www.sharqjurnali.uz
5
Koʻpincha bu kabi milliy valyutaning past baholanishi “valyuta kursi
himoyalanishi” sifatida ta’riflanadi; u mamlakatning eksportga boʻlgan raqobatini
oshirib, import qilishga boʻlgan xohishini kamaytiradi.
Oʻzbekistonda shu kabi muammolarni inobatga olgan holda, 2017-yilning 2-
sentabrida
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Valyuta
siyosatini
erkinlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5177-
sonli Farmoni e’lon qilindi. Bu Farmon amaldagi valyutani tartibga solish tizimini
tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik
subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga
qaratilgan edi. Quyida mazkur farmon qabul qilinishiga sabab boʻlgan omillar va bu
farmon ijrosi natijasida vujudga keladigan oʻzgarishlar haqida soʻz boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga
mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsya muhitini
yaxshilash, joriy investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammo
va kamchiliklar mavjudligi sabab boʻldi.
Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi
savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xoʻjalik
yurutuvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida biznesni yuritishga doir teng boʻlmagan shart-
sharoitlar paydo boʻldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi
vujudga keldi.
6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-
sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy
shaxslarga chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash
shoxobchalariga erkin sotish va konversion boʻlimlaridan sotib olish va chet elda
hech qanday cheklovlarsiz ishlatish huquqi berildi.
Milliy valyutaning yagona toʻlov vositasi sifatidagi mavqeyini mustahkamlash
maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar (ishlar) uchun chet
el valyutasida toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlandi. Shu jumladan, ushbu Farmon
bilan tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav
kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi qayd
etildi.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida transport
ekspeditsiyasi shartnomalari (yuklarni yetkazib berish manzilidan qatiy nazar)
boʻyicha hisob-kitoblar faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga
oshiriladi.
6
www.cbu.uz
“Valyuta siyosatini liberallashtirsh boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonga
sharh.
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |