Xvi—xix asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari san`ati


MUSTAQILLIK YILLARIDA QURILGAN MAQBARA VA MASJIDLAR



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə7/8
tarix20.10.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#158082
1   2   3   4   5   6   7   8
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o\'rta osiyo xalqlari san`ati

MUSTAQILLIK YILLARIDA QURILGAN MAQBARA VA MASJIDLAR
Reja:

  1. Mustaqillik yillarida qurilgan maqbaralar

  2. Mustaqillik yillarida qurilgan masjidlar

  3. Mustaqillik yillarida maqbara va masjidlarga e’tibor

Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi.
Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‘lik ulug‘vorligi haqida bir tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug’i ostida “Islom olami bilan do’stlik” shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o’rnatish boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat parlamenti deputati, “Jaridat Tarabul” gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko’ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat’iy talab qiladi. Qutlug’ qadamjolar toptalgan o’sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog’ida ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo’lmasligini o’ylagan tashkilotchilar Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o’rniga Samarqandgacha poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib bo’lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko’rsatib, Samarqandni ham kuni bo’yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadim al-Jisr qabrga yetib borgach tiz cho’kib, yerni o’padi, ko’zda yosh bilan Qur’oni Karim oyatlarini o’qiydi. Ziyoratdan qaytgach, rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o’shancha og’irlikdagi tilla evaziga berishlarini so’raydi…[1]
Xalqimizning eng tabarruk go’shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, ulug’larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni oyoqosti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to’g’ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizga tarix zarvaraqalarida yashirin yotgan ayrim haqiqatlar va obidalarimiz qadrini ham tiklab berdi.
Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo’lida qilgan ulkan ishlari munosib baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maqbara o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatildi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin