SO'ROQ VA UNDOV BELGILARI, ULARNING QO'LLANILISHI So'roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so'roq so'ziga olib borib taqaydilar. So'roq ma'nosida maz-kur so'zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, ke-yinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o'zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so'ng muntazam ishlatila boshlangan.
So'roq belgisi quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1. So'roq gaplarning oxirida.
Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo'ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo'ldim? (ohang o'zgaradi).
2. Kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi kabi so'roq olmoshlaridan so'ng.
Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so'roqlariga javob bo'Iadi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa, undan so'ng qavs ichiga qo'yiladi. «Toping!» ma'nosida.
Abdulla Qodiriyning «0'tgan kunlar» qissasida (?) o'zbek xalqining yaqin o'tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).
UNDOV BELGISI VA UNING QO'LLANILISHI Undov belgisi o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan. Mutaxas-sislarning fikricha, u lotincha lo — undov so'zidan kelib chiqqan bo'lib, unga nuqta (.) ning qo'shilishidan hosil bo'lgan.
Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi: 1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so'ng qo'yiladi.
Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oladi.
— Ana tuproq, mana tuproq! — deydi. — Bo'rsildoq tuproq, mag'izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! (Tog'ay Murod). 2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma'-
nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi.
Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi. Suv ostida o'pqonlar ko'p. Tortib ketmasin!
3. So'z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so'ng qo'yiladi.
Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o't, mening qo'limni tut, belimni bog'la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat). 4. Ha, yo 'q, xo'p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so'z-gaplarhayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng qo'yiladi.
Balli-balli! — dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi (A. Qodiriy). Yo'q! Borolmayman, — dedi qayrilib.
5. Matn ichida alohida ta'kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so'zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin.
«Boburnoma» da tarix, etnografiya, til, adabiyot geo-grafiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g'oyat qimmatli ma'lumotlarni uchratish mumkin.
6. Aytilishi lozim boigan fikr o'ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo'yiladi.
Charos kafti bilan yuzini to'sgancha o'zini orqaga tash-ladi.
A-a-a!!! — dedi chinqirib (O'. Hoshimov).
Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.
Xanjarimiz qonsirag'on! (A. Qodiriy).
7. His-hayajon bilan aytilgan so'roq, shuningdek, ritorik so'roq gaplardan so'ng.
Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog'insang, qanday baxt bu! (O'. Hoshimov).