Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 337,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü337,59 Kb.
#46713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MDH davlatlarida yashash standarti va unga valyuta kursining ta'siri

www.sharqjurnali.uz 

                                                                                                                                

5

 

Koʻpincha  bu  kabi  milliy  valyutaning  past  baholanishi  “valyuta  kursi 



himoyalanishi”  sifatida  ta’riflanadi;  u  mamlakatning  eksportga  boʻlgan  raqobatini 

oshirib, import qilishga boʻlgan xohishini kamaytiradi.  

Oʻzbekistonda shu kabi muammolarni inobatga olgan holda, 2017-yilning     2-

sentabrida 

Oʻzbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“Valyuta 

siyosatini 

erkinlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5177-

sonli  Farmoni  e’lon  qilindi.  Bu  Farmon  amaldagi  valyutani  tartibga  solish  tizimini 

tubdan  isloh  qilish,  valyuta  siyosatini  liberallashtirish,  barcha  tadbirkorlik 

subyektlariga  tashqi  savdo  faoliyatini  amalga  oshirishda  teng  sharoitlar  yaratishga 

qaratilgan edi. Quyida mazkur farmon qabul qilinishiga sabab boʻlgan omillar va bu 

farmon ijrosi natijasida vujudga keladigan oʻzgarishlar haqida soʻz boradi.  

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  mazkur  Farmoni  qabul  qilinishiga 

mamlakatimiz  eksport  salohiyatini  oshirish,  ishbilarmonlik  va  investitsya  muhitini 

yaxshilash,  joriy  investitsiyalarni  jalb  qilishga  toʻsqinlik  qilayotgan  qator  muammo 

va kamchiliklar mavjudligi sabab boʻldi.  

Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi 

savdo  faoliyatini  amalga  oshirishda  iqtisodiyotning  ayrim  tarmoqlari  va  xoʻjalik 

yurutuvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida 

tadbirkorlik  subyektlari  oʻrtasida  biznesni  yuritishga  doir  teng  boʻlmagan  shart-

sharoitlar paydo boʻldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi 

vujudga keldi.

6

 



Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  2  sentyabrdagi  PF-5177-

sonli  Farmoni  bilan  Oʻzbekiston  Respublikasining  rezidenti  boʻlgan  jismoniy 

shaxslarga  chet  el  valyutasini  tijorat  banklarining  valyuta  ayirboshlash 

shoxobchalariga  erkin  sotish  va  konversion  boʻlimlaridan  sotib  olish  va  chet  elda 

hech qanday cheklovlarsiz ishlatish huquqi berildi. 

Milliy valyutaning yagona toʻlov vositasi sifatidagi mavqeyini mustahkamlash 

maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar (ishlar) uchun chet 

el  valyutasida  toʻlovlarni  amalga  oshirish  taqiqlandi.  Shu  jumladan,  ushbu  Farmon 

bilan tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav 

kapitaliga  qoʻyiladigan  minimal  talablar  faqat  milliy  valyutada  belgilanishi  qayd 

etildi. 

Shu  munosabat  bilan,  Oʻzbekiston  Respublikasi  hududida  transport 

ekspeditsiyasi  shartnomalari  (yuklarni  yetkazib  berish  manzilidan  qatiy  nazar) 

boʻyicha  hisob-kitoblar  faqat  Oʻzbekiston  Respublikasi  milliy  valyutasida  amalga 

oshiriladi. 

                                                           

6

 

www.cbu.uz



 “Valyuta siyosatini liberallashtirsh boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonga 

sharh. 



“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил 


Yüklə 337,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin