2
qo'shilmaydi, chunki u 2010-yilda ishlab chiqarilmagan. U ishlab chiqarilganda 2007-yil
YIMga allaqachon qo'shilgan va uning qayta sotish qiymatini YIMga qo'shish
ikki marta
hisobga olishga olib keladi. Aksincha, eski buyumlar, real va moliyaviy aktivlar hamda boshqa
tovarlarning savdosini amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslarning xizmatlari joriy ishlab
chiqarishni aks ettiradi. Demak, savdo komission to'lovlari va yil davomida ko'rsatilgan savdo
xizmatlari uchun boshqa to'lovlar xizmat ko'rsatilgan davrda hisobga olinadi. Moliyaviy
tranzaktsiyalar va transfert to'lovlari esa hisobga olinmaydi, chunki ular ishlab chiqarishni o'z
ichiga olmaydi.
Aksiyalar
hamda obligatsiyalar, pay fondlari va depozit sertifikatlari kabi moliyaviy
instrumentlarning oldi-sotdisi mulk egalik huquqini bir shaxsdan yoki tashkilotdan boshqasiga
o'tkazishni anglatadi.
Shuningdek, ijtimoiy himoya bo'yicha nafaqalar,
nogironlik uchun
nafaqalar, sovg'alar va boshqa transfert to'lovlari daromad va mulk huquqini bir tomondan
ikkinchi tomonga o'tkazadi, xolos. Ushbu transfertlar joriy ishlab chiqarish bilan bog'liq emas
va shu sababli ular YIMga qo'shib hisoblanmaydi.
YIM bu bozor faoliyati bilan bog'liq ishlab chiqarish ko'rsatkichidir. Unda bozorga oid
bo'lmagan ishlab chiqarish faoliyati hisobga olinmaydi. Masalan, uy xo'jaligining ovqat
tayyorlash yoki bola parvarishi kabi xizmatlari bozor faoliyati bilan bog'liq emas va shuning
uchun ular YIMga qo'shilmaydi.
Undan tashqari, YIMga qora bozor faoliyatlari: narkotik
moddalar savdosi, fohishalik va soliqdan qochish uchun daromadlarni
yashirish kabi qayd
etilmagan operatsiyalar kirmaydi.
YIM ham xususiy, ham davlat sektorida ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlarning
qiymatini o'lchaydi. Bunda korxona kimga, xususan
fuqaro yoki chet ellikka, tegishliligidan
qat'i nazar, biznes sektorning ichki ishlab chiqarishi hisobga olinadi.
Yuqorida muhokama
qilinganidek, davlat transfertlari hisobga olinmaydi. Ammo tovar va xizmatlarning mahalliy,
shtat va federal hukumatlari tomonidan xaridi yoki ta'minoti
YIMga kiradi, chunki bu joriy
ishlab chiqarishni aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: