Xxi asrda innovatsiyalar


ILMIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 24,19 Kb.
səhifə3/3
tarix26.04.2023
ölçüsü24,19 Kb.
#103063
1   2   3
12-mavzu. XXI asrda innovatsiyalar

ILMIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
2.Ilmiy uslub va sohaviy terminal
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan). Jismni tashkil qilgan % molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning o’ zaro ta’sir potensial energiyalarining yig’indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan).
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo’linadi: 
1) sof Ilmiy uslub; 
2)ilmiy-ommabopuslub.)
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo’llaniladi. 
Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng 
qo'llaniladi. 
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad 
qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. 
Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi. Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan arqlanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki 
adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy 
xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan fydalaniladi. Masalan, jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks 
yurisprudentsiya tarmoqlarida;
jamiyat, ong, tafakkur, mushohada falsafada va h.k. Ilmiy slubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida oki ta’rifning mazmunini 
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi. Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda 
boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu 
uslubda kamroq ishlatiladi. Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqrizva referat singarilar uning ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi.Garchiularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridanfarq qilsada, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni tashkiletadi. 
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. 
Shuning uchun bu uslubda so‘zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo‘llash, sinonimik 
qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan 
variantini tanlash, hech bo‘lmaganda, neytral variantini qo‘llash taqozo etiladi. 
Terminlarni qo‘llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi: Kimyoviy tarkibiga 
ko‘ra gerbitsidlar anorganik va organik gerbitsidlarga bo‘linadi. 
Anorganik gerbitsidlar: natriy arsenit, ammoniy sulfat, kalsiy sianamid, sulfat kislotava boshqalar. Organik gerbitsidlar: traktor kerosini, mochevinahosilalari, xlorfenoksisirka kislota, xlorfenoksimoy kislota va boshqalar. Hozirgivaqtda ko‘proq organik birikmali va ba’zan anorganik birikmali gerbitsidlar qo‘llaniladi, 2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.
«Mantiq» darsligidan bir misol keltiramiz: «Epimemid «Men yolg‘on gapiraman» deb aytdi. Bu paradoksni mutlaqo hal etib bo‘lmaydi. Aytaylik, Epimenid rost gapirdi,bu holda uning haqiqatda yolg‘on gapirgani aniq bo‘ladi. 
Aytaylik, и yolg‘on gapirdi. Bu holda uning haqiqatda hamrost gapirgani ma’lum bo‘ladi» Ma’lum bo‘ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko‘rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik 
omillar ham belgilashi mumkin. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so‘zlar, gaplar, abzatslar o‘zaro mantiqiy 
bog‘langan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ilmiy matnlarda bu izchillikni yuzaga 
keltiruvchi ma’lumki, ma’lum bo‘ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o‘rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko‘rinadiki, 
ta’kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko‘plabbog‘lovchi vazifasini bajaradigan so‘z va birikmalar 
qo‘llaniladi. 
Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi.
Gaplar darak mazmunida bo‘lib, asosan sodda yoyiq holda bo‘ladi. Agar fikr qo‘shma gaplar yordamida ifodalansa, bog‘lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi: G‘alla ekinlari urug‘lari saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligini sifatli urug‘ bilan ta’minlashda uni saqlash muhim tadbirdir. Ekiladigan g‘alla urug‘lari uchun davlat standarti belgilangan. Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin belgilarga ega emas. 
Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning 
ko‘pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo‘lgani kabi, so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda qo‘llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Subyektiv emotsionallik, obrazlilik, og‘zaki nutq ementlari,
umuman g‘ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar bayon bir xil me’yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlardafikr yuritilayotgan manba, mavzu 
bilan uyg‘un ravishda ba’zan bu uslubda ham obrazli ifodalardan foydalanishistisno emas. Masalan: Differensial tenglamalaming xususiy hosilalari fizikaga cho‘ri bo‘lib ishga kirdi, keyin u choridan bekaga aylanib ketdi (R.Bekjonov). Muallif individualligining kam sezilarli bo‘lishi ham ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridanbiridir. Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‘g‘risida M. Mukarramovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilning ilmiy stili» monografiyasida
quyidagi fikrlar bayon qilingan: Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan grammatik ko‘rsatkichlardan oydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha takror qo‘llanadi. Subyektiv baho shakllari xos emas. – lar ko‘plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasada, atama hosil qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs 
qo‘shimchalari ishlatilmaydi. III shaxs shakli faol. Undov va taqlid so‘zlar ham bu 
uslubga xos emas. Yuklamalarning esa imkoniyati chegaralangan. Ilmiy nutq 
uchun aytiladi, yoritiladi, bayon qilinadi, aniqlanadi, tekshiriladt, foydalaniladi,
ta’riflanadi singari xoslangan fe’llar mavjud. Fe’lning majhul daraja shakli ham
bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-kelasi zamon shaklidan tashqari xarakterli 
zamon ko‘rsatkichi yo‘q. Kishilik olmoshlari kam qo‘llaniladi. Bu gap faqat muallif va men ma’nolarida qo‘llaniladigan hamda kamtarlik ma’nosini ifodalaydigan biz olmoshiga tegishli emas. Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun shunday qilib, shu sababli, bundan 
keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi. Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi.
Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning 
lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini 
ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi. 
Yüklə 24,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin