi. Balqon dehqon jamoalari madaniyati, ayniqsa, kulolchilikda boshqalardan farq qilardi. Mil. avv. VI-IV ming yilliklarga kelib, bu muzofotlarda naqshlangan sopol va loy haykaltaroshligi ancha rivoj topgan. Bolqon dehqonchilik madaniyati Yevropa materigida dehqonchilikning tashkil topishida muhim o‘rin egallagan. Biroq ichki inqirozlar tufayli bu o‘lkalarda Krit va Peloponesdan tashqari joylarda ilk dehqonchilik sivilizatsiyasi uzoq vaqtlar rivoj topmadi. Sobiq Ittifoq hududida qadimgi dehqonchilik va chorvachilik madaniyatining 3 ta markazi tashkil topgan: Janubiy-G‘arbiy Moldaviya, Janubiy-G‘arbiy Ukraina, Kavkaz va O‘rta Osiyo markazlari. Bu markazlar Qadimgi Old Osiyo va Shimoliy Mesapotomiya madaniyatlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Shulardan biri Joyitun o‘troq qadimgi dehqonchilik madaniyati haqida alohida so‘z yuritish mumkin. Bu madaniyat Janubiy Turkmaniston va qisman Shimoliy-Sharqiy Eron hududlariga tarqalgan. Bu mintaqadagi yodgorliklar mil. avv. VI ming yilliklarga taalluqli bo‘lib, bu jamoalar o‘troq dehqon va chorvadorlardan iborat edi. Tog‘ etaklari bo‘ylab o‘tadigan daryo vohalarida ular arpa va ikki navdan iborat bug‘doy o‘ndirganlar. Bu jamoalar tosh paraqalaridan keskir o‘roqlar yasashni bilganlar. Ayrim qishloqlardan topilgan tosh qurollarning 30-40 % ni shunday o‘roq qurollar tashkil qiladi. Uy hayvonlaridan echki, keyinchalik qo‘y va yirik shoxli jonivorlar saqlangan. Xonalar – uylar loy guvalalaridan qurilgan bo‘lib, hovli va xo‘jalik xonalari, xona devori yaqinida o‘choq bo‘lgan. Pollar ohaklangan loylar bilan suvalgan va qizil hamda qora rang bilan bo‘yalgan. Shunday ranglar bilan uy devorlariga ham jilo berilgan. Joyitun madaniyati yodgorliklari markaz qismida Passedjik-depe qishlog‘i qazib o‘rganiladi. Bu erda juda katta hajmdagi xonalar ochiladi. Ularning devorlari polixrom ranglar bilan bo‘yalgan va har xil syujetli suratlar, jumladan, tuyoqli mollar, mushuk oilasiga kiruvchi yo‘lbars kabi suratlar rangdor qilib ishlangan. Xonalarning birida geometrik shakllar ham chizilgan. Bu qishloqda jamoa uyi topilgan bo‘lib, u sig‘inish markazi bo‘lgan. Joyitunliklar tosh va suyak qurollardan tashqari kulolchilik bilan tanish bo‘lgan. Sopol idishlar turli, ayniqsa, geometrik shakllar bilan bezatilgan. Joyitun madaniyati madaniy jihatdan Jarmo madaniyatiga o‘xshab ketadi. Mil. avv. VI-V ming yilliklarda Kavkazortidagi Kura daryosi vodiysida o‘troq dehqon va chorvachilik madaniyati rivoj topadi. Bu jamoalar madaniyati Shomu-tepe-Shuloveri qishlog‘i nomi bilan bog‘liq. Bu uncha yirik bo‘lmagan qishloq uylari arxitektura sohalari loydan qurilgan. Bu an’ana Kavkazorti qabilalarida uzoq davom etgan. Ularning sopol idish sirtlariga solingan naqshlar chiziqlar bilan bezatilgan. Loy va toshdan hayvon haykalchalari yasalgan. Kavkazda bu davrda ilk dehqonchilk madaniyati markazlaridan biri tashkil topadi. Bu madaniyat o‘zining arxaizmi bilan ajralib turadi. Mil. avv. VI ming yillikda Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda ham ilk dehqonchilik va chorvachilik madaniyati tashkil topadi. Ovchilik ham hali o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan edi. Bu jamoalar kiyik, buyval, qo‘y va hatto fillarga ham ov qilishgan. Bu jamoalar loydan qurilgan uylarda yashagan. Ularda sopol buyumlar ancha keyin kirib kelgan bo‘lib, Old Osiyo sopollariga xos qizil ranglar bilan bezatilgan. Mil. avv. VI-V ming yilliklarda Gang daryosi vodiysida ovchilik bilan dehqonchilik barobar rivojlanishda edi. Aholi hali termachilik bilan keng shug‘ullangan. Dehqonchilik va chorvachilik iqtisodi hali sust edi. Tailandda qazib o‘rganilgan «Ruhlar g‘ori» madaniy qatlamidan o‘simlik qoldig‘i, shuningdek, nuxat, fasol kabilarning qoldiqlari topilgan. Mil. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe vodiysida ilk dehqonchilik madaniyati gullab yashnaydi. So‘nggi yillarda Xitoyda mil. avv. VI-V ming yilliklarda dehqonchilik ancha rivoj topgan. Mil. avv. III ming yillik boshlari va II ming yillikda Markaziy Amerikada lokal xarakterdagi dehqonchilik vujudga keladi. Mil. avv. VII va III ming yilliklarda Peruda mahalliy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Yuqorida keltirilgan manbalar qadimgi dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlarining sekin-asta evolyutsiyasidan dalolat beradi. Ammo shuni avvalo alohida qayd etish lozimki, neolit davrida sodir bo‘lgan ilk dehqonchilik va chorvachilik faqat ehtiyojni qondirin mumkin. Kundalik ehtiyojdan tashqari ekonomika hali ko‘rinmaydi. Faqat sug‘orma dehqonchilikning tashkil topishi bu masalaga yakun yasaydi. Sug‘orma dehqonchilik va chorvachilikning rivoji ehtiyojdan ziyot mahsulotlar ishlab chiqishga asos soldi va bu hodisa sivilizatsiyaning barkamol rivojlanishiga olib keldi. Irrigatsiya rivojlangan Misrning Nil vodiysida va Dajla hamda Ifrot daryolari oralig‘i Qadimgi Mesapotomiyada bu taraqqiyot boshqa mintaqalarga qaraganda ancha erta sodir bo‘ldi.