Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


-yilda Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi



Yüklə 214,93 Kb.
səhifə16/56
tarix11.03.2022
ölçüsü214,93 Kb.
#53606
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi

1928-yilda Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi va direktor lavozimiga Nikolay Mironov tayinlandi. U institutning ish faoliyatini uch yo‘nalishida olib bordi. Ya’ni o‘zbek va Yevropa musiqa cholg‘ularida talabalarni o‘qitish, raqs bo‘limida milliy va Yevropa professional raqs san’atini o‘rganish va musiqa merosini o‘zlashtirish notaga yozish va targ‘ibot qilish.

Tasdiqlangan dastur asosida professional milliy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklandi. O‘zbek, tojik xalqlarining va Yevropa musiqiy meros an’analarini talabalarga o‘rgatish uchun institutga Buxoro, Xorazm va Farg‘ona vodiysidan yuqorida zikr qilingan san’at ustalari: Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hoji Abduraxmon Umarov, Matyusuf Xarratov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov kabi ulug‘ san’atkorlar yoshlarga maqom san’ati sirlarini o‘rgatishdi. Tez orada institut Nikolay Mironov rahbarligida quyidagi musiqaga doir kitoblarni nashrdan chiqardi: O‘zbek va tatar tillarida “Boshlang‘ich musiqa nazariyasi”(1929 yil) darslik, rus tilida “Музыка узбеков” (1924-yil), “Обзор музыкальных культур узбеков и других народов Востока” (1931- yil), “Музыка таджиков” (1932- yil) va institut talabalari: Muxtor Ashrafiy Buxoro, Tolibjon Sodiqov Farg‘ona vodiysi va Sharif Ramazonov Xiva xalq qo‘shiqlarini zamonaviy notaga yozdilar va Nikolay Mironovning muharrirligida 1931-yili “Песни Ферганы, Бухары и Хивы” nomi bilan chop etildi. Muzkur institut O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarini quyidagi san’at arboblarini yetkazib berdi: Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, Sharif Ramazonov, A.Xalimov, Doni Zokirov, Manas Leviyev, M.Nasimov, Sh.Sohibov, M.Kalandarov, P.Raximov, Nabijon Hasanov, F.Shamsuddinov, B.Inoyatov, F.Shahobov, Qori Siroj Yusupov kabi san’at ahli talabalik davrlarini hurmat va ehtirom bilan eslashardi. Mazkur institut 1932-yil O‘zbekistonning yangi poytaxti Toshkent shahriga ko‘chib o‘tkazilishi sababli faqat ilmiy tadqiqot ishlari bilan faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lib qoldi. Chunki, institut talabalari Toshkent davlat musiqa texnikumiga o‘tkazildi, xoreografiya bo‘limi uchun maxsus maktab ochildi. Kelgusida ushbu institutda turli san’at bo‘limlari ham tashkil topdi. Hozirda ilmiy-tadqiqot insituti respublikamizning madaniy hayotida, turli san’atlarga bag‘ishlangan fanlarning rivojlanish jarayonida faollik ko‘rsatmoqda.




Yüklə 214,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin