www.sharqjurnali.uz
6
Oʻz navbatida, chet ellik yuk tashuvchilarning xizmatlari uchun toʻlovni
amalga oshirish joriy xalqaro operatsiya hisoblanadi va u boʻyicha rezident yuridik
shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 10 iyuldagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan “Birjadan
tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ga asosan amalga oshiriladi.
Mamlakat hududida vositachilik (komissiya) shartnomasi asosida chet el valyutasida
hisob-kitoblarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lum qilishicha Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini
liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5177-
sonli Farmoniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish va xizmat)lar
uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, xalqaro tajribaga
muvofiq xalqaro toʻlov kartalari orqali toʻlovlar bundan mustasno.
Farmonini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining qaroriga muvofiq Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi
hisobvaraqlarni yuritish Tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (1998 yil 22
oktyabr 511-son).
Yuqorida qayd etilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga koʻra, chet el
valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatuvchi
yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklariga oʻz mablagʻlarini erkin tasarruf
qilishlarini kafolatlash maqsadida, ularning bank hisobvaragʻidan chet el valyutasini
naqd koʻrinishida olish huquqi berildi.
Markaziy bank tomonidan valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida tijorat
banklari kredit portfelining xorijiy valyutadagi qismi boʻyicha vujudga kelishi
mumkin boʻlgan oʻzgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan
amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar tahlil etildi.
Mamlakat hududidagi barcha toʻlovlar milliy valyutada amalga oshirilishi
lozimligini inobatga olib hamda noqonuniy va spekulyativ operatsiyalarni oldini olish
maqsadida ehtiyoj uchun zarur boʻlgan valyutani qonuniy ravishda erkin xarid qilish
imkonini beruvchi chet el valyutasini sotib olish tartibi joriy etildi.
Chet el valyutasi oldi-sotdisi boʻyicha bank xizmatlarining ommabopligini
ta’minlash uchun Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan qator chora-tadbirlar
amalga oshirildi.
7
1. Barcha viloyatlarda keng qamrovli valyuta ayirboshlash shoxobchalari
tarmogʻi yaratilib, hozirda ularning umumiy soni 900 dan oshdi va ularda mijozlarga
7
http://m.cbu.uz.uzc/press-tsentr/press-relizy/2017/12/96186/
“Chet el valyutasi oldi-sotdisi boʻyicha bank xizmatlari
ommabopligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |