Mavzu: Yakor rekasiyasi . Ayon va noayon qutbli sinxron generatorning tenglamalari va vector diagrammalari
Reja
Yakor rekasiyasi
Ayon va noayon qutbli sinxron generatorning tenglamalari
Ayon va noayon qutbli sinxron generatorning tenglamalari va vector diagrammalari
Yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amini turli sxemalarga ulab, turli mexanik tavsiflarni olish mumkin. Sanoatda ko‘tarma va metallurgiya qurilmalari uchun magnit kontroller va avtomatlashtirilgan boshqaruv stansiyalarining bir necha turlari ishlab chiqariladi va ularda quyidagi sxemalardan (2.17- rasm) foydalaniladi: a) umumiy ketma-ket ulangan qarshilik mavjudligida yakorni shuntlash; b) yakor chulg‘amini shunt
d) qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlash; e) umumiy ketma-ket ulangan qarshilik mavjud bo‘lganda yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlarini parallel ulash.
Olingan tavsiflarni ko‘rib chiqamiz. 2.17- rasm a da keltirilgan sxemadagi dvigatelni shuntlaganda nisbiy birliklarda hisoblangan tavsiflar 2.18- rasmda keltirilgan.
Bu yerda 1 egri chiziq dvigatelning tabiiy tavsifi. 2 va 3 egri chiziqlar ketma-ket qarshilik kiritilgandagi mashinaning sun’iy tavsiflaridir. 4 egri chiziq dvigatel yakorini Rsh va Rq rezistorlardan tuzilgan kuchlanish bo‘luvchisidan olingan pasaytirilgan kuchlanish bilan ta’minlangandagi tavsif. Kichik yuklamalarda kuchlanish bo‘luvchisining ta’siri samarasi hisoblanadi. 5 va 6 tavsiflar aktiv statik moment mavjud bo‘lganda o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli dinamik tormozlashni tavsiflaydi. Bu kabi sxema ko‘tarma kranlarda magnit kontroller
ining birinchi holatida qo‘llanib, yukni ko‘tarishda ravon (siltamasdan) ishga tushirishni ta’minlab beradi yoki yukni kichik tezlikda tushira boshlaydi.
Dvigatel kichik yuklamalarda ishlayotganda qo‘shimcha rezistor ta’siri yanada samaraliroq (2.17- rasm, b) bo‘ladi, dvigatel tavsiflari 2.18- rasmda keltirilgan. 2.17- rasm, b dagi sxema sanoat elektr yuritmalarida kamdam-kam ishlatiladi, lekin tortish qurilmalarida ko‘p qo‘llaniladi.
Katta rk qarshiliklar kiritib, katta yuklarni tushirish mumkin.
Bu holatda yuritmani dvigatel rejimida katta tezlikdan kichik tezlikka o‘tkazish energiyani tarmoqqa qaytarib generator rejimida tormozlashga olib keladi. 2.17- rasm, e dagi sxema mustaqil qo‘zg‘atish
chulg‘amli dvigatelning tavsifiga yaqin bo‘lgan tormozlash tavsifini beradi (2.21- rasm). Bu sxemalardan kran qurilmalar yuritmalarida ko‘p ishchi rejimlarini olishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |