«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
38
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida
dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari
ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda daromadlarini oshirishlari uchun
o‘zlarining faoliyatini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xarajatlarni guruhlash va unga ta’sir etuvchi omillar borasida ham fikr bildirilgan.
Kalit so‘zlar: mahsulot tannarxining dinamikasi, xarajatlarni boshqarish, budjet,
moliyaviy, iqtisodiy, boshqaruv, daromad, budjetlashtirish, menejer, egri xarajatlar, to‘g‘ri
xarajalar.
Iqtisodiyotimizning rivojini belgilab berishda buxgalteriya hisobi tizimi muhim
ahamiyatga ega. U xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni boshqarishda asosiy ma’lumot
manbai hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda amaldagi buxgalteriya hisobi
tizimida bir necha usul va uslubiyotlardan foydalaniladi.
Bugungi kunda buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirish muammolarini quyidagi
ikki qismga ajratish mumkin:
- xalqaro miqyosdagi;
- milliy miqyosdagi.
Buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirishning xalqaro miqyosdagi muammosi
bu - jahon amaliyotidagi buxgalteriya hisobi tizimlarini yagona standart asosida
tashkil etish. Milliy miqyosdagi muammosi bu – amaldagi buxgalteriya hisobi milliy
standartini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdir.
Xalqaro miqyosda hanuzgacha buxgalteriya hisobining nazariy jihatdan tashkiliy
tuzilishi borasida, jumladan, uning bir qismi hisoblangan xarajatlar hisobini tashkil
qilish to‘g‘risida har xil yondashuv va fikrlar mavjud. Chunki xarajatlar hisobini
to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir qiluvchi
omildir. Mahsulot tannarxining dinamikasidan uch tomon manfaatdordir.
1.Ishlab chiqaruvchi,
2. Xaridor yoki iste’molchi va
3.Davlat (daromad solig‘i nuqtai nazaridan).
Amaliy jihatdan ba’zi bir muammolar borki, uning natijasida xarajatlarni
boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat o‘rnatish va aniq ma’lumotlarni olish,
Dostları ilə paylaş: |