Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot XIX asrning 50-60-yillarida Fransiyaning iqlisodiy taraqqiyoti iyul monarxiyasi davriga qaraganda ancha tez bordi. 1851-1869 yillarda mamlakatning milliy daromadi 2 barobar oshdi. Temir va po`lat ishlab chiqarish esa 5 million tonnadan 20 million tonnaga yetdi. Bug` mashinalarining soni esa 8 mingdan 33 mingga yetdi. Ammo mamlakatda og`ir industiriyaning taraqqiyoti yengil sanoatdan orqada qolmoqda edi. Fransiya temiryo`l turlari bilan qoplandi. Temiryo`l liniyalarining umumiy uzunligi 17,5 ming km ga etdi. 1879 yilda frantsuz tijorat flotining tonnasi 1 million tonnadan oshib ketdi Uning 200 ming tonnasi bug` kcmalari zimmasiga to`g`ri kelardi. Bu vaqlda Angliya bug` kcmalarining tonnasi 1 million 250 ming tonnani, yelkanli kemalar bilan birga esa umumiy tonnaji 6 million tonnani tashkil qilardi.
Angliyadan farqli holda Fransiyada fabrika sanoatinihg tez rivojlanishi bilan birga ko`p sonli mayda - qo`l rnehnatiga asolangan ishlab chiqarish mavjud bo`lib qolaverdi. 60-yilarda Angliyada yirik mashina ishlab chiqarish, hunarmandchilik va mayda ishlab chiqarishni butunlay siqib chiqardi. Mamlakat poytaxti bo`lgan Parijda mayda ishlab chiqarish ko`proq edi. Parijda yirik ishlab chiqarish korxonalari o`nlab zavodlar, tamaki fabrikalari. tipografiyalar va boshqalar mavjud edi. Ammo bu yirik korxonalarda 440 ming kishilik sanoat ishchilarining bor-yugi 50 mingi band edi, xolos.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida banklarning roli oshdi. 1848 yilgi inqirozdan so`ng departamenllarning emissiya banklari frantsuz bankiga aylantirildi. Mamlakatda faqat frantsuz bankigina qog`oz pullarni chiqarish huquqiga ega edi. Yangi ""Kredi mobile"" va "Lion krediti" banklari katta ta`sirga ega bo`ldi. 1852 yilda dehqon xo`jaliklarini kapital bilan ta`minlashda katta ahamiyatga ega bo`lgan "Yer kredit" banki tashkil qilindi. Frantsuz qishloqlarida mayda dehqon xo`jaliklari ko`pchilikni tashkil qilib, ular "partsellar" deb atalar edi. Barcha dehqon xo`jaliklarining 75 foizini 10 gektargacha eri bo`lgan xo`jaliklar, 19 %ini o`rta dehqon xo`jaliklari. 4,7 %ini yirik -- 40 gektardan ziyod eri bo`lgan xo`jaliklar, tashkil qilar edi, Mamlakatda 3 millionga yaqin dehqon-batraklar mavjud edi. Bundan tashqari 1 milliondan ko`proq yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan dehqonlar ish izlab shaharga ketgan edi. Shunday qilib, Fransiyaning millionlab dehqonlari qashshoqlikka mabkum qilingan edi. Bu Napoleon III ni qo`llab -quvvatlaganliklari uchun frantsuz dehqonlariga imperatorning "minnatdorchiligi" edi.