Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan



Yüklə 51,21 Kb.
tarix03.09.2023
ölçüsü51,21 Kb.
#141340
Mustaqillik ssenariy 2023 (2)







2023-2024-o‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Xiva pedagogika kolleji o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Bilimlar kuni” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha
S E N A R I Y


Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan,
ta’lim-tarbiyadan boshlanadi.
Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarorida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, ularni o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni barpo etish, Vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak ma’naviyatli, qat’iy e’tiqodga va mustaqil fikrga ega bo‘lgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.


Kollejda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishda quyidagilar tavsiya etiladi:
Kollej hududini bayram kayfiyatida, shodiyona tarzda “Bilimlar kuni” va Mustaqillikning o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shioriga monand tarzda bezatish (bunda kollej imkoniyatidan kelib chiqqan holda sahna va uning atrofini bayramona bezaklar bilan jihozlanishi tavsiya etiladi);

“Bilimlar kuni” tadbirlarini faxriy o‘qituvchilar, mahalladagi mehnat faxriylari, o‘quvchilarning ota-onalari, kasaba uyushmasi, yoshlar ittifoqi hududiy bo‘limi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa hamkor tashkilot vakillari bilan hamkorlikda tashkil etish;


- Kollej rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilariga mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” tadbiri bilan tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq misollar va raqamlar keltirilgan holda ma’lumot berish;
- tadbir tugaganidan keyin barcha sinflarda dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadval asosida boshlanishini direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazoratga olish.

Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”


Kollej hovlisi bayramona bezatilgan. “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiorida bannerlar osilgan. Kollej hovlisi uzra O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar va aziz mehmonlar!
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi va 1-sentabr “Mustaqillik kuni” deb e’tirof etildi.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum qadrli o‘quvchilar. Sizlarni davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishidan darak berguvchi “Bilimlar kuni” bilan chin dildan tabriklaymiz.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining shon-u shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi.
Tadbirimizni ochib berish uchun so`zni kollejimiz direktori faxriy professor J.K.Salayevga beramiz.
1-boshlovchi: Butun dunyoda insoniyat e’tirof etgan buyuk mutafakkir bobokalonlarimiz – Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ulug‘ ajdodlarimizning barchasi yoshlik chog‘larida ustozlar ta’limini olgan, ular mehridan bahramand bo‘lgan.
Xalqimizda ajdodlardan meros bo‘lib qolgan ibratli udum bor. Har qanday inson qaysi sohada, qaysi bir kasb-hunarni egallashda kimdandir albatta saboq oladi va shogirdlik davrida olgan bilimlari asosida o‘z kasbining ustasiga aylanadi, mustaqil hayotga kirish arafasida albatta ustozining duoyi fotihasini oladi.
2-boshlovchi: Kimki ustoz duosini olsa, u albatta yuksaladi, kamolga erishadi. Shuning uchun ham Biz, aziz o‘qituvchilarni, ustozlarimizni dunyodagi eng ezgu va oliyjanob kasb egalaridirlar, desak, bu ayni haqiqatdir.
1-boshlovchi: To‘g‘ri ta’rifladingiz, ustozlar bizga saboq beradigan mehri daryodek jo‘shqin aziz va mo‘tabar insonlardir.
2-boshlovchi:
Keling shu uztozlarimizga atab, musiqiy tabrik yo‘llaymiz.
(Musiqa kafedrasi o‘qituvchisi Ibodullayev Jo‘rabek, 2-bosqich musiqa guruhi talabasi Kenjayeva Iroda)
1-boshlovchi: 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hayotning har jabhasida, xususan xalqaro sport musobaqalari, fan olimpiadalarida, musiqa va san’at tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashiga sabab bo‘lmoqda.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat
va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!

2-boshlovchi: Mana tadbirimiz ham o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Barchangizni maktab qo‘ng‘irog‘i sadolari ostida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi, ilk darsiga chorlab qolamiz. Aziz o‘quvchilar, sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholarga o‘qib, Vatanimizning yanada rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan dono farzandlar bo‘lib yetishingizni tilab qolamiz.
Yüklə 51,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin