YANGI O’ZBEKISTON - BUYUK KELAJAK SARI .
Sabohat Hasanova Komil qizi
Termez davlat universiteti Pedagogika instituti
Boshlanģich ta’lim fakulteti Boshlanģich ta’lim yònalishi
2- bosqich talabasi
Annatatsiya : Ushbu maqolada Yangi O’zbekistonni barpo etishda xalqimiz yoshlarinng shijoati , bilimi , qobiliyati va ilmiy qarashlari haqida so’z yuritiladi .
Kalit so’zlar : islohot, ta’lim, tarbiya , fidoiylik , kreativ, zamonaviy , ishonch, ijtimoiy,reyting , texnologiyalar, integratsiya va boshqalar.
“ Siz bilan bizga Alloh O’zbekiston deb atalgan , tuprog’ida oltin gullaydigan ,qishlariga bahor shivirlaydigan , tog’ desa tog’i bor , bog’ desa bog’i bor , har tongda bulbullar madhini o’qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan , buning uchun o’zimizni baxtli deb bilmog’imiz kerak ’’
Ozod Sharafiddinov .
Vatan ! Qadim – qadimlardan otash olovi so’nmay kelayotgan muqaddas o’choq !
Vatan … Vatan tuyg’usi … Vatan muhabbati … Nimadir bular ? Bular qanday sehrli qudratki,hali voyaga yetmagan , dunyo ko’rmagan , turmushning past-balandlari-dan bexabar , o’yin-u sho’xliklaridan o’zga dardi yo’q bir o’smirning yuragiga jo bo’lib , butun umr uning xatti- harakatini , yurish- turishlarini boshqarib turadi …
Men O’zbekiston farzandiman . Vatanim bo’layotgan islohotlar , invistitsiyalar tufayli Yangi O’zbekiston nomini oldi . Bu yangilik biz yoshlar uchun naqadar baxt , shunday emasmi ? Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday ta’kidlaydilar : “ Yangi O’zbekistonning nafasi , sur’ati va shiddatini avvalo aziz o’g’il –qizlarimizning azmu-shijoati ,dadil fikr va takliflarida ,erishayotgan dastlabki yutuqlarida ko’raman .
Ishonchim komilki, farzandlari doimo izlanish va intilishda bo’lgan , yuksak marralarni ko’zlab oldinga qarab intiladigan xalq va davlat o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga albatta yetadi . Chunki , bunday harakatlar ertaga qudratli to’lqinga aylanib,hayotimizni bugun kechagidan , ertaga bugungidan yaxshi va obod qilish , ong-u tafakkurini yuksaltirishga olib keladi ’’
Yoshlarga berilgan ishonch naqadar buyuk … Bugun kreativ , fidoiy , halol, Vatanimizga yangi invistitsiya olib kiradigan , texnalogiyalarlarni rivojlantira oladigan yoshlarning davri keldi . Yoshlarni qo’llab- quvvatlash albatta o’z mevasini beradi . Uzoq emas , to’rt-besh yildan keyin yoshlarimizning o’zi yetakchi kadr, rahbar bo’lib yetishadi , yangi g’oyalar , yangi qonun va invistitsiyalar bilan Prezidentimizga dadillik bilan murojaatga chiqishadi .
Yangi O’zbekistonda barcha sohalar jadal rivojlanmoqda . Bu jarayonda ijtimoiy sohalarning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida to’lqinlanib gapirmaslikning iloji yo’q . Globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining qisqa vaqt ichida , ya’ni , to’rt yil ichida soni 3 barobar oshirilib , bog’cha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54 foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlar natijasidir . Hatto, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rus tili , ingilis tili va hokazo tillarni mukammal , o’z ona tilisidek gapirishi , mental arifmetikani o’zlashtirganligi kishini hayratga soladi . Maktablarda bo’lgan eng katta islohot tarbiya darsliklarining yangilanishi , chet el o’qitish tizimining kirib kelishi bo’ldi . Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi islohotlar uchun debocha vazifasini ochib berdi . Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish , raqobatdosh kadrlar tayyorlash , ilmiy va innavatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan , ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olinadi .
So’nggi besh yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim universitetlarining filiallari tashkil etilib , oliy o’quv yurtlarining soni 125 taga yetdi .Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasini 2016 –yilga 9 foidan 2020- yilda 25 foizga yetdi . Oliy ta’limda davlat grantlari soni ko’paytirildi . Extiyojmand oilalarning qizlari uchun davlat grantlari ajratildi . Bu esa o’qishga qobilyati bor, lekin mablag’i yo’q yoshlar uchun imkoniyat bo’ldi . Qanchadan –qancha hotin-qizlar o’z bandligini ta’minladi . Extiyojmand oilalarning kamayishiga yordam bo’ldi .
Yoshlar o’rtasida kitobxonlik yo’lga qo’yildi . Bilimi bor , kitobxon yoshlarga Prezident sovg’asi sifatida “ Spark ’’ automobile sovg’a qilinmoqda . “ Bugun bitta kitob o’qigan bola , ertaga televizor ko’rib o’tirgan o’nta bolani boshqarishi mumkin ’’ – deb ta’kidlaydi Prezidentimiz . Hatto yosh oilalar ham bo’sh vaqtlarida kitobxonlik bilan shug’ullanib , o’z omadlarini sinab , ziyoli oilalarga aylanishmoqda . Bu esa oilalarda ajrashishlar kamaytirilishiga va tarbiyali farzandlarni jamiyatga yetishtirib berishga xizmat qilmoqda …
Yangi O’zbekistonda harbiy soha ham ancha rivojlandi desak , mubolag’a bo’lmas edi . 2022 – yilga kelib O’zbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakat qurolli kuchlari o’rin olgan jahon armiyalari reytingida 54 - o’rin egallagan .Global Fire Pover ( GFP) ma’lumotiga ko’ra (2022-yilga doir ) , O’zbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420 ta tank , 1210 ta BTR , 109 ta raketa tizimilari , 70 ta qiruvchi samolyot ,65 ta vertalyot, xususan, 25ta hujumkor vertalyot va boshqa ko’plab qurol –aslahalarga ega . Chegara qo’shinlari esa davlatning quruqlikdagi ,dengiz va daryo (ko’l)dagi chegaralarini himoya qilishga mo’ljallangan qo’shindir .
Siz uchun jonini berishga tayyor , oilangiz davrasida baxtiyor onlaringizni his etishingiz uchun tun-u kun , issiq-u sovuqda hizmat qilayotgan vatanparvarlarimiz borligi naqadar faxrlanarli … Harbiylarimizning borlariga shukur, ularni Olloh o’z panohida asrasin .
Bugungi kunda bojxona organlari ham o’z faolligini qo’ldan boy bermayapti. Giyohmand moddalarning yurtimizga olib kirilishiga yo’l qo’ymay , qancha oilalarning tinchligini , yoshlarning bu asr vabosiga aldanishdan saqlab kelmoqda . Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim o’rin tutishini ta’kidladi . Tibbiyotning rivojlanishi , qiyin jarrohlik amaliyoti ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgani, sog’lomlashtirish markazlari ko’paytirilgani ,chet eldan tibbiyot asboblarini keltirilishi amaliy isbot bo’la oladi . Bu esa aholining erta vafot etishining oldini olmoqda .
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan 21-asrda hayotning barcha jabhalarida sanoat , qurilish, kimyo, qishloq xo’jaligi ,to’qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish , bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi . Hatto, O’zbekistonni 2030-yilga qadar global innavatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo’yicha ulkan maqsadlarga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi .
Xulosa qilib aytganimda , men o’z yurtimdan faxranaman . Chet el davlatlariga chiqsam , atrofimga mag’rur boqa olaman . Axir, kimdan va qaysi yurtdan kamman … Qaysi yurtda ko’rgansiz, erta bahor bobosi nihol ekayotganda dunyoni endi anglayotgan bolakayning hayrat ko’zlari bilan qarab turganini… Yo bo’lmasam momosi erta tong qoshlariga o’sma qo’yayotganda kipriklarini noz bilan suzgan qizaloqni…Uyiga mehmon kelganida salom berib bir piyola issiq choy uzatgan iboli qiz – kelinlarni … Nasihatgo’y keksalarni… Albatta mening yurtimda-da … Bir o’ylab ko’ring agar qonli urush bolayotgan davlatlarda tug’ilganimizda nimalar bo’lmas edi-ya … Har bir kunimizga shukrona aytaylik , Vatandoshlar . Duo qilaylik Varanimiz tinch , yurtboshimiz omon bo’lsinlar !!!
Biz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, chiqarilayotgan qonunlar qachon o’z kuchini ko’rsatadi? Albatta , biz yoshlar ulardan unumli, maqsadli foydalanganimizda …
Biz O’zbekiston yoshlari buyuklar avlodimiz , tarixi buyuk davlatning egasimiz . O’zimizni shunga munosib tutaylik , bobolarimiz ilmiy ishlarini davom ettirib Jahonni yana zir titrataylik … Men ishonaman biz birlashib ,YANGI O’ZBEKISTONNI BIRGA QURAMIZ ….
Foydalanilgan adabiyotlar :
Dillarda Vatan madhi.-T,: “ O’ZBEKISTON ’’ NMIU,2007-96 bet.
SH.M.Mirziyoyev – Erkin va farovon demokratik davatni birgalikda barpo etamiz .
SH.M.Mirziyoyev – Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik .