376
Nafosat tarbiyasining asosi oiladan boshlanadi, go‘daklik
davrida vaqtida ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya etish, uyda
ozodalik, saranjom-sarishtalik, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
hurmat, qadr-qimmat bola qalbida o‘chmas iz qoldiradi. Bola
oldida behayo so‘zlarni aytish, bachkana qiliqlar, xatti-hara-
katlar, kimlarnidir yomonlab, masxara qilish bola tarbiyasiga
yomon ta’sir etadi. Nafosat tarbiyasi orqali ovqat pishirish,
dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanish jarayonidagi azaliy shar-
qona odat, odob qoidalariga amal qilish o‘rgatiladi. Oila go‘zallik
tarbiyasining birinchi o‘chog‘i bo‘lsa, undan keyin maktab,
o‘qituvchi-tarbiyachi o‘giti, jamoatchilik, kattalar ta’siri ta’lim-
tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Mana shu jarayonda bolaning har
bir xatti-harakati kuzatib borilishi, xatolari sabr-chidam,
o‘rni, yotig‘i bilan tuzatib turilishi lozim.
Mehmonga borish, mehmon kutish, ko‘chada yurish kabi
ota-bobolarimiz tajribasi o‘rgatilmog‘i zarur.
„Assalomu alaykum“ dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar
oldida bosh egib turish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik
bildirish, ketishga ruxsat so‘rash — bular birinchi o‘rindagi
talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish
darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab
turib u yoq-bu yoqqa alanglash yoki teskari qarab to‘ng‘illash
odobsizlik ekanligini yaxshi anglab yetish, og‘izdagi luqmani
yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay, dona-dona qilib,
maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish
kerakligi o‘rgatiladi. Bular — odob go‘zalligidir.
Nafosat tarbiyasi orqali o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu
o‘z-o‘ziga asta-sekin talabchanlikni keltirib chiqaradi. O‘z-o‘zini
tergash, o‘zini mustaqil, ongli, oqilona boshqarish o‘z xulq-atvori,
xatti-harakatiga baho bera bilish ko‘nikmalarini egallash demakdir.
Dostları ilə paylaş: