396
TA’LIM JARAYONIDA ILMIY DUNYOQARASHNI
SHAKLLANTIRISH
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma
davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lgan.
Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy tarixiy hodisa sifatida doim
vorislik asosida rivojlanadi. O‘tmish dunyoqarashlari yangi davr
dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni hayotbaxsh oziqa
bilan ta’minlab turadi.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va
buyumning, voqea va hodisalarning ko‘rinib turgan ifodasiga,
shakliga
qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmu-
niga qarab baho berishi kerak. Inson ongini, tafakkurini fayla-
suflar tabiat — materiya rivojlanishining mahsuli deb hisoblay-
dilar. Odamlar tabiat va ijtimoiy turmush hodisalariga ilmiy
nuqtayi nazardan qarashga asoslanib, bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlarini
vujudga keltiradilar, shu asosda odam o‘zini o‘zi
bilib oladi.
O‘qituvchi o‘quv jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllan-
tiradi. Odam o‘zining butun umri davomida ham dunyoqarashga
doir yangidan-yangi masalalarni hal qilish bilan shug‘ulla-
naveradi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyot — xalq
og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoya va qissalarning ahamiyati beqiyos.
Masalan, „Kalila va Dimna“, „Qobusnoma“, „Ming bir ke-
cha“ kabi durdona asarlarda qissa va mantiqiy bilishga tegishli
matallar, ertaklar, hikoyalar baytlar ko‘p bo‘lib, bu ma’naviy
javohirlar yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar maktabda ta’lim-tarbiya
olish davrida tabiat
fanlarining asoslarini o‘rganish bilan obyektiv dunyodagi pred-
met va hodisalarning rivojlanishi, ularning o‘zaro bog‘lanishi,
harakati haqida bilimga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar bu bilimlar
asosida asta-sekin tabiat qonunlarini bilib oladilar. O‘qitish jara-
yonida turli tajribalar qilish va nazariy bilimning amaliy ishlar
bilan bog‘lab borilishi natijasida tabiat qonunlarini bilib, anglab
oladilar. Boshlang‘ich sinflarda „Atrofimizdagi olam“, „Tabiat-
shunoslik“ fanlarini o‘qitish jarayonida,
shuningdek, maktab
tajriba yer maydonlaridagi amaliy ishlar mobaynida o‘quvchilar
397
tabiat qonunlari, hodisalari bilan ham nazariy, ham amaliy
tanishadilar.
1- sinf o‘quvchilari tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarning
fasllarga bog‘liq ekanligini o‘rganadilar, tabiat hodisalarining
o‘zaro bog‘liqligi haqida elementar bilim va tushunchaga ega
bo‘ladilar. Masalan, ular tabiatni
kuzatish orqali kuz kelishi
bilan kunlar sovishini, xazonrezgilikni, hasharotlarning uyquga
kirishini, qushlarning issiq mamlakatlarga uchib ketishini bilib
oladilar. Shuningdek, qishlab qoladigan qushlarni o‘rganish
orqali ularning sovuqda yashashga qanday moslashganliklarini,
nimalar bilan ovqatlanishini bilib oladilar.
Ana shu bilimlar asosida bolalar dunyoning moddiyligini
bilib oladilar. Suv, havo, qattiq jismlarni o‘rganish,
ularni
o‘zaro taqqoslab ko‘rish orqali bolalar tabiatdagi hamma mod-
dalarning bo‘shliqda ma’lum o‘rni va o‘z vazni borligini, har bir
modda bizning sezgi organlarimizga ta’sir etishini o‘rganadilar.
Bular bolaga dunyoni anglashni o‘rgatadi, uning haqiqatan ham
mavjudligini asta-sekin anglab olishga yordam beradi.
Olimlarimiz tabiatni doimiy rivojlanishda va o‘zgarishda
ekanligini uqtiradilar. Bu ilmiy dunyoqarashning muhim bel-
gisidir. Buni tushuntirish uchun o‘quvchilar bilan turli kuza-
tishlar olib boriladi. Masalan, I — II sinfda ob-havo kalendari
yuritish, fasllar almashinishi
bilan tabiat manzarasining
o‘zgarishi, qurbaqa tuxumidan itbaliqning paydo bo‘lishi, avval
uning oldingi oyoqlari chiqishi, so‘ng vaqt o‘tishi bilan orqa
oyoqlari paydo bo‘lib, dumi yo‘qolib va nihoyat kichkina
baqachaning paydo bo‘lishini kuzatadilar. Bu faktlar orqali
o‘quvchilar tabiatda hamma narsa o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar
tabiiy sabablarga ko‘ra vujudga keladi, degan xulosaga keladilar.
O‘qituvchi tabiatdagi bu o‘zgarish va taraqqiyot faqat tirik
organizmgagina xos bo‘lmay, balki jonsiz tabiatdagi moddalar
o‘zgarishiga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim. Masalan,
suv
sovuqda muzlaydi, muz issiqda eriydi va suvga aylanadi, suv
isitilsa, qaynaydi va bug‘ga aylanadi, bunday o‘zgarish tabiatdagi
boshqa moddalarga ham, chunonchi: mis, temir, qo‘rg‘oshin,
qalay va boshqa metallarga ham taalluqli bo‘lib, ular ham xuddi
shunday o‘zgaradi, ya’ni eritilsa, suyuqlikka aylanadi, sovitilsa,
yana
qattiq holatga qaytadi, degan tushunchalar orqali IV sinfda
tabiatdagi moddalarning uch holati haqida umumiy xulosaga
keladilar.